Majlis raisi:__________________p.f.n. A.Saidov
Kotib:______________________V. Axrorov
Alisher Navoiy nomidagi SamDU Pedagogika fakulteti «5310200-Psixologiya» yo`nalishi bitiruvchi kurs talabasi Abdullayeva Gulnozaning «Maktabgacha yoshdagi bolalarning bilish jarayonlarini shakllantirishning ijtimoiy psixologik xususiyatlari» mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga ilmiy rahbar
MULOHAZASI
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng ta’lim tizimida o’ziga xos o’zgarishlar paydo bo’liyaptiki, unda har shaxsning ma’naviy, madaniy va intellektual salohiyatiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bilish jarayonlari muammosi psixologlar tomonidan har tomonlama tadqiq qilinishiga qaramay, unga har xil pozisiyadan turib yondashilgan, turli aspektlarada yoritilgan. Shuning uchun bu to’g’risida umumiy nuqtai nazar, umumiy mezon yuzasidan mulohaza yuritish mumkin emas. Shuningdek, aqliy tarraqqiyot komponentlari bo’yicha ham xuddi shu fikrlarni bildirish o’rinlidir.
Abdullayeva Gulnoza tamonidan yozilgan ushbu malakaviy bitiruv ishi ikki bob, olti paragraf, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Ishning birinchi bobi: Bolalarni maktabga tayyorlashda bilish jarayonlari muammosining psixologiyada o’rganishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bo’lib bunda bolalarni maktabda bilish jarayonlarini o’rganish va aqliy taraqqiyotda bolalar bog’chasi va maktab ta’lim-tarbiya ishidagi izchillikning psixologik mazmuni shuningdek bolani maktabda o’qishga axloqiy-irodali tayyorlashning psixologik asoslari yoritib berilgan.
Ishning ikkinchi bobida Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy rivojlantirishda psixologik ko’rsatgichlarining o’ziga xos xususiyatlari deb nomlangan bo’lib, maktabgacha yoshdagi bolalarni bilish jarayonlarini rivojlantirishda jismoniy rivojlanishining ijtimoiy-psixologik ko’rsatgichlari va bilish jarayonlarini psixologik asoslari ta’kidlab o’tilgan.
Xulosa qismida har ikkala bob haqida talaba mavzu bo’yicha o’z fikr mulohazalarni yaxshi bayon qilgan.
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan kelib chiqib Abdullayeva Gulnozaning mazkur malakaviy bitiruv ishini ijobiy baholayman va uni himoyaga tavsiya etaman.
SamDU
Do'stlaringiz bilan baham: |