Mavzu: Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi o’quv fani sifatida Reja


Bolalar psixologiyasi: nazariya va amaliyot


Download 36.95 Kb.
bet5/5
Sana11.05.2023
Hajmi36.95 Kb.
#1451294
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu 1 (1)

Bolalar psixologiyasi: nazariya va amaliyot.
Psixologiya fani nazariyasi va amaliyoti ajralmas birlikni tashqil etadi. Albatta, ular o`rasida muayyan farq mavjud. O`rtadagi farq ularning maqsadlari, konseptual apparati, metodologiyasi va ular doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarda yaqqol namoyon bo`ladi.
Fundamental-nazariya tadqiqotlarning asosiy maqsadi amaliyot uchun bo`lgan ahamiyatidan qa’tiy nazar, psixik hodisalar haqidagi bilimlarni kengaytirib borishda iborat. Amaliy psixologiya esa kundalik hayot bilan bog’liq konkret muammolarni hal etishga qaratilgan tadqiqotlarni o`tkazadi. Fundamental tadqiqotlarda tadqiqotchi shaxsining ta’sirisiz ham ilmiy metod o`z vazifalarini bajaradi. Ammo amaliy psixologiyada psixolog shaxs metodning ajralmas qismi bo`lib hisoblanadi. Nazariy izlanishlarda qo`llanayotgan metodlarning ishonchliligi, validligi, reprezentativligi muhim ahamiyat kasb etsa, amaliy psixologiyada bular asosiy rolni o`ynamaydi. Shunga qaramay, bola psixik taraqqiyotiga xos qonuniyatlar va nazariy bilimlarni egallabgina haqiqiy professional mutaxassis-psixolog, tarbiyachi bo`lib yetishish mumkin. L.F.Obuxova o`rinli ta’kidlaganidek, bolalar psixologiyasi sohasidagi nazariy vazifalar hal etilgandan keyin ilmiy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari ham kengaydi.
Download 36.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling