Ishning maqsadi: Bola shaxsini aqliy imkoniyatlari va taraqqiyoti , bola shaxsini o’ziga xos xususiyatlari va bola shaxsida aqliy taraqqiyot muhim tamoyilini kishilarga keng ko’lamda tushuntirish shu asosda tegishli, psixologik, ilmiy amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish. Ushbu tavsiyalarni maktab aqliy taraqqiyot testi olingan xulosalar asosida bolani aqliy tayyorlashning psixologik asoslarini ishlab chiqish.
Ishning obekti: Maktabgacha yoshdagi bolani o’quv bilish jarayonlarini o’rganish jarayoni.
Ishning predmeti: Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsi.
Ishning vazifalari:
Mavzuga oid ilmiy-psixologik manbalarni o’rganish, tahlil qilish va umumlashtirish.
Bola shaxsida bilish jarayonlarini takomillashtirishning ijtimoiy-psixologik, didaktik-psixologik asoslarini ishlab chiqish.
Bola shaxsida bilish jarayonlarini psixologik tomondan taraqqiy etishning takomillashtirish yo’llarini belgilash.
Bilish jarayonlarini rivojlantirishda ta’lim sohasining takomillashtirilgan, boyitilgan bilish jarayonlarining samaradorlik darajasini aniqlash.
Ishning metodlari : Qiyosiy tahlil, suhbat, anketa, savol-javob, psixologik eksperiment, test nazorat, umumlashrish va matematik statistika.
Ishning metodologik asosi : Ilg’or ilmiy psixologiya fanida shaxs ijtimoiy taraqqiyoti bo’yicha yaratilgan umumiy qonuniyatlar, konsepsiyalar, shuningdek, shaxsga individual yondashuv prinsiplari (B.P.Teplov, V.S.Merlin, N.S.Letis, E.A.Golubeva, B.R.Qodirov, E.G’.G’oziyev va boshqalar).
Shaxs va ijtimoiy ustanovka prinsiplari (D.Uznadze, Sh.A.Nodirashvili, A.G.Asmolov, G.Ollport, G.Rozenberg va boshqalar), shaxs va munosabat mutanosibligi prinsiplari (V.N.Myasishev, T. Liri, S.L.Rubinshteyn, B.S.Merlin va boshqalar), buyuk sharq allomalaridan Abdulla Avloniy, Beruniy, Farobiy, Ibn Sino, Alisher Navoiy kabi buyuk allomalarimizning qomusiy asarlarida ta’lim-tarbiya to’g’risidagi ta’limotlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov asarlari g’oyasi O’zbekiston Respublikasining ”Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va ”Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqalar. Aqliy tarraqqiyot ko’nikmalarini o’rganish masalalari Veksler metodi va uning moslashtirilgan varianti. Bilish jarayonlarini o’rganishda Kettel testi qo’llash uslubi.
Do'stlaringiz bilan baham: |