Mavzu: Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi o’quv fani sifatida Reja
Bolalar psixologiyasi fanining fanlararo aloqasi
Download 36.95 Kb.
|
Mavzu 1 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogika va bolalar psixologiyasi.
- Tibbiyot va bolalar psixologiyasi.
Bolalar psixologiyasi fanining fanlararo aloqasi.
Falsafa va bolalar psixologiyasi. Falsafa-tabiat, jamiyat va insosixologiyyan taraqqiyotiningeng umumiy qonunlari haqidagi fan. Falsafa qonunlari boshqa fanlarning, shu jumladan, bolalar psixologiyasi fanining qonunlari bo`lib hisoblanadi. Masalan, falsafa qonunlari orasida dialektika ta’limotining uch qonuni qarama qarshiliklar birligi va kurash, miqdori o`zgarishlarning sifat o`zgarishlariga o`tish, inkorni inkor etish qonunlari asosiy o`rnni egallaydi. Bola taraqqiyoti ham qaramq-qarshiliklar birligi va kurashi, ya’ni mavjud ehtiyojlar bilan bolaninig real imkoniyatlari o`rtasidagi kurash natijasidir. Falsafa qonunlari bolalar psixologiyasi fani uchun metodologik asosi bo`lib xizmat qiladi. Pedagogika va bolalar psixologiyasi.Pedagogika- ta’lim va tarbiya qonunlari, metod va usullari haqidagi fan. U ta’lim va tarbiya‘ning maqsad va vazifalarini, ularning shaxs taraqqiyoti va jamiyat hayotidagi o`rnini ochib beradi. Pedagogika va psixilogiya fanilarning insonga ta’lim va tarbiya berish sohasidagi hamkorligi chuqur tarixga ega. O`z davrida mashhur rus pedagogi K.D.Ushinskiy pedagogika barkamol shaxs tarbiyasining rejasini ishlab chiqish uchun inson haqidagi barcha fanlarning yutuqlariga taya‘nishi kerakligi, bu fanlar orasida esa psixologiya markaziy o`rin egallashini ta’kidlagan edi. Bolaga ta’lim va tarbiya berishga oid vazifalarni hal etishda pedagogika qanday qilib ta’lim-yarbiya berish kerakligini aytsa, psixologiya nima uchun aynan shunday qilish kerakligini aytsa, psixologiya nima uchun aynan shunday qilish kerakligini aniqlaydi. Masalan, pedagogika maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim va tarbiyasi o`yin usullaridan foydalanish kerakligini ta’kidlaydi. Psixologiya esa buning sababi ushbu davirda o`yin yetakchi faoliyat ekanligini tushuntiradi. Tibbiyot va bolalar psixologiyasi.Tibbiyot-inson salomatligi va kasalliklari, kasalliklarni oldini olish va ularni davolash, shuningdek, salomatlikni mustaxkamlash haqidagi fan. Tibbiyot va psixologiya‘ning o`zaro hamkorligi natijasida psixosomatika-psixologik omillarning salomatlikka kasalliklar kelib chiqishiga ta’sirini o`rganadi. Bolalarda uchraydigan ko`pgina kasalliklarning manbai psixologik haraktirga egadir. Masalan, tadqiqotlarning ko`rsatishicha, bronxial astma bilan og’rigan kasallarning ko`pchiligida bolaligidan ota-onalari his tuyg’ularni erkin ifodalash, tashabbus ko`rsatish imkoniyatini chigaralaganlar. Download 36.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling