Mavzu: bolalarni maktabga tayyorlash vazifalari reja: I. Kirish II. Asosiy qism
O`zbekistonda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tuzilishi va turlari
Download 185.46 Kb.
|
15. BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASH VAZIFALARI. 2023
O`zbekistonda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tuzilishi va turlari.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, “Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risida”gi Nizomga hamda o‘z ustaviga amal qiladi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti mutaxasis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yhatdan o‘tkaziladi. Quyidagilar: davlat boshqaruvi organlari; mahalliy davlat hokimiyati organlari; davlat korxonalari; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat tashkilotlari davlat maktabgacha ta’lim muassasasining muassislari bo‘lishi mumkin. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘z ishining o‘ziga xosligiga muvofiq quyidagi tiplarga bo‘linadi: umumiy tipdagi maktabgacha ta’lim muassasasi; ixtisoslashtirilgan (jismoniy va psixik rivojlanishida har-xil nuqsonlar mavjud bo‘lgan bolalar uchun); sanatoriy tipidagi (zaif, turli yuqumli kasalliklarni boshdan kechirgan, surunkali asoratlarga ega bo‘lgan bolalar uchun). Maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z ustaviga, bank muassasalarida hisob raqamiga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi ko‘rsatilgan muhrga, yuridik manzili ko‘rsatilgan shtampga ega bo‘ladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotini akkreditatsiya qilish davlat vakolatli organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`lim tashkilotlari, faoliyat yo’nalishiga ko’ra, quyidagi turlarga bo’linadi: Bolalar yaslisi, bolalar yasli bog’chasi, bolalar bog’chasi, uydagi bolalar bog’chasi (mustaqil muassasa yoki filial sifatida). Maktabgacha tarbiya va boshlang’ich ta`lim tashkiloti (bolalar bog’chasi-maktab). Tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir nechta yo’nalishda (til, badiiy estetik, sport va boshqalar) tarbiyalovchi maktabgacha ta`lim muassasalari. Tarbiya jismoniy va ruhiy rivojlanishdagi og’ishlarni kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar bog’chasi. Tibbiyot gigiena, profilaktika va sog’lomlashtirish, tadbir va proseduralarini amalga oshiruvchi zaiflashgan bolalarni nazorat qilish va sog’lomlashtirish bog’chasi. Birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasi (birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va sog’lomlashtiruvchi guruhlar umumlashtirilgan ko’rinishda kiradi). Mazkur O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari (bundan buyon matnda Davlat talablari deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2707-son "2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 noyabrdagi 929-son "O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomni hamda Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida"gi qaroriga asosan ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni (bundan buyon matnda bolalar deb yuritiladi) har tomonlama rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish, maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha davlat talablarini belgilaydi. Download 185.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling