Mavzu: bolalarga shafqatsiz munosabatda boʻlish, maishiy zoʻravonlik,xavf omillari. Bolalarga nisbatan zoʻravonlik


Download 61.41 Kb.
bet4/9
Sana04.11.2023
Hajmi61.41 Kb.
#1745926
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Bolalarga shafqatsiz munosabatda boʻlish , maishiy zoʻravonlik,xavf omillari .

Eʼtiborsizlik[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bolaning qarovsizligi — ota-onaning yoki bola uchun mas’ul boʻlgan boshqa shaxsning bolaning sogʻligʻi, xavfsizligi yoki farovonligiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan darajada oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar joy, tibbiy yordam bilan taʼminlamasligi, nazorat qilmasligi. Eʼtiborsizlik, shuningdek, bola bilan bir muhitda turgan odamlarning eʼtiborsizligi va bolaning omon qolishi uchun tegishli va yetarli chora-tadbirlarni qoʻllamasligidir[36].
Bolaga nisbatan eʼtiborsizlikning baʼzi kuzatiladigan belgilariga quyidagilar kiradi: bola tez-tez maktabga bormaydi, tilanchilik qiladi, oziq-ovqat yoki pul oʻgʻirlaydi, zarur tibbiy va stomatologik yordamga ega emas, doimo iflos yuradi yoki ob-havoga mos kiyim yoʻq[65]. 2010-yilgi Bolalarga nisbatan yomon munosabatda boʻlish hisoboti (NCANDS), Amerika Qoʻshma Shtatlari federal hukumatining yillik bolalarni himoya qilish boʻyicha davlat agentliklari (CPS) tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga asoslangan hisobotida beparvolik va/yoki eʼtiborsizlik xatti-harakatlari „bolalarga nisbatan notoʻgʻri munosabatda boʻlishning eng keng tarqalgan shakli“ ekanligini aytiladi[66]
Eʼtiborsizlik xatti-harakatlarini oltita kichik toifaga boʻlish mumkin[23]:

  • Nazoratning sustligi: ota-ona yoki vasiyning yoʻqligi jismoniy shikastlanish, jinsiy zoʻravonlik yoki jinoiy xatti-harakatlarga olib kelishi mumkin;

  • Jismoniy eʼtiborsizlik: xavfsiz va toza uy kabi asosiy jismoniy ehtiyojlarni taʼminlamaslik bilan tavsiflanadi;

  • Tibbiy eʼtiborsizlik: tibbiy yordam koʻrsatilmasligi bilan tavsiflanadi;

  • Hissiy eʼtiborsizlik: gʻamxoʻrlik, ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlashning yetishmasligi bilan tavsiflanadi;

  • Taʼlimga eʼtibor bermaslik: tarbiyachilarning maktab tizimida faol ishtirok etish uchun taʼlim va qoʻshimcha resurslarni taʼminlamasliklari bilan tavsiflanadi; va

  • Tashlab ketish: ota-ona yoki vasiy bolani uzoq vaqt davomida enaga yoki vasiysiz yolgʻiz qoldirishi bilan tavsiflanadi.

Beparvo qoldirilgan bolalar jismoniy va psixosotsial rivojlanishda kechikishlarni boshdan kechirishi mumkin, buning natijasida psixopatologik va neyropsixologik funksiyalar, jumladan, ijro etuvchi funktsiyadiqqat, qayta ishlash tezligi, til, xotira va ijtimoiy koʻnikmalar buzilishi mumkin[67]. Zoʻravonlikka uchragan bolalar bilan ishlayotgan tadqiqotchilar bir necha bor guvoh boʻlishdiki, mehribon farzand asrab oluvchilar qarovsiz qolgan bolalar bilan yoʻqolgan yoki xavfsiz munosabatlarni tiklash mobaynida turli xil hissiy va xulq-atvor reaktsiyalariga duch keladilar. Bunday bolalar gʻamxoʻrlik qiluvchilarni xavfsizlik manbai sifatida koʻrmaydilar va buning oʻrniga odatda ularni asrab olgan ota-onalari bilan sogʻlom yoki xavfsiz munosabatni buzishi mumkin boʻlgan tajovuzkor va giperaktiv xatti-harakatlarni namoyon qiladilar. Eʼtiborsizlik qurboni boʻlgan bolalar hayotining dastlabki bosqichlarida zarur boʻlgan bogʻliqlik hissiga toʻyinmaganligi sababli hayotlar davomida ham ishqiy yoki doʻstlik kabi munosabatlarni shakllantirish va davom ettirishda bir qancha qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin.

Download 61.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling