Mavzu: bolalarni maktabga tayyorlash vazifalari reja: I. Kirish II. Asosiy qism


“ILK VA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR RIVOJLANISHIGA QO’YILADIGAN DAVLAT TALABLARI”DA BOLANI MAKTABGA TAYYORGARLIGINI ANIQLASH


Download 185.46 Kb.
bet3/8
Sana16.06.2023
Hajmi185.46 Kb.
#1513357
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
15. BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASH VAZIFALARI. 2023

2. “ILK VA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR RIVOJLANISHIGA QO’YILADIGAN DAVLAT TALABLARI”DA BOLANI MAKTABGA TAYYORGARLIGINI ANIQLASH.
Hozirgi kunda jamiyatimizda fan, madaniyat va ma’rifatning rivojlanishi, ta’lim-tarbiya ishlarining bosqichma-bosqich olib borilishi murakkab ko‘p funksiyali ijtimoiy hodisa sifatida umume’tiborli va ma’naviy qiziqishga molik jarayonga aylanadi. Ma’rifat soxasining umumiy maqsadi huquqiy va demokratik davlat talabiga javob beruvchi kishilarni tarbiyalab berishdan iboratdir. Demak, madaniyat yordamida inson hayotiga, shaxs tarbiyasiga, ijtimoiy munosabatlar rivojlanishiga ma’lum ta’sir ko‘rsatish mumkin. Madaniyat va ta’limning ijtimoiy uyg‘unlashuvi esa bo‘sh vaqtdan oqilona foydalanishning muhim omili hisoblanadi. Keyingi vaqtlarda madaniyat soxasidagi nazariy tadqiqotlarni amalga oshirish zarurati mustaqil demokratik jamiyat qurish jarayonining asosiy maqsadiga aylandi. Bo‘lajak tarbiyachilarni tayyorlashda murakkab muammolar qatorida madaniyat ham o‘ziga xos o‘rin tutadi, ya’ni, xalq ta’lim tizimini qayta qurish jarayonida pedagogik madaniyat muammosi yanada yorqin va aniq namoyon bo‘lmoqda. Tarbiyachilar tayyorlashning mazmuni kasbiy, amaliy, ruhiy, metodik, tadqiqiy faoliyat turlari bilan bir qatorda pedagogik madaniyat bilan boyib bormoqda. Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi davlat siyosatining asosiy prinsiplaridan biriga aylandi. Bo‘lajak tarbiyachilarning pedagogik madaniyati muammolarini o‘rganish uchun, avvalom bor, bu tushunchaning mohiyatini va ijtimoiy-ma’naviy asoslarini aniqlash va uni takomillashtirish yo‘llarini bilish zarur.
Maktabgacha ta’limning maqsadi - bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo’yiladigan Davlat talablariga muvofiq sog‘lom va yetuk, maktabga o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish. Mazkur ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. U o‘quvchilikka intilish hissi uyg‘otiladi va uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta’limga oilada, bolalar bog‘chasida, mulk shaklidan qat’iy nazar boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi. Maktabgacha ta’limning maqsadi va vazifalarini ro‘yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va hayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar va har qanday jismoniy shaxslar faol ishtirok etishi mumkin. Maktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim-tarbiya va sog‘lomlashtirish muassasasi hisoblanadi, quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlash;

  • bola shaxsi asoslarini shakllantirish, uning bilimga qiziqishlarini rivojlantirish;

  • bolaning intellektual, shaxsiy va jismoniy rivojlanishini ta’minlash;

  • bolaning rivojlanishidagi nuqsonlarni zarur tarzda tuzatish;

  • bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish;

  • bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlash.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni oldiga qo‘yilgan maksad va vazifalarning bajarilishi «Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo’yiladigan Davlat talablari» orqali nazorat qilinadi. Davlat talablaridan maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta’lim-tarbiya mazmunining asosiy yo’nalishlari hamda ularning maktabga tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan minimal talablar belgilab berilgan bo‘lib, u davlat hujjati sifatida e’tirof etiladi.
Maktabgacha ta’limi yaxshilash uchun tarbiyachi, pedagog kadrlarni tayyorlash, maktabgacha ta’limning samarali pedagogik - psixologik uslublarini izlash, bolani oilada tarbiyalashda psixologik, pedagogik va uslubiy jihatdan ta’minlash; zamonaviy o‘quv uslubiy qo‘llanmalar, texnik vositalar, o‘yinchoqlar maydonlar yaratish va hayotga tadbiq qilish; maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy - tarixiy merosi asosida tarbiyalashga shart-sharoit yaratish hamda ularning sog‘ligini ta’minlash va chiniqtirish bo‘yicha qulay sharoit yaratish kabilarni nazarda tutadi. Eng asosiy vazifasi bolalarning hayotini rejimga solish, axloq-odobga o‘rgatish, xulq-atvorini tarbiyalash, rasm chizish, harf elementlarini mashq qilish, sanash, hisoblash, nutq, organizmni chiniqtirish, dam olishlarni tashkil etish kabi vazifalar amalga oshiriladi. Ulardan madaniy xulq-atvor, sodda mehnat ko‘nikmalari, gigiena qoidalari o‘rgatiladi.
Maktabgacha ta’lim maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan Davlat talablarida belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish 6-7 yoshdagi bolalarni maktabga to‘la to‘kis tayyorlashga, maktabda beriladigan ta’limni mukammal o‘zlashtirishga, mustaqil O‘zbekistonning ravnaqi uchun xizmat qiladigan barkamol inson bo‘lib yetishishlariga zamin hozirlaydi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari – O’zbekiston Respublikasidagi ta`lim muassasalarining turi bo’lib, turli yo’nalishdagi maktabgacha bo’lgan davrdagi umumta`lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim muassasalari 3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni tarbiyalashni, o’qitishni, nazorat qilishni, parvarishlashni va sog’lomlashtirishni ta`minlaydi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni uch bosqichda amalga oshiriladi:
1. Bolalarni jismonan rivojlantirish.
2. Bolalarning nutqi va tafakkurini rivojlantirish.
3. Bolalarni ma’nan rivojlantirish.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar asosan maktab ta’limiga maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada tayyorlanadi. Bolalarni maktabga tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda, ota-onalar mustaqil ta’lim berish orqali yoki doimiy faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha ta’lim muassasalarida shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb qilinmagan bolalar uchun bolalar bog‘chalarida, maktablarda, mahallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi.


Download 185.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling