Mavzu: bolalarga shafqatsiz munosabatda boʻlish, maishiy zoʻravonlik,xavf omillari. Bolalarga nisbatan zoʻravonlik


Download 61.41 Kb.
bet3/9
Sana04.11.2023
Hajmi61.41 Kb.
#1745926
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Bolalarga shafqatsiz munosabatda boʻlish , maishiy zoʻravonlik,xavf omillari .

Psixologik zoʻravonlik[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bolalarga nisbatan psixologik zoʻravonlikning bir nechta taʼriflari mavjud:

  • 2013-yilda Amerika Psixiatriya Assotsiatsiyasi (APA) DSM-5 ga bolalarga nisbatan psixologik zoʻravonlik holatlari haqidagi taʼrifni qoʻshib, uni „bolaning ota-onasi yoki unga g‘amxo‘rlik qiluvchi shaxs tomonidan bolaga jiddiy psixologik zarar yetkazishga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan tasodifiy bo‘lmagan og‘zaki yoki ramziy xatti-harakatlar“ shaklida ifoda etdi[58].

  • 1995-yilda APSAC mazkur holatni quyidagicha taʼrifladi: rad qilish, qoʻrqitish, izolyatsiya qilish, ekspluatatsiya qilish, hissiy sezgirlikni inkor etish yoki eʼtiborsizlik" yoki „bolalarga ular befoyda, nuqsonli, sevilmagan, istalmagan, xavf ostida qolgan yoki faqat boshqa birovning ehtiyojlarini qondirish uchun qadrli ekanligini uqtiruvchi vasiyning takroriy xatti-harakati yoki ekstremal hodisa(lar)i“[59].

  • Qoʻshma Shtatlarda shtat qonunlari farq qiladi, lekin ularning aksariyatida „ruhiy zarar yetkazish“ga qarshi qonunlar mavjud[60].

  • Baʼzilar buni baland ovozda baqirish, qoʻpol va sovuq munosabatda boʻlish, eʼtiborsizlik, qattiq tanqid qilish, bolaning shaxsiyatini kamsitish kabi xatti-harakatlar natijasida bolaning oʻsishida psixologik va ijtimoiy nuqsonlarning paydo boʻlishi deb taʼriflaydilar[36]. Boshqa misollar orasida laqab bilan chaqirish, masxara qilish, qadr-qimmatini kamsitish, shaxsiy buyumlarni yoʻq qilish, uy hayvonlarini qiynoqqa solish yoki oʻldirish, haddan tashqari tanqid qilish, nomaqbul yoki haddan tashqari talablar, muloqotni toʻxtatib turish, muntazam ravishda tergash yoki haqorat qilish kkabilar mavjud[61].

2014-yilda APAda shunday qayd etiladi[62]:

  • „Bolalik davridagi psixologik zoʻravonlik jinsiy yoki jismoniy zoʻravonlik kabi zararlidir“.

  • „AQShda har yili 3 millionga yaqin bola qandaydir shaklda ruhiy zoʻravonliklarga duchor boʻladi“.

  • 'Psixologik zoʻravonlik „bolalarga nisbatan zoʻravonlik va beparvolikning eng murakkab va keng tarqalgan shaklidir“.

  • „Bolalik davrida psixologik zoʻravonlikning keng tarqalganligini va yosh qurbonlarga yetkazilgan zararning ogʻirligini hisobga olgan holda, u ruhiy salomatlik va ijtimoiy xizmatlarni oʻqitishda birinchi oʻrinda turishi kerak“.

2015-yilda qoʻshimcha tadqiqotlar APAning 2014-yilgi bayonotlarini tasdiqladi[63][64].
Hissiy zoʻravonlik qurbonlari tajovuzkorga undan uzoqlashish, haqoratli soʻzlarni oʻz ichiga yutish yoki zoʻravonni haqorat qilish orqali javob berishlari mumkin. Hissiy zoʻravonlik gʻayritabiiy yoki buzilgan bogʻlanishning rivojlanishiga, jabrlanuvchilarning zoʻravonlik uchun oʻzini ayblash tendensiyasiga, oʻrganilgan nochorlik va haddan tashqari passiv xatti-harakatlarga olib kelishi mumkin[61].

Download 61.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling