1. Harakatning asosiy turlarini rivojlantirish:
yurish va yugurishning barcha turlarini to’g’ri bajarish; shart-sharoitga muvofiq ulardan foydalanish;
sakrash, irg’itish, tirmashib chiqishning barcha turlarini to’g’ri bajarish;
yumshoq joyda 40 sm gacha balandlikka sakrash; 40 sm balandlikdan yerga yengil tushish; joydan turib 70 sm dan kam bo’lmagan uzunlikka sakrash; 100m masofani yugurib o’tish; yugurib kelib, 30 sm balandlikka sakrash; kalta va uzun arg’imchi (skakalka)da turli usullarda sakrash; ichi to’ldirilgan (og’irligi 1 kg) koptokni oshirib tashlash; predmetni turli vaziyatlardan turib otish, 4-5 m masofadagi vertikal va gorizontal nishonlarga tushirish;
narsalarni o’ng va chap qo’l bilan 5 - 12m masofaga irg’itish, narsani harakatlanayotgan nishonga irg’itish;
2-3 doira yurib aylanib, 3-4 qatorga safni o’zgartirib tizilish, "birinchi- ikkinchi" hisob - sanog’idan keyin 2 qatorga tizilish, harakat, davomida oraliq masofani saqlash;
turli xil dastlabki holatlardan turib jismoniy mashqlarni aniq, ritmik, ko’rsatilgan maromda, musiqaga mos, og’zaki ko’rsatmalarda aytilganday bajarish;
gavdani to’g’ri tutish;
velosipedda, o’zi yurarda, rolikli konkilarda yurish;
sport o’yinlari unsurlari ishtirok etadigan o’yinlarda (voleybol, futbol, xokkey, badminton, stol tennisi) faol ishtirok etish, 15m.ga erkin suzish.
2. Tana qismidagi mushaklarni rivojlantirish:
qo’l panjasi va barmoqlar harakatchanligini ta’minlash (barmoqlarni yengil siqish, yozish), barmoqlarni o’ynatish (barmoqlarda o’yin ko’rsatish, qo’l barmoqlari soyasida tamosha ko’rsatish va h.k);
tashqi muhit o’zgarishlariga bardoshlilik (kasalliklarga tegishli qarshilik ko’rsatish, ularning nisbatan yengil va qisqa muddatda asoratlarsiz o’tishi (chiniqishi);
miriqib uyquga ketish va oromli uyqu;
-yaxshi ishtaha (ayrim ovqat turlariga salbiy munosabatlarsiz);
-o’zining jismoniy qiyofasi va sog’ligi haqida tasavvurni shakllantirish, sog’lom turmush tarziga erishish (madaniy-gigiyena malakasini rivojlantirish, har kuni ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarishga odatlantirish, bu hamda boshqa malakalar ahamiyatini tushunish);
-antronometrik ko’rsatkichlarning (bo’yi, vazni, boshining doirasi, ko’krak kengligi) yosh ko’rsatkichi standartlariga muvofiq kelishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |