Mavzu: bolalarni maktabga tayyorlash vazifalari reja: I. Kirish II. Asosiy qism
Download 185.46 Kb.
|
15. BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASH VAZIFALARI. 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining metodologik asosi.
- Ishining amaliy ahamiyati
- Kurs ishining tarkibiy tuzilishi
Kurs ishining vazifalar:
1. Mavzuga doir pedagogik va psixologik adabiyotlarni tahlil qilish va umumlashtirish. 2. “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari”da bolani maktabga tayyorgarligini aniqlash. 3. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashning nazariy asoslari o’rganish. Kurs ishining metodologik asosi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning ta’lim jarayonida barkamol shaxsni shakllantirish, ta’limni modernizatsiyalash, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etishga qaratilgan yondashuvlari, Hukumat qarorlarida bu borada yaratilayotgan shart-sharoitlar va yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar, me’yoriy hujjatlar. Ishining amaliy ahamiyati: tadqiqot jarayonida ilgari surilgan fikrlar, yondashuvlardan hamda samaradorlikni ta’minlovchi tadqiqot natijalari uzluksiz ta’lim tizimida tadqiqot olib boruvchilarga, shuningdek maktabagacha ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan tarbiyachilarga qo‘llanmalar, metodik tavsiyalar yaratish, ish tajribalarni ommalashtirishga xizmat qiladi. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: ish kirish, 4 bo`lim, umumiy xulosalar, tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. 1. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING MAKTABGA TAYYORGARLIK DARAJASINI ANIQLASH – DOLZARB PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA. Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning boshlang‘ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog‘lom va rivojlangan shaxs bo‘lib shakllanishini ta’minlab, o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini uyg‘otib, tizimli o‘qitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo‘lgan maktabgacha ta’lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o‘qishga tayyorlash, bolani sog‘lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo‘lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o‘qishga, tizimli ta’limga bo‘lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish maktabgacha ta’lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta’lim tashkilotiga biriktirilgan sog‘liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta’lim tashkilotiga binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta’lim tashkilotida yong‘in xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga bo‘lgan talablar huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari – O‘zbekiston Respublikasidagi ta’lim tashkilotlarining turi bo‘lib, turli yo‘nalishdagi maktabgacha bo‘lgan davrdagi umumta’lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni tarbiyalashni, o‘qitishni, nazorat qilishni, parvarishlashni va sog‘lomlashtirishni ta’minlaydi. Maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish tartibi, faoliyatini tashkil etish va butlash, hamda maktabgacha ta’lim tashkilotining mol-mulki va pul mablag‘lari, javobgarligi, boshqaruvi va ta’lim jarayoni qatnashchilari to‘g‘risidagi kerakli ma’lumotlar huquqiy hujjatlarda o‘z aksini topadi. O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining zamonaviy tizimi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari, faoliyat yo‘nalishiga ko‘ra, quyidagi turlarga bo‘linadi: Bolalar yaslisi, bolalar yasli bog‘chasi, bolalar bog‘chasi, uydagi bolalar bog‘chasi (mustaqil muassasa yoki filial sifatida). Maktabgacha tarbiya va boshlang‘ich ta’lim mussasasi (bolalar bog‘chasi-maktab). Tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir nechta yo‘nalishda (til, badiiy estetik, sport va boshqalar) tarbiyalovchi maktabgacha ta’lim muassasalari. Tarbiya jismoniy va ruxiy rivojlanishdagi og‘ishlarni kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar bog‘chasi. Tibbiyot gigiena, profilaktika va sog‘lomlashtirish, tadbir va pro- seduralarini amalga oshiruvchi zaiflashgan bolalarni nazorat qilish va sog‘lomlashtirish bog‘chasi. Birlashtirilgan turdagi bolalar bog‘chasi (birlashtirilgan turdagi bolalar bog‘chasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va sog‘lomlashtiruvchi guruhlar umumlashtirilgan ko‘rinishda kiradi). Maktabgacha ta’lim tashkilotining ish tartibi va u yerda bolalarning bo‘lish davomiyligi davlatning maktabgacha ta’lim sifat va darajasiga bo‘lgan talablari, nizom, maktabgacha ta’lim tashkiloti va ota-onalar orasida tuzilgan shartnoma, hamda ta’sischilar tomonidan belgilanadi. Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil qilingan bo‘lib, u yerga bolalar davlatning joylardagi vakolatli ta’limni boshqarish va sog‘liqni saqlash organlari tarafidan tashkil qilingan ruxiy-tibbiy pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan qabul qilinadi. Maxsus maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish tartibi, mol-mulki va pul mablag‘lari, maxsus maktabgacha ta’lim muassasasida o‘quv-ta’lim va sog‘lomlashtirish jarayonini tashkil qilish, ta’lim jarayoni ishtirokchilari va maxsus maktabgacha ta’lim muassasasining boshqaruvi haqidagi to‘liq ma’lumotlar “Maxsus davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti to‘g‘risidagi Nizom” da ko‘rsatilgan. Maktabgacha ta’lim maqsad va vazifalarni amalga oshirishda ijtimoiy va xayriya tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok etadilar. O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim davlat tilida hamda qoraqalpoq, rus, tojik, qirg‘iz, qozoq va turkman tillarida olib boriladi. Mustaqil O‘zbekistonimizda maktabgacha ta’lim tizimining isloh qilinishi, ta’lim va tarbiya jarayonini qayta tashkil etishga kirishilgan hozirgi kunda tarbiyachi faoliyatiga, uning pedagogik mahoratiga aloxida e’tibor berilmoqda. Mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Karimov mustaqilligimizning ilk yillarida ta’kidlaganidek: «Tarbiyachilarning o‘ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini, malakasini oshirish» kabi paysalga solib bo‘lmaydigan dolzarb masala hali hanuzgacha o‘z yechimini kutayotgandek 1. Fikrimizcha, ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgashtirishdagi asosiy muammo ham mana shu yerda. Tarbiyachi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo, zamonaviy bilim berish uchun avvalo, tarbiyachining o‘zi ana shunday bilimga ega bo‘lishi kerak. Mamlakatimizda «Kadrlar tayyorlash midliy dasturi»ni bosqichma-boskich muvaffaqqiyatli amalga oshirish ko‘p jihatdan tarbiyachi faoliyati, uning kasbiy nufuzini oshirishga bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017 — 2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Qarori qabul qilindi 2. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning 2017 yil 30 sentabrdagi PF-5198-son “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimining eng ahamiyatli bo‘g‘ini hisoblanmish maktabgacha ta’limning og‘riqli nuqtalari keng qamrovli bayon etilgan3. Xususan, farmonda “Maktabgacha ta’lim tizimida variativ dasturlar joriy etilmagan, bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha muqobil, moslashuvchan modellar yetarli darajada rivojlanmagan hamda taraqqiy etgan mamlakatlar singari ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, matematik, jismoniy va ijodiy rivojlantirish, atrof muhit bilan tanishuvga yo‘naltirilgan maxsus davlat ta’lim dasturlari tatbiq qilinmagan. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lib, bolalarni maktab ta’limiga talab darajasida tayyorlash imkonini bermaydi”, degan asosli fikrlarni o‘qishimiz mumkin. Uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim tashkilotiga lariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadida to‘qqiz banddan iborat vazifalar yuklatilgan. Shunday ekan, sog‘lom, har tomonlama barkamol avlodni yetishtirish maktabgacha ta’lim tizimida mexnat qilayottan pedagogning saviyasi, tayyorgarligi va fidoyiligi, yosh avlodni tarbiyalash ishiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liqdir. Tarbiyachining mustakillik g‘oyasiga e’tiqodi har tomonlama rivojlangan ilmiy tafakkuri, kasbiga doir tegishli ma’lumotga, ya’ni o‘z kasbining chukur bilimdoni, pedagogik muloqot ustasi, pedagogik-psixologik va uslubiy bilim va malakalarni egallagan bo‘lishi hamda turli pedagogik vaziyatlarni tezda sezishi, o‘rganishi va baholay olishi, pedagogik ta’sir ko‘rsatishning eng maqbul usul va vositalarini tanlay olish kobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. Bunday dolzarb masalalarni hal etishda tarbiyachilarning metodik tayyorgarligi muhim rol o’ynaydi. Bo‘lajak tarbiyachilarni kasbga tayyorlash hamda metodik tayyorgarligini takomillashtirish masalalari bo‘yicha turli davrlarda Azarov Z.P, Asanova D. , Asnarxo‘jaeva M. , Xasanboeva O., Yusupova P.lar tomonidan tadqiqotlar olib borilgan. Download 185.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling