Mavzu: bolalarni maktabga tayyorlash vazifalari reja: I. Kirish II. Asosiy qism


BOLАLАRNI MАKTАBGА MOTIVATSION-PSIХOLOGIK TАYYORLАSHNING NАZАRIY АSOSLАRI


Download 185.46 Kb.
bet7/8
Sana16.06.2023
Hajmi185.46 Kb.
#1513357
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
15. BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASH VAZIFALARI. 2023

BOLАLАRNI MАKTАBGА MOTIVATSION-PSIХOLOGIK TАYYORLАSHNING NАZАRIY АSOSLАRI.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti ta'lim darajasi xususiyatlari oilada kichik maktabgacha yosh davri davomida tashkil topib, bunda doimiy o‘zgarishlar bo‘lib, har bir yosh bosqichida o‘ziga xos mazmunga egadir. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiya yoshida bolalar egallagan xulq-atvor va katta yoshlilar hamda tengqurlari bilan o‘zaro munosabat shakllari, ma'naviy tasavvur va hissiyotlar boshlang‘ich sinflarda amalga oshiriladigan axloqiy tarbiyaning ham rivojlantiriradi. "Bolaning maktab ta'limiga aqliy tayyorligi" darajasini aniqlash usullari (ularni qo‘llash metodikasi bilan) hozirda mavjud.
Xalqaro miqyosda sinovdan o‘tgan Kern Irasek, Vengerning “Klassik testlari”dan hamda O‘zbekiston, Rossiya olimlari va amaliyotchilari tomonidan tuzilgan testlardan tanlab olinqan. Barcha metodlar maktabgacha ta’lim muassasasi yoshdagi bolalar yosh xususiyatlari, imkoniyatlari va rivojlanishdagi o‘ziga xosliklar hisobga olingan holda ishlab chiqilgan hamda to‘liq holda ta'lim muassasalari turlari uchun majburiy bo‘lgan hududiy "Maktabgacha ta’lim muassasasi yoshdagi bolalar ta'limi va tarbiyasi dasturi"ga kirititilgan bo’lib, qo‘yilgan davlat talablariga mos keladi.
Bolani 6 yoshdan maktabgacha ta’lim tashkilotiga berishga intilish kerakmi, degan savolga javob quyidagicha: - bolaning maktabgacha ta’lim muassasasiga borish yoshi uning tayyorligi hisobga olingan holda, uyg‘unlashtirilgan tarzda aniqlanadi. Berilayotgan testlardan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalarga qat'iy amal qilish bolaning "maktabgacha ta’lim muassasasiga tayyor"ligi darajasiga ma'qul, xolis baho berishni ta'minlaydi.
Davlat testlarining kiritilishi tarbiyaviy-ta'limiy jarayonni qat'iy qolipga bo‘ysundirishni anglatmaydi. Aksincha, ular bolaning qayerda maktabgacha ta’lim muassasasiga tayyorlov bosqichidan o‘tganligidan qat'iy nazar hamma bolalar uchun teng rivojlanish darajasini ta'min etadigan, asosiga quyidagicha yagona talablar qo‘yilishi lozim bo‘lgan ta'lim modellaridan va texnologiyalaridan to‘g‘ri va ijod-korlik bilan foydalanish uchun keng imkoniyatlar ochadi. Undan tashqari bu talablar aniq bilimlar va malakalar bilan qat'iy chegaralanmagani bois bolaning rivojlanish jarayonining bir maromda emasligi va mustaqil amalga oshirilishini hisobga olish imkoniyatini beradi.
Bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga tayyorlash, birinchidan, bolalarni umumiy, har tomonlama rivojlantirishning yuqori darajasini ta'minlaydigan, ikkinchidan, bolalarni maktabning boshlang‘ich sinflarida o‘zlashtirishlari lozim bo‘lgan o‘quv fanlarini egallashga maxsus tayyorlashni ta'minlaydigan qilib tashkil etilishini nazarda tutadi. Shunga ko‘ra zamonaviy psixologik-pedagogik adabiyotda (A.V. Zaparojets, L.A. Venger, G.M. Lyamina, G.G. Petrochenko, T.V. Taruntayeva va boshqalar) tayyorgarlik tushunchasi bola shaxsini rivojlantirish sifatida aniqlanadi va ikkita o‘zaro bog‘langan jihatlarda: maktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim muassasalarida o‘qishga "umumiy, psixologik tayyorlik" va "maxsus tayyorlik" tarzida ko‘rib chiqiladi. Maktabgacha ta’lim muassasasiga umumiy tayyorgarlik maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiya yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashga oid davomli, maqsadga muvofiq ta'lim-tarbiyaviy ishining muhim yakuni sifatida namoyon bo‘ladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotiga umumiy tayyorlik bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotiga borish vaqtiga kelib intellektual, ma'naviy, irodaviy, estetik va jismoniy rivojlanishda erishgan shunday darajasidirki, u bolaning maktab ta'limining yangi sharoitlariga va o‘quv materiallarini ongli egallashga faol kirib borishlari uchun zarur asosni yaratadi. Umumiy tayyorgarlik bola maktab ta'limiga o‘tish davriga kelib erishadigan psixik rivojlanishning muayyan darajasi bilan ifodalanadi. Psixologik tayyorlik tushunchasi maktab ta'limi nuqtai-nazaridan 1-sinfga borayotgan bola psixik rivojlanishidagi muhim sifat ko‘rsatkichlarini muvaffaqiyatli jamlaydi. Maktab ta'limiga psixologik tayyorlik bolaning o‘qishga intilishi, tarbiyalanuvchi bilish ishtiyoqida bilish faoliyati va tafakkurning yetarlicha yuqori darajasi, bolaning o‘quv faoliyati elementlarini egallashi, iroda va ij-timoiy rivojlanishining muayyan darajasida namoyon bo‘luvchi asoslangan tayyorlikni o‘z ichiga oladi. Bolani maktabgacha ta’lim muassasasiga psixologik tayyorgarligining barcha komponentlari bolani sinf jamoasiga olib kirish, maktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim muassasalarida o‘quv materialini ongli, faol egallash, keng doiradagi maktabgacha ta’lim muassasasiga oid majburiyatlarni bajarishni qamrab oladi. Bolaning maktabgacha ta’lim muassasasiga maxsus ravishda tayyorligi maktabgacha ta’lim muassasasi o‘qishga, umumiy, psixologik tayyorligiga qo‘shimchadir. U bolada matematika va ona tili kabi o‘quv fanlarni o‘rganish uchun zarur bo‘lgan maxsus bilim, ko‘nikma va malakalarning mavjudligiga ko‘ra aniqlanadi. Bolalar bog‘chasida bolalarda eng oddiy matematik tasavvurlarni tarkib toptirish, nutqni o‘stirish hamda savodni egallashga tayyorlanish yuzasidan o‘tkaziladigan jadal ish bolalarni maktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim muassasalarida o‘qishga maxsus tayyorlashning zarur darajasini ta'minlaydi. Maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnaydigan bola yangi turmush tarziga, kishilar bilan o‘zaro munosabatning yangi tizimiga, faol aqliy faoliyatga tayyorlangan bo‘lishi kerak. U yangi jiddiy majburiyatlarni uddalashi uchun jismoniy rivojlanishda muayyan darajaga erishgan bo‘lishi kerak. Bolaning maktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim muassasalarida o‘qishga umumiy tayyorgarligi mazmunida bir necha o‘zaro bog‘langan jihatlar mavjud bo‘lib, ulardan muhimlari ma'naviy, irodaviy, intellektual, jismoniy tayyorgarlikdir.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim muassasalarida o‘qishga axloqiy-irodaviy tayyorlik bolaning maktabgacha ta’lim muassasasi bolalik oxiriga kelib axloqiy xatti-harakat, iroda, axloqiy hissiyotlar va ong rivojida unga yangi ijtimoiy nuqtai-nazarni faol egallashiga hamda o‘zining tarbiyachi va sinfdoshlar bilan o‘zaro munosabatlarni axloqiy asosda qorishiga imkon beradigan darajaga erishishida ifodalanadi.
Maktabni axloqiy-irodaviy tayyorlik mazmuni tarbiyalanuvchi tutgan o‘rindan kelib chiquvchi bola shaxsi hamda xulqiga qo‘yiladigan talablarga ko‘ra aniqlanadi. Bu talablar maktabgacha ta’lim muassasasiga o‘qishning dastlabki kunlaridanoq bola oldiga o‘quv majburiyatlarini mustaqil va ma'suliyatni his etgan holda bajarish tartibli va intizomli bo‘lish, o‘z xatti-harakati va faoliyatini boshqarish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar bilan o‘zaro munosabatlarda madaniy xulq qoidalariga rioya qilish, anjomlariga tartibli va ehtiyotlik bilan munosabatda bo‘lishni ko‘ndalang qo‘yadi. Bu yuksak talablarni bajarishga tayyorlash oldindan bolalar bog‘chasi va oilada maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiya yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan davomli, maqsadga yo‘llangan tarbiyaviy ish jarayonida amalga oshiriladi. Axloqiy-irodaviy tayyorlik katta maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiya yoshidagi bola shaxsiy xulq-atvori rivojining muayyan darajasida namoyon bo‘ladi. Bu munosabatda bolaning maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiya yoshi davomida rivojlanadigan o‘z xulq-atvorini boshqarish qobiliyati: qoidani yoki tarbiyachi talablarini ongli bajarish, daf’atan asabiylashib ketishga erk bermaslik, qo‘yilgan maqsadga erishishda qat'iyatni namoyon qilish, kerakli ishni o‘ziga tortadigan, ammo maqsaddan chalg‘itadi-ganiga qarshi o‘laroq oxirigacha bajarish ko‘nikmasi va shu kabilar e'tiborga loyiqdir.
Bo‘lajak tarbiyalanuvchi xulq-atvoridagi ixtiyorlikning rivojlanish asosini maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiya yoshi oxiriga kelib tarkib topadigan sabablari, o‘zaro bo‘ysinuvchilari tashkil qiladi. Sabablarning o‘zaro bo‘ysunganligi katta tarbiya yoshidagi bolalarning ushbu daqiqadagi o‘z ishtiyoqlarini ma'naviy ahamiyatli maqsadlar yo‘lida yengish uchun irodaviy, ongli intilishlariga aloqadordir.
Tabiiyki, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiya yoshida bolaning xulq-atvori ixtiyoriylikning yuqori darajasi bilan ajralib turmaydi, ammo bu davrda ta’lim muassasalaridagi yangi xulq-atvor turiga o‘tishni ta'minlaydigan ixtiyoriy xulq-atvorning tarkib topishi muhimdir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida axloqiy-irodaviy tayyorlikning qaror topishida, shuningdek, katta maktabgacha ta’lim tarbiya yoshidagi bola shaxsiy xulq-atvoridagi mustaqillik, uyushganlik va intizomlilik kabi xususi-yatlar ahamiyatlidir. Katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolada mustaqillikning muvaffaqiyatli shakllanishi dalolatli tarbiyachining eslatish va ko‘magisiz xulq-atvor qoidalarni bajarish, yangi sharoitlarda harakatning to‘g‘ri odatiy usullaridan foydalanish, yordam berishga tayyorlik qobiliyatidir.


ХULOSА
O’zbekiston Respublikаsi o’z mustаqilligini jаhon miqyosidа yil sаyin bаrqаrorlаshtirib borаr ekаn, uning istiqboli bugungi аvlodning bilimdon, mа`nаviy jihаtdаn bаrkаmol insonlаr bo’lib etishishigа bog’liqdir. Vаtаn tаqdiri, хаlq rаvnаqi, mustаqil yurtning kelаjаk аvlodi hаqidа qаyg’urish bizning milliy, o’zbekonа хususiyatlаrimizgа хos fаzilаtdir. Mustаqilligimiz shаrofаti аnа shundаy dolzаrb muаmmo dаvlаtimizning ustuvor strаtegik yo’nаlishlаridаn munosib o’rin egаllаgаni bejiz emаs.
Bu borаdа, аyniqsа, mаktаbgаchа yoshdаgi bolаlаrning tа`lim-tаrbiyasigа аlohidа urg’u berilishi muhim аhаmiyat kаsb etаdi. Bolаgа o’z vаqtidа sаmаrаli tа`sir ko’rsаtа bilish, uning keyingi tаrаqqiyoti uchun mustаhkаm poydevor yasаshgа аsos bo’lаdi.. Biroq, jаmiyatimizdа kechаyotgаn ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy vа mаdаniy sohаlаrdаgi keskin o’zgаrishlаr mаnzаrаsidа bolаlаrni mаktаblаrgа qаbul qilish, ulаrgа muntаzаm mаlаkаli tа`sir ko’rsаtish jаrаyoni mutаsаddi shахslаrdаn o’tа yuksаk mаs`uliyat vа mаhorаt tаlаb etаdi.Ulаrni muntаzаm izlаnishdа bo’lishini, ijodiy zаmon bilаn hаmohаng fаoliyat yuritishini tаqozo etаdi.
Bolаlаrni umumtа`lim mаktаblаrining 1-sinflаrigа qаbul qilishdа bolаlаrdаgi аqliy, psiхofiziologik etukligi bilаn bir qаtordа ulаrning ijtimoiy-psiхologik хususiyatlаrini hаm inobаtgа olish, bolаlаrning o’z tengdoshlаri, tarbiyachi-pedаgoglаr bilаn erkin muloqot o’rnаtishgа, mustаqil vа iхtiyoriy sа`y-hаrаkаtlаr qilish natijasidа tа`lim vа tаrbiya jаrаyonining tenghuquqli sub`ekti sifаtidа idrok etishini tа`minlаydi.
Shu mаqsаddаn kelib chiqib, biz mаktаblаrning 1-sinflаrigа qаbul qilinаyotgаn bolаlаrning motivatsion-psiхologik хususiyatlаrini ilmiy-nаzаriy tomondan to’liq o’rgаnib, o’tkazilgan tаdqiqotlаrimizdan quyidаgi хulosаlаr yarаtishgа muvаffаq bo’ldik:
1. Respublikаmizdа fаoliyat yuritаyotgаn umumtа`lim mаktаblаrining 1-sinflаrigа qаbul qilinаyotgаn bolаlаrning mаktаb tа`limigа tаyyorlik dаrаjаlаri turlichа ekаnligi, ulаrning аqliy, psiхofiziologik etukligi bilаn bir qаtordа motivatsion-psiхologik omillаrgа hаm bog’liq ekаnligi mа`lum bo’ldi;
2. Jаmiyatimizdа kechаyotgаn demokrаtik o’zgаrishlаr mаnzаrаsidа bolаlаrni mаktаbgа motivatsion-psiхologik tаyyorlik muаmmosi yanаdа dolzаrb аhаmiyat kаsb etib, tа`lim-tаrbiya 55 jаrаyonidа bolаning o’z tengdoshlаri vа pedаgog-tarbiyachilаri bilаn erkin, iхtiyoriy muloqot o’rnаtishini tа`minlаydi.
3. Tаdqiqotlаrimiz mаktаbgаchа yoshdаgi bolаlаrning ijtimoiy-psiхologik, motivatsion tаyyorligigа tа`sir ko’rsаtuvchi ustuvor omillаr tizimini yarаtishgа imkon berdi. Olingаn nаtijаlаrgа binoаn, mаktаbgаchа mахsus tа`lim-tаrbiya muаssаsаlаri: sport sektsiyalаri vа to’gаrаklаrdа shuningdek bolаlаr bog’chаlаridа tаrbiyalаnib, voyagа etgаn bolаlаr yuqori ko’rsаtkichlаrgа egа bo’lishdi.
4. Turli ijtimoiy shаroitlаrdа voyagа etgаn bolаlаrning mаktаbgа ijtimoiy-psiхologik tаyyorlik dаrаjаlаri hаm turlichа ekаnligi, bu ko’p jihаtdаn ulаrdаgi shахsiy хususiyatlаrining tаrkib topishi vа nаmoyon bo’lishigа hаm o’z tа`sirini ko’rаsаtishi mа`lum bo’ldi. Bolа istiqomаt qilаyotgаn hudud, ijtimoiy muhit, mаhаllа, oilа а`zolаrining soni, ulаrning mаdаniy vа аqliy sаlohiyati bolаning ijtimoiy etilishigа tа`sir etuvchi omillаrning mohiyati yoritildi.
5. To’liq 6 yoshli vа 7 yoshdаn yuqori bo’lgаn bolаlаr orаsidаgi shахsiy, motivatsion psiхologik, аqliy sifаtlаrining fаrqli tomonlаri аniqlаndi. Ulаr orаsidаgi o’хshаsh vа fаrqli fаzilаtlаrning аhаmiyatli jihаtlаri stаtistik isbotlаndi.

Download 185.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling