Mavzu bo‘yicha nazorat savollari


Bola rivojlanishidagi nuqsonlarni tashxislash tamoyillari va metodlari


Download 150.21 Kb.
bet8/13
Sana17.06.2023
Hajmi150.21 Kb.
#1552726
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
12-mavzu (2)

Bola rivojlanishidagi nuqsonlarni tashxislash tamoyillari va metodlari. Anomal bolalarni maxsus muassasalarda o‘qitish va tarbiyalashda quyidagi tamoyillarga amal qilinadi:



  1. Insonparvarlik tamoyili har bir bola uchun o‘z qobiliyatlarini maksimal darajada rivojlantira oladigan zarur sharoitlarni o‘z vaqtida yaratib berishdan iborat bo‘lib, u bolani izchil va batafsil o‘rganish, uning yo‘lida uchraydigan qiyinchiliklarni yo‘qotish yo‘llari va vositalarini izlashni talab etadi.

  2. Bolalarni majmuaviy (kompleks) o‘rganish tamoyili bolaga tashhis qo‘yishda zarur mutaxassisliklar (tibbiy, defektologik, psixologik va pedagogik) bo‘yicha olingan ma’lumotlarga tanishni nazarda tutadi. Agar shifokor, defektolog, psixolog va pedagoglarning fikrlari turlicha bo‘lsa, bola qayta tekshiruvdan o‘tkaziladi.

  3. Bolani har tomonlama va yaxlit o‘rganish tamoyili bolaning idrok etish, emotsional-irodaviy sifatlari va xulqini tekshirishni ko‘zda tutadi. Unga ko‘ra bolaning rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan jismoniy holati ham hisobga olinadi. Bolani har tomonlama va yaxlit o‘rganish uning o‘quv, mehnat va o‘yin kabi faoliyati jarayonidagi harakatlarini kuzatishga asoslanadi.

  4. Bolani dinamik o‘rganish tamoyilga binoan tekshirish davomida ular biladigan va bajara oladigan ishlarni emas, balki ularning o‘qitishdagi imkoniyatlarini ham hisobga olish muhim ekanligini nazarda tutadi. L.S.Vыgotskiyning “yaqin rivojlanish zonasi” – bolalarning o‘qishdagi mavjud imkoniyatlari haqidagi ta’limoti mazkur tamoyilning asosini tashkil qiladi.

  5. Sifatiy-miqdoriy yondashuv tamoyili bola bajargan topshiriqni baholashda yakuniy natijanigina emas, balki usuli, masalani echish uchun tanlangan yo‘lning ratsionalligi, harakatlarning mantiqiy ketma-ketligi, maqsadga erishishdagi qa’tiylik va tirishqoqlikni ham hisobga olish zarurligini asoslaydi.

  6. Ma’lum turdagi patologiyali bolalarni boshqa bolalar guruhlaridan ajratish tamoyili har bir maxsus ta’lim muassasasi o‘zi qoidalariga egaligini tavsiflaydi.


  7. Download 150.21 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling