1-guruh:
1. Ixtososlashgan sinflarda matematika o’qitishning xususiyatlari haqida interfaol metodlardan foydalangan holda gapirib bering?
2. 3-sinflar uchun DTS va o’quv dasturidan kelib chiqib ixtisoslashgan sinflarda matematika darslarini taqqoslang va farqlarini tushuntirib bering.
3. 2-sinf matematika darsi uchun bir soatlik dars ishlanmasi tuzing.
2-guruh:
1. Ixtososlashgan sinflarda matematika o’qitishning mazmuni haqida interfaol metodlardan foydalangan holda tushuntirib bering ?
2. 4-sinflar uchun DTS va o’quv dasturidan kelib chiqib ixtisoslashgan sinflarda matematika
darslarini taqqoslang va farqlarini tushuntirib bering.
3. 2-sinf matematika darsi uchun bir soatlik dars ishlanmasi tuzing.
Har bir guruh o’zlari kelishgan holda 2- sinf matematika darsligining biror mavzusini tanlab bir soatlik dars ishlanmasini tuzadilar.
Guruhlarning bajargan ishlari tahlil qilinadi va baholanadi.
Talabalarga mustaqil ish tariqasida boshlang’ich sinf rejalardan foydalangan holda xoxlagan mavzularida bir soatlik dars ishlanmasini yozishlari topshiriq qilib beriladi.
Misol : ( Taxminiy dars ishlanmasi.)
Sana: 4.12.2018 yil
Sinf: 2 A- sinf
Fan: Matematika
Mavzu: Sonning qismini qismi boyicha sonning o’zini topish.
Dars maqsadi:
a ) ta’limiy: o’quvchilarda sonnig qismini qismi bo’yicha sonning o’zini topish bo’yicha bilim,
ko’nikma va malakalarini shakllantirish.
b ) tarbiyaviy: o’quvchilarda tabiatni va vatanni sevish hissini uyg’otish.
v ) rivojlantiruvchi: o’quvchilarning matematik og’zaki hisoblash malakalarini yanada rivojlantirish,
Dars turi: Yangi bilim va ko’nikmalar hosil qilish.
Dars jihozi: darslik, mavzuga doir ko’rgazmalar, sanoq cho’plari, chizg’ich tarqatmalar qo’llanmalar.
Darsning borishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |