Tashkiliy qismi: o’quvchilar bilan salomlashish. Navbatchi axborotini tinglash.
Sinf xonasining darsga tayyorligini ko’zdan kechirish. Bugungi dars maqsadi bilan tushuntirish.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash: uyga vazifa tekshiriladi, o’quvchilar yo’l qo’yilgan xatolar ustida ishlaydilar. O’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun tarqatma testlardan foydalanamiz. O’quvchilarni guruhlarga ajratib o’tilgan mavzuni mustahkamlaymiz.
Arifmetik amallar yordamida 3 ta 5 raqamidan quyidagi sonlarni hosil qiling:
a) 2 ni; (5+5):5=2
b) 4 ni; 5-5:5=4
v) 11 ni; 55:5=11
III. Yangi mavzu bayoni:
85-misol orqali mavzu tushuntiriladi.
tasma uzunligining yarmisini toping.
12sm
6 sm 6 sm
Yechilishi: 12:2=6 sm. Javob: 6 sm
1-ta’rif.
Sonni ikkiga bo’lganda hosil bo’lgan son shu sonning ikkidan bir qismi yoki yarmi deb ataladi.
tasma uzunligining uchdan bir qismini toping.
12sm
4 sm 4 sm 4 sm
Yechilishi: 12:3=4 sm. Javob: 4 sm
2-ta’rif. Sonni uchga bolganda hosil bolgan son shu sonning uchdan bir qismi deyiladi.
3) tasma choragining uzunligini toping.
12sm
3 sm 3 sm 3 sm 3 sm
Yechilishi: 12:4=3 sm. Javob: 3 sm.
3-ta’rif. Sonni to’rtga bo’lganda hosil bo’lgan son shu sonning to’rtdan bir qismi yoki choragi deb ataladi.
86-misol. Rasm orqali bajariladi va tushuntiriladi.
87-misol misolni o’quvchilar navbati bilan doskada bajaradilar.
1) 6,14,20 sonlarining yarmini toping.
Yechilishi: 6:2=3
14:2=7
20:2=10
2) 6, 15 sonlarining uchdan bir qismini toping.
Yechilishi: 6:3=2
15:3=5
3) 8, 16, 24 sonlarining choragini toping.
Yechilishi: 8:4=2
16:4=4
24:4=6
88-masala O’qituvchi ko’magida o’quvchilar bilan yechiladi.
1) Tarvuzning yarmi 5 kg. Butun tarvuzning massasi necha kilogrammga teng?
Yechilishi: 5*2=10 kg. Javob:10 kg.
Do'stlaringiz bilan baham: |