Mavzu: Boshlang'ich ta'lim tarbiya jarayonining pedagogik va psixologik xususiyatlari


Tarbiya jarayonining oʻziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat


Download 38.57 Kb.
bet2/7
Sana05.04.2023
Hajmi38.57 Kb.
#1273733
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi reja

Tarbiya jarayonining oʻziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
- aniq maqsadga yoʻnaltirilganlik;
- uzoq muddat davom etishi (tarbiya natijalari tez sur’atda yaqqol koʻzga tashlanmaydi);
- uzluksizligi (oʻquvchilar va oʻqituvchining birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari);
- yaxlit, tizimli tashkil etilishi;ikki tomonlama aloqa hamda qarama-qarshiliklarning mavjud boʻlishi.
Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi shaxsida ongning shakllanib borishi, his-tuygʻularning rivojlanishi, ijtimoiy hayot uchun zarur boʻlgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlarning hosil boʻlishi kabi oʻzgarishlar kuzatiladi.
Tarbiya jarayonining muvaffaqiyatli kechishi uning maqsadi, shakllari, metodlari, vositalari, mavjud pedagogik shart-sharoitlar, shaxsning oʻzini-oʻzi tarbiyalash va qayta tarbiyalashi ehtiyojiga egaligiga bogʻliq.
Oʻzini oʻzi qayta tarbiyalash shaxsning oʻzidagi salbiy odatlar, xarakteridagi zararli sifatlarni yoʻqotish, ularni bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyati jarayonidir.
Tarbiya tamoyillari – tarbiya nazariyasining asosiy yetakchi qoidalari boʻlib, tarbiya jarayonini tashkil etish mazmuni, shakl, metod va vositalarini toʻgʻri tanlanishini belgilaydigan boshlangʻich asoslar hisoblanadi.
Tarbiya jarayoni quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi:
- tarbiya maqsadining aniqligi;
- bolalar va kattalarning birgalikdagi faoliyati;
- ixtiyoriylik;
- yoʻnaltirilganlik;
- oʻz-oʻzini anglash;
- jamoaviylik;
- insonparvarlik;
- ilmiylik;
- pedagogik jarayonning hayot va amaliyot bilan bogʻliqligi;
- izchillik;
- uzluksizlik;
- tizimlilik;
- koʻrsatmalilik;
- estetik gʻoyalar ustuvorligi.
Tarbiya maqsadi ijtimoiy buyurtma asosida belgilanadi. Unda eng oddiy harakatdan tortib, to keng koʻlamli ijtimoiy harakatni tashkil etishdan iborat jarayonning mohiyati yoritiladi.
Tarbiya maqsadi umumiy va individual xarakter kasb etadi.
Tarbiya jarayoni quyidagi qonuniyatlar asosida kechadi:
- tarbiyaning obyektiv va subyektiv omillarga bogʻliqligi;
- tarbiyaning shaxs rivojlanishi bilan birligi va oʻzaro aloqadorligi;
- faoliyat va munosabat shaxsning ijtimoiy ahamiyatli fazilatlarni shakllantirishning negizi va asosiy manbai ekanligi;
- tarbiyalanuvchilarning oʻzaro tarbiyaviy ta’siri, oʻzaro munosabatlari hamda faol faoliyati oʻrtasidagi bogʻlanishning mavjudligi.

Download 38.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling