Mavzu: Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi o’quv fani sifatida Reja


Download 36.95 Kb.
bet2/5
Sana11.05.2023
Hajmi36.95 Kb.
#1451294
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu 1 (1)

Fanning asosiy kategoriyalari
Bolalar psixologiyasi fanining asosiy kategoryalari ya’ni tushunchalari qatoriga quydagilar kiradi: “yosh” “bolalik”, “taraqqiyot”, “o`sish”, “determinizm”, “geteroxronlik”, “tizimlilik”.



Albatta, fanning kategoriyalari faqat bu tushunchalar bilan cheklanmaydi. Asosiy kategoriyalar jumlasiga bulardan tashqari, “taraqqiyotning ijtimoiy vaziyati”,“yetakchi faoliyat tipi” va boshaqa bir qator tushunchalarni kiritish mumkin. Bu tushunchalar psixologiya sohasidagi ilg’or tadqiqotlar natijasida shakillangan va fanga olib kirilgan. Bolalar psixologiyasi fanini o`rganish ma’lum ma’noda ushbu fanining kategoriyalarini o`zlashtirishdan iborat.Quyida biz bolalar psixologiyasi fanining ayrim asosiy kategoriyalari xususida alohida to`htalib o`tamiz:
Bolalik – ontogenezining daslapgi davrini belgilash uchun {tug’ilgandan o`smirlikkacha bo`lgan davirni belgilash uchun } qo`llanadigan tushuncha. Yosh davirlarning an’anaviy tasnifga ko`ra bolalik- go`daklik {tug’ilgandan 1yoshgacha},ilk bolalik {1yoshdan 3yoshgacha}, maktabgacha yosh {3yoshdan 6-7yoshgacha} va kichiq maktab yoshi {6-7 yoshdan 10-11yoshgacha} davirni o`z ichiga oladi. Bolalik jadal pisixik taraqiyot davridir.
Yosh- individ psixika taraqqiyotining aniq vaqt chegarasiga ega bo`lgan bosqichi.
O`sish deganda miqdoriy jihatdan ortish, ulg‘ayish tushuniladi.
Taraqqiyot –narsa yoki hodisalarning vaqt o`tishi bilan miqdor va sifat jihatdan o`zgarishi natijasida yuqoriroq dasrajaga ko`tarilish.
Psixika taraqqiyoti – tug’ulgandan boshlab yosh davrlari o`tishi bilan psixika faoliyatining takomillashishidir. Psixik taraqqiyot bolaning insoniyat tarixi davomida to`plangan bilim va tajrebalarni o`zlashtirishi hamda shaxs sifatida shakllanib borishi jarayonidan iborat.
Determinizm psixika yashash sharoiti bilan belgilanadi va sharoit o`zgarishi bilan o`zgaradi.
Geteroxronlik — bir xil yoshdagi odamlarda ruhiy jarayonlarning turlicha (har xil vaqt va muddatda) namoyon bo`lishidir.
Psixika taraqqiyotining har bir bosqichida individda muayyan fiziologik va pisixologik o`zgarishlar ko`zatiladi. Odatda pisixologiyada xronologik va pisixologik yosh ajratiladi.
Xronlogik yosh inson tug’ilgandan boshlab necha yosh yashaganini ifodalaydi. Psixologik yosh esa inson psixik rvojlanishi darajasini aks ettirib, ko`pincha aqliy yosh deb ataladi. Aqliy yosh turli yoshdagi odamlar uchun mo`ljallangan maxsus test topshiriqlari orqali aniqlanadi. Aqliy yoshning xronologik yoshga nisbati bola psixik taraqqiyotning o`ziga hos ko`rsatkichi – intellektual rivojlanish koeffitsientini hosil qiladi, bu koeffitsient inglis tilidan olingan qisqartma IQ harflari orqali belgilanadi.

Download 36.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling