Mavzu: bolalarga shafqatsiz munosabatda boʻlish, maishiy zoʻravonlik,xavf omillari. Bolalarga nisbatan zoʻravonlik


Download 61.41 Kb.
bet6/9
Sana04.11.2023
Hajmi61.41 Kb.
#1745926
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Bolalarga shafqatsiz munosabatda boʻlish , maishiy zoʻravonlik,xavf omillari .

Jismoniy effektlar

Bolalarga nisbatan zoʻravonlik natijasida chaqaloqlarda ikkinchi darajali qovurgʻa sinishi
Zoʻravonlik yoki eʼtiborsizlikning bevosita jismoniy taʼsiri nisbatan kichik (koʻkarishlar yoki kesilishlar) yoki ogʻir (singan suyaklar, qon ketish yoki hattoki oʻlim) boʻlishi mumkin. Baʼzi hollarda jismoniy taʼsirlar vaqtinchalikdir; biroq ular bolaga olib keladigan ogʻriq va azob-uqubatlarni hisobga olishi kerak. Jismoniy zoʻravonlik oqibatida qovurgʻa sinishi holatlari ham kuzatilishi mumkin va bu holatga duch kelinganda, odatda, darhol zoʻravonlik natijasi deya shubha qilinadi. Ammo bu holat yomon muomala bilan bogʻliq jarohatlarga ega boʻlgan bolalarning faqat ozchiligida uchraydi[80][81].
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik va/yoki beparvolik holatlarining jabrlanuvchining jismoniy salomatligi va rivojlanishiga uzoq muddatli taʼsiri quyidagilar boʻlishi mumkin:

  • Silkitilgan chaqaloq sindromi. Chaqaloqni silkitish bolalarga nisbatan zoʻravonlikning keng tarqalgan shakli boʻlib, u koʻpincha doimiy nevrologik shikastlanishga (80 % hollarda) yoki oʻlimga (30 % hollarda) olib keladi[82]. Bunday oqibatlar miyada qon ketishi, orqa miya va boʻyinning shikastlanishi, qovurgʻa yoki suyakning sinishidan keyingi intrakranial gipertenziya (bosh suyagidagi bosimning oshishi) natijasida yuzaga keladi[83].

  • Miya rivojlanishining buzilishi. Bolalarga nisbatan zoʻravonlik qilish va eʼtiborsizlik, baʼzi hollarda, miyaning muhim hududlarining toʻgʻri shakllanmasligi yoki oʻsishda muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga, bu esa rivojlanishning buzilishiga olib keladi[84][85]. Bolalarga nisbatdan shafqatsiz munosabatda boʻlish yoki eʼtiborsizlik natijasida yuzaga kelgan miyaning strukturaviy oʻzgarishlariga umumiy kichik miya hajmi, hipokampal atrofiya, prefrontal korteks disfunksiyasi, korpus kallosum zichligining pasayishi va sinapslar miyelinatsiyasining kechikishi kiradi[86][87]. Miyaning rivojlanishidagi bu oʻzgarishlar kognitiv, til va akademik qobiliyatlar jihatidan uzoq muddatli oqibatlarga olib keladi[88]. Bundan tashqari, bu nevrologik oʻzgarishlar amigdala va gipotalamus-gipofiz-adrenal (HPA) oʻqiga taʼsir qiladi, ular stressga javob berishda ishtirok etadi va bu travmadan keyingi stress buzilishi belgilarini keltirib chiqarishi mumkin[87].

  • Bolaligida zoʻravonlik yoki eʼtiborsizlikka uchragan katta yoshlilarda allergiyaartritastmabronxit, yuqori qon bosimi va oshqozon yarasi kabi jismoniy kasalliklarga duchor boʻlish ehtimoli koʻproq kuzatiladi[69][89][90]. Ularda keyinchalik hayot davomida saraton rivojlanishi xavfi yuqori boʻlishi[91], shuningdek, immunitetning buzilishi roʻy berishi mumkin[92].

  • Bolalik davridagi zoʻravonlik holatlari telomerlarning qisqarishi va telomeraza faolligining pasayishiga olib kelishi mumkin[93]. Telomer uzunligining qisqarish tezligining oshishi hayot davomiyligining 7 dan 15 yilgacha qisqarishi bilan bogʻliq[92].

  • Yaqinda oʻtkazilgan tadqiqotlar natijalari hayotning ilk davrlarida sodir boʻlgan stress va balogʻat yoshiga qadar davom etadigan epigenetik oʻzgarishlar oʻrtasidagi bogʻliqlikni koʻrsatadi[85][94].




Download 61.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling