Mavzu: boshqaruvning iqtisodiy usuli va uning ahamiyati
Download 48.59 Kb.
|
Kenjaboyev.A SM50Boshqaruvning iqtisodiy usuli va uning ahamiyat
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
MAVZU: BOSHQARUVNING IQTISODIY USULI VA UNING AHAMIYATI. REJA: KIRISH. Boshqaruv tizimlarini tadqiq qilish: kontseptsiya, asosiy yo'nalishlar va yondashuvlar. Boshqarish tizimlarini tadqiq qilish usullari. Boshqarishning asosiy tamoyillari. Boshqarishning tashkiliy tuzilishi. XULOSA. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. KIRISHHar qanday ishlab chiqarish korxonlari yoki firmalari o’z faoliyatini boshlar ekan o’sha korxonada boshqaruv mexanizmi ishga tushadi. Har bir boshqaruvchi o’z faoliyatini gullab yashnashi yoki tanazzulga uchrashi uning chiqargan qarorlariga asosan bog’liq bo’ladi. Demak menejerning har bir chiqargan qarori korxona taqdirini hal qilar ekan. Menejerning qanchalik aniq va asosli qaror chiqarishi bu uning menejment haqidagi bilimlariga, ko’nikma va malakalariga bog’liqdir. Menejment qonunlari va tamoyillari uning poydevorini talab qiladi. Biz kundalik hayotimizda amal qilishimiz kerak bo’lgan qonun qoidalar yig’indisi Konstitutsiya hisblanadi. Konstitutsiya bizni turli hil havf hatarlarni qilishimizga tosqinlik qiluvchi norma hisoblanadi. Agar biz konstitutsiyamizga qarshi chiqsak, uning moddalarini qo’pol ravishda buzsak, bu biz uchun yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Huddi shuningdek, har bir menejer hox ishlab chiqarish korxonasi menejeri bo’lsin, hox kichik biznes subyekti bo’lsin o’zi faoiliyat ko’rsatayotgan korxona yoki firmani boshqaruvini tashkil qilishda menement tamoyillari va qonunlarini jorey etishsiz muvofaqiyatga erish qiyindir. Qisqa qilib aytganda, menejment qonunlari va tamoyillari boshqaruvining “Konstitutsiya”si hisoblanadi. Yuqorida aytib o’tilganidek, Konstitutsiyaga amal qilmaslik o’zining salbiy oqibatlariga olib kelsa, menejerlarning boshqaruv Konstitutsiyasiga amal qilmasligi ham o’zining salbiy oqibatlariga ega. Hozirgi kunda menejmentni rivojlantirish bo’yicha yurtimizda ko’pgina chara tadbirlar o’tkazilmoqda. Buning natijasi o’laroq Prezidentimiz I.A. Karimov tashabbusi bilan barpo etilgan “Singapur Menejmentni rivojlantirish xalqaro Instititi” ni ko’rsatishimiz mumkin. Bu dargohda xalqaro darajadagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’lgan kadrlar tayyorlanmoqda. Prezidentimiz Andijonga tashrifi davomida qilgan nutqlarida fermerlarni – zamonaviy menejerlar deb takidlab o’tganlar. Haqiqatdan ham menejment tor doirali tushuncha emas. U har bir sohaning asossida yotadi. Har qanday boshqaruvini to’g’ri tashkil etishda menejmentning qonun qoidalarini, tamoyillarini bilmasdan turib, ushbu tarmoq sohasi boshqaruvini to’g’ri yo’lga qoyib bo’lmaydi. Menejment ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir. Menejment dastavval iqtisodiy nazariya fani bilan yaqindan bogʻliq. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga va ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy usullarni qoʻllashga, har bir xodimga va jamoaga taʼsir koʻrsatishga asoslanadi. Bir qancha iqtisodiy fanlar: makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, mehnat iqtisodiyoti kabilar ham Menejment fani bilan chambarchas bogʻliqdir. Oʻzbekistonda Menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari 14—15-asrlarda Amir Temur davrida shakllana boshlagan. Buyuk sarkarda "Temur tuzuklari" asarida davlat, qoʻshin va boshqalarni boshqarish sanʼati toʻgʻrisida oʻz qarashlarini bayon etib, izohlab bergan. Menejment fanining nazariy asosini bir necha yuz yillar davomida toʻplangan amaliy tajriba natijalari tashkil etadi, ularni nazariy jihatdan asoslab turli xil konsepsiyalar, nazariy gʻoyalar, ish prinsiplari va uslublari ishlab chiqilgan. Ammo alohida fan sohasi sifatida Menejment 19-asrga kelib shakllana boshladi. Boshqarish fanining asoschisi — amerikalik muhandis va tadqiqotchi F. Teylor hisoblanadi. Boshqarish tamoyillarini Teylorning zamondoshi fransuz olimi Anri Fay-ol ishlab chiqdi. Korxonada amalga oshirilayotgan barcha operatsiyalarni u olti guruh (texnika, tijorat, moliya, mol-mulk va shaxslarni qoʻriqlash, hisobkitob, maʼmuriy)ga boʻlib, boshqarishni 6-guruhga kiritadi. Menejment yoki boshqarishning obʼyekti korxona faoliyati, uning subʼyekti esa boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning xodimlaridir. Menejment bilan maxsus tayyorgarlik koʻrgan, boshqarishning qonun-qoidalarini chuqur biladigan malakali mutaxassislar: — yollanma boshqaruvchilar — menejerlar shugʻullanadilar. Ular aholining alohida ijtimoiy qatlamini tashkil qiladi. Menejmentning yuqori (firma strategiyasini ishlab chiqish), oʻrta (ishlab chiqarish, sotish, narx belgilash, mehnatni tashkil qilish), quyi (sex, boʻlim doirasida ishni tashkil qilish, kunlik, haftalik, oylik ish topshiriqlari bajarilishini boshqarish) boʻgʻinlari bor. Shunga muvofiq holda menejerlar oliy martabali, oʻrta toifadagi va quyi toifadagi menejerlarga boʻlinadi. Ayrim tadqiqotlar Menejment kishilardan nafli samaralar olish sanʼati, deb hisoblaydilar. Mukammal Menejmentning xos belgilari: faoliyatga, izlanishga tarafdorlik; oddiy tuzilma va kamsonli xodimlar; isteʼmolchiga yaqinlik; unumdorlikni taʼminlashda insonning hal qiluvchi oʻrni; tadbirkorlikni ragʻbatlantiruvchi mustaqil idora qilish huquqi; asosiy faoliyat turiga birlamchi eʼtibor; hammadan koʻra yaxshiroq tanish boʻlgan sohaga kirishish; erkinlik va kuchli nazoratni birgalikda qoʻllash. Firmalarning menejment tizimi umumiy menejment, funksional menejment, moliyaviy menejment, marketing ishi, xodimlar ishini boshqarish, ishlab chiqarish Menejment, ilmiy-texnika ishlarini boshqarish va boshqalarni oʻz ichiga oladi. Download 48.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling