Mavzu: Boshlang'ich ta'lim tarbiya jarayonining pedagogik va psixologik xususiyatlari


Maktab yoshidagi o’rta o’quvchilar (o’smirlar) davri


Download 38.57 Kb.
bet6/7
Sana05.04.2023
Hajmi38.57 Kb.
#1273733
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi reja

5. Maktab yoshidagi o’rta o’quvchilar (o’smirlar) davri.
Bu davrda bolaning jismoniy va ruhiy taraqqiyotida keskin o’zgarishlar ruy berishi sababli bu davr o’tish davri deb ataladi. Bu yosh balog’otga yetish davri deb ham ataladi. Qiz bolalar 13-15 yoshda, o’g’illar 16-17 yoshida balog’otga yetadilar. O’smirlar hulqida bir-biriga zid holatlar: goh jo’shqinlik, goh bo’shanglik, goho ishga kuchli havas paysalga solish, o’jarlik holatlari uchraydi.
O’smir ruhiy rivoji avvalgiga nisbatan ya’ni kichik o’quvchilarga nisbatan ilgarilab ketadi. O’qish ta’sirida o’smirning umumiy, abstrat tushunchalarni tobora ko’proq tushunib va bilishi tezlashadi.
O’smir o’zida katta kishilarning sifatlari paydo bo’layotganini sezadi. Ichki sekresiya bezlarining qayta qurilishiga bog’liq. Jinsiy yetilish davri boshlanadi. Ularda erkaklik va ayollikning tashqi belgilari - ovozining o’zgarishi (durillash, muylov chiqishi, ko’krak qafasi o’g’il va qizlar nafas olishidagi farqlar) paydo bo’la boshlaydi.
O’smirlar ruhiyatida qahramonona ishlarga, romantika, o’zini qahramonlar qatorida tasavvur etish kabilar juda kuchli bo’ladi. Ularda do’stlik va birodarlik xislari, sirdosh do’stlar topish juda kuchli.
U nima qilib bo’lsa ham jamoada obro’ qozonishga, ma’lum mavqyeni egallashga intiladi. Bunga yaxshilik bilan erishmasa, sho’xlik, ba’zan tartib buzish, o’qituvchining talabiga teskari ish tutishga ham boradi.
Demak, o’smir bilan munosabatda sabr-toqat, vazminlik, ma’lum holda unga mustaqillik berish, jamoa hayotiga doir ishlar yuzasidan maslahatlashishi, uning tashabbusidan, intilishi va imkoniyatlaridan foydalanishi-bularni to’g’ri tarbiyalashning garovi. Eng muhimi, ular shaxsini hurmat qilish, kamsitmaslik, katta bo’lib qolganini tan olishdir.
O’smirlik davri ayrim pedagog va psixologlar, vrachlar ta’kidlaganidek tarbiyaga berilmaydigan davr emas. O’z vaqtida Jan Jak Russo bu davrni “Ikkinchi marta tug’ilishi” deb atagan edi.


Download 38.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling