Mavzu: Boshlang'ich ta'lim tarbiya jarayonining pedagogik va psixologik xususiyatlari


Download 38.57 Kb.
bet4/7
Sana05.04.2023
Hajmi38.57 Kb.
#1273733
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi reja

1. Go’daklik davri.
Bola tug’ilgan paytda ta’omni (mazani) biladi, issiq va sovuqni sezadi. Asta-sekin uning boshqa sezgilari ham o’sa boradi. 3 oylik bo’lganda buyumlarni farqlaydi., o’ziga yaqin kishilarni ko’rsa xursand bo’ladi. 6-8 oylik bo’lganda rang va shakllarni ham farqlaydi. Rangli o’yinchoqlarni xush ko’radi.
11-12 oyligidayoq atrofdagi kishilarni tanishdan tashqari, aytilishi oson bo’lgan so’zlarni talaffuz qiladi, nutqi o’sa boshlaydi.


2. Yasli davri.
Bu davr jismoniy o’sish, yo’lga kirish-yurish davri ham deyiladi. 2 yoshida ancha murakkab o’yinlarni ham qiziqib kuzatadi. Bolalar o’yin orqali bir-birlari bilan aloqa bog’laydilar, tasavvur, fikrlash kuchayadi, nutqi o’sadi. Endi u jumla va undan gap tuzadi. Bolalarni tarbiya qiluvchi katta kishilarning yurish-turishi va odobi bolalar ruhiyatiga ta’sir qiladi. Bolani lozim bo’lgan vaqtda maqtash, diqqati ijobiy faoliyatga tortish, yomon ishlardan ehtiyot qilish, yomon so’zlarni eshitishdan uzoqlashtirish, urishmaslik yo’llarini o’rgatish, ularga ta’sir ko’rsatish usullaridan hisoblanadi.

3. Maktabgacha tarbiya yoshi.
Bu davr bolaning aqliy va jismoniy jihatdan tez o’sishi, dunyoni bilish, atrof muhitga o’z munosabatini bildirish istagi kuchayib borayotgandavrdir. Shu sababli ham ota-onalar va tarbiyachilarning bolalarni to’g’ri kamolga yetkazishga alohida e’tibor berishlari lozim. Ularni tarbiyalashda:
a) sog’lig’i haqida, tartib va gigiyena talablariga;
b) o’yin mashg’ulotlari, so’z, musiqa, ekskursiya, badiiy va jismoniy
tarbiyaga;
v) o’zini tuta bilish, do’stlik-birodarlikni o’rniga qo’yish, kattalarga hurmat, o’yin qoidalarini buzmaslik, buyumlarni asrash va boshqkalarga o’rgatish muhimdir.
Bu davrda bolalarning bo’yi har yili o’rtacha 6 sm, og’irligi 1-2 kg o’sadi. Suyak, muskul tizimi yumshoq, egiluvchan bo’ladi. Shu sababli ularni toliqtirmaslik kerak. Ularning asosiy faoliyati o’yin hisoblanadi. O’yinlar rang-barang bo’lishi va jamiyat maqsadlaridan kelib chiqib tashkil etilishi juda muhim.


Download 38.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling