Мавзу: Бозор иктисодиётиниг турлари, уларнинг умумий ва фарклари жихатлари
Download 1.03 Mb.
|
KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Qarz majburiyatlari
- Ssuda kapitali bozori
Moliya bozori. Bu bozor turli-tuman va ko’p jihatli bo’lsa ham, oldi-sotdi ob’ekti bitta, ya’ni pul (pulga tenglashtirilgan qog’ozlar) hisoblanadi va turli xil shakllarda bo’ladi. Ortiqcha mablag’larga ega bo’lgan xo’jalik sub’ektlari, bu moliyaviy resurslarni, mablag’lar kamyobligini sezgan sub’ektlarga taklif qiladi. Moliyaviy bitimlarning harakatiga qarab, moliya bozorini turkumlash mumkin. Bunda moliyaviy bozor ikkiga ajraladi: qarz majburiyatlari (iste’molni qondiradigan pul) va kapital (mulk) bozori. Qarz majburiyatlari bozorida pul vaqtincha qarz hisoblanadi va olingan pul shaxsiy iste’mol uchun ishlatiladi. Mulk bozorida qo’yilgan puldan daromad olish huquqi sotiladi va sotib olinadi. Bu bozorda mablag’lar kapital sifatida ishga solinib, foyda keltiradi. Shuni hisobga olib kapital bozorini ikkita bo’g’inga ajratish mumkin: ssuda kapitali bozori va qimmatli qog’ozlar bozori. Ssuda kapitali bozori — pul shaklidagi kapitalning foiz to’lash sharti bilan qarzga berilishidir. Bu bozorda qisqa muddatli
majburiyatlar muomalada bo’ladi. Bular asosan davlat va banklarning majburiyatlari hisoblanadi. Qimmatli qog’ozlar bozorida aksiya, obligastiya, veksel, chek, depozit kabilar oldi-sotdi qilinadi. Bular davlat tomonidan chiqarilgan uzoq muddatli majburiyatlar hamda korporastiyalarning aksiya va obligastiyalaridan iboratdir. Bu bozorda broker va dilerlar vositachilik qiladi. Mazkur bozor amalda fond birjalari, aukstionlar va banklardan iborat bo’ladi. Qimmatli qog’ozlarning harakati xususiyati bo’yicha moliya bozori birlamchi va ikkilamchi (hosila) bozorlarga bo’linadi. Birlamchi bozorda yangi nusxadagi qog’ozlar sotiladi va sotib olinadi, ikkilamchi bozorda oldin chiqarilgan qimmatli qog’ozlar harakat qiladi. Birlamchi bozorda qimmatli qog’ozlar sotilsa, ikkilamchi bozorda qayta sotiladi. Iqtisodiyot uchun qimmatli qog’ozlarning ikkilamchi bozori favqulodda muhim ahamiyatga ega. U xo’jalik sub’ektlari o’rtasida moliyaviy vositalarning erkin harakat qilishini ta’minlaydi. Bozor iqtisodiyoti deformatsiyalashuvini tugatish orqaligina, bozorning rivojlanishi uchun normal sharoit yaratilgan taqdirdagina uning salbiy oqibatlarini tugatish mumkin. Bozor iqtisodiyotining ibtidoiy hamda madaniylashgan bosqichlari o’rtasida katta farq mavjud. Bozor iqtisodiyoti yetuklik bosqichiga ko’ra o’zining sifat belgilari bilan farq qiladi. Bozor iqtisodiyotining moxiyati uning asosiy belgilarida namoyon bo’ladi. Ular quyidagilar: 1. Bozor iqtisodiyoti mulkchilikning turli-tumanligiga asoslanadi. Xar qanday jamiyatning iqtisodiy asosi, iqtisodiy tizimi mulkchilikdan boshlanadi. Mulk egasi bo’lish yoki bo’lmaslikka qarab, jamiyatda xar bir kishining mavqei, ya’ni sotsial maqomi yuzaga keladi. Barcha mulk shakllari tengligini ta’minlash asosida mulk monopoliyasi (yakka hokimligi)ga yo’l qo’yilmaydi. Mulk shakllari cheklanmagan xolda rivojlanadi. Mulk shakllariga xos tarzda xo’jalik yuritish usullari xam turli-tuman bo’lib, bu o’z navbatida birinchidan, xar bir insonning tabiat in’om etgan aql-zakovati, farosati va boshqa xislatlariga ko’ra faoliyat turini erkin tanlash imkonini beradi. Mulkchilik turli shakllarning mavjudligi va ularning tengligi iqtisodiy plyuralizmning asosidir. Ikkinchidan, mulkchilikning turli-tumanligi jamiyatda raqobat kurashi bo’lishi uchun zarur muhit yaratadi. 2. Bozor iqtisodiyoti erkin iqtisodiyot. Iqtisodiy faoliyat erkinligining asosi ishlab chiqarish omillari va yaratilgan tovarlarning mulk obyekti, mulk egalarining esa mustaqil bo’lishidir. Xar bir kishi mavjud qonunlarni buzmay xoxlagan iqtisodiy faoliyati bilan shug’ullanishi mumkin. Buning uchun asos mulkchilikning turli-tumanligi va teng xuquqligi qonuniy ravishda ta’minlangan. 3. Bozor iqtisodiyoti yakka xokimlik (monopolizm)ni inkor etuvchi iqtisod. Iqtisodiy monopolizm – korporatsiya, firma, tashkilot yoki davlatning iqtisodiyotda yoki biror soxada tanxo xukmronlik qilinishidir. Monopolizmning asosi iqtisodiyotda muayyan mulk shaklining tanxo xukmronligidir. Monopoliya o’z tabiatiga ko’ra turg’unlikni paydo qiladi, tashabbusni chegaralaydi va xokazo. Shuning uchun xam bozor iqtisodiyoti monopolizm bilan chiqisha olmaydi. U antimonopol yo’nalishga ega. 4. Bozor iqtisodiyotida raqobat asosiy o’rin tutadi. Raqobat bozor iqtisodiyotini xarakatga keltiruvchi, tartibga soluvchi, nazorat qiluvchi kuch xisoblanadi. Raqobat kurashi mehnat unumini oshirishga, ish sifatini yaxshilashga, yangi texnika, texnologiyani joriy qilishga, iqtisodiy resurslarni kam sarflagan xolda ularni samarali ishlatishga undaydi. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: ,,Faqat uyushgan bozorgina bugungi kunda xalqning ijodiy va mehnat imkoniyatlarini ochib bera oladi, boqimandalikka xotima beradi, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rivojlantira oladi, rag’batlantirishni va yo’qotilgan xo’jayinlik tuyg’usini qayta tiklaydi. Faqat bozorgina ishlab chiqarishni iste’molchining manfaatlariga bo’ysindirish, mahsulotga bo’lgan talabni aniq xisobga olish, konyuktura o’zgarishlariga qarab tezlikda ish tutish imkonini beradi. Faqat bozorgina tejamli xo’jalik yuritishning kuchli, oqilona jihatlarini yaratadi, xarajatlarni kamaytiradi, talon-taroj va lapashanglikka qarshi kurashadi. Faqat bozorgina yangiliklarga sezgir qiladi, fan va texnikaning eng so’nggi yutuqlarini dadil va g’ayrat bilan joriy etadi, o’z ishining ustasiga, kasb mahoratiga munosib baho beradi”. Bozor tizimining salbiy tomonlari ham bor. Chunki dunyoda odamdan bo’lak mukammal narsaning o’zi yo’q. Faqatgina odam bekami-ko’st, mukammal uyg’unlikda yaratilgan. Shu nuqtai nazardan bozor tizimi faqat ijobiy tomonlarga ega deb aytolmaymiz, uni ideallashtira olmaymiz. ,,Bozor iqtisodiyotiga o’tish muammosiga, - deb yozadi birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov ,- tik ko’z bilan, real qarash kerak. Bozor iqtisodiyotining faqat ijobiy tomonining emas, balki uning salbiy tomonini ham ko’ra bilish kerak” dep takidlab o’tganlar. Boshqariladigan bozorda iqtisodiy munosabatlar davlat idoralari beradigan buyruqlar va ko’rsatmalar asosida xal qilinadi. Nimani, qancha, qay tariqa ishlab chiqarishni, kimga va qanday narxlar bilan sotishni davlat raxbarlari o’zlari tuzgan rejalarga tayanib belgilaydilar. Bozorni boshqarish – bozorni tashkil etish, uni rejalashtirish va tartibga tushurishdan iborat faoliyatni o’z ichiga oladi. Bozorni boshqarishda iqtisodiy, tashkiliy, ma’muriy va nixoyat, ijtimoiy- psoxolik usullar qo’llaniladi. Bular turkumiga: Davlat dasturlari; Narxlarning yuqori chegarasini belgilash; Korxonalar barqarorligini ta’minlash; Narxlarning oshib ketishidan kelgan foydani soliqlar orqali byudjetga olish; Tovarni bozorga chiqarish yoki chiqarmay turishni ta’minlash uchun tovar ishlab chiqaruvchilarga davlat xisobidan subsudiyalar berish kabilar kiradi. Bozorni boshqarishda albatta bozor qonunlarini xisobga olish shart, u bozor muvozanatini ta’minlash qaratiladi. Erkin bozor – bu raqobarli bozordir. Unda sotuvchilar va xaridor ko’pchilik bo’lib, ulardan xech biri bozorda xukmron mavqeiga ega bo’lmaydi, aksincha ular doimo raqobatda bo’ladilar. Raqobat sotuvchilar bilan xaridorlar o’rtasini, shuningdek ularning o’zlari ichida bo’ladi. Bu yerda narx-navoni xech kim nazorat qilmaydi, narx bozorda erkin shakllanadi. Rivojlangan davlatlarda qishloq xo’jaligi va kichik biznes korxonalari maxsulotlarining bozorni erkin raqobatli bozorlarga kiradi. Bunday sharoitda xar bir shaxs yoki kompaniya o’z saloxiyati bilan don yoki go’sht ishlab chiqarish to’g’risida qaror qabul qilishi mumkin. Shu ishlab chiqarishdan zarar ko’radimi yoki foyda topadimi, buning uchun faqat shu shaxsning yoki kompaniyaning o’zi javob beradi. Ishlab chiqarish to’xtab qolmasligi yoki sifarsiz, keraksiz maxsulot ishlab chiqarishning oldini olishni shaxslar va kompaniyalar o’rtasidagi raqobat belgilaydi. Raqobat ko’zga ko’rinmasa xam, bozor iqtisodiyotini xarakatga keltiruvchi asosiy kuchdir. Raqobat qarindosh-urug’chilikni, oshna og’aynigarchilikni, ma’muriy buyruqbozlikni, umuman odamlar orasida xar xil andish-muloxazani tan olmaydigan bir omilki, u oxir-oqibatda turmush farovonligini ta’minlaydigan bir quroldir. Monopollashgan bozor – bu ozchilik sotuvchilar va xaridorlar xukmron bo’lgan, raqobat cheklangan yoki raqobat umuman yo’q bozor. Bu bozorning o’zi uch xil bo’ladi: Monopol raqobatli bozor; Oligopolistik bozor; Sof monopoliya bozori. Monopol raqobatli bozorda nisbatan ko’p bo’lmagan firmalar ishtirok etadi, ularning bozordagi xissasi katta bo’lmaydi. Ular bozorda xar xil, lekin bir-birining o’rnini bosa oladigan tovarlar (masalan, kurtka, plashch, palto) bilan ishtirok etadilar, ulardan xar biri boshqasi bilan raqobatlashadi, ammo raqobat ishtirokchilari miqdoran cheklangan bo’ladi. Oligopolistik bozorda sanoqli, ozchilik firmalar va kompaniyalar xukmron bo’ladi. Ammo ular xam raqobatlashadilar. Bu yerga bir xil yoki farqlanuvchi tovarlar chiqariladi. Raqobat ko’p xollarda ishlab chiqaruvchilar bilan xaridorlar o’rtasida yuz beradi. Oligopolistik bozorda misol qilib Yaponiya avtomobil bozorini olish mumkin: bozorda tovarlarning xammasi (100%) uchta firma -- ,,Toyota”, ,,Xonda” , ,,Nissan” firmalarinikidir. Sof monopoliya bozorida sotuvchi sifatida bitta firma tanxo xukmron bo’ladi. Butun bir tarmoq shu firmadan iborat bo’lib, undan boshqa tovar yetkazib beruvchi bo’lmaydi, uning tovarini o’rnini bosadigan boshqa tovar xam topilmaydi. Bu yerda raqobat bo’maydi. Shunday bozorda misol qilib, AQSH dagi kompyuter bozorini olish mumkin. Bu yerdagi tovarlarning 80-85 foizini tanxo IBM korparatsiyasi yetkazib beradi. Monopoliya ko’rinishlari qadimdan mavjud. Noyob maxsulot yetishtiriladigan yerlar, konlar, suv xavzalari, o’rmonlar va boshqa tabiiy manbalar ozchilik qo’lida to’planib, egalariga monopol mavqe bergan. Ular ma’lum maxsulotni bozorga tanxo yetkazib beruvchilarga aylanib, u yerda xukmron bo’lganlar. Monopol o’z tabiatiga ko’ra ishlab chiqarishda turg’unlik paydo qiladi, chunki monopol mavqega tayanib, sarf-xarajatlarni kamaytirmay foyda ko’rish, raqobatning yo’qligu yoki zaifligidan foydalanib bozorda o’z izmini o’rkazish mumkin. Monopoliya bozor inkoniyatlarini cheklaydi, shu sababli respublikamizda Moliya vazirligi qoshida ,, Demonopolizatsiya va raqobatni rejalashtirish” qo’mitasi tashkil etilgan. ,,Ochiq” bozor – bu tovarlarning boshqa yerdan erkin keltirib va chegaralanmagan xolda oldi-sotdi qilinishidir. Ochiq bozor xorij mollari uchun ochiq bo’lgan milliy yoki davlatlararo (regional) bozordir. Ochiq bozor boj to’lovi bilan ximoya qilinmaydi, bu yerga tovarlar cheklanmay oqib keladi. Jahon bozori o’z tabiati bilan ochiq bozor xisoblanadi, unda xamma mamlakatlararo bemalol qatnasha oladi. Milliy bozor bir tovar uchun ochiq bo’lsa, boshqasi uchun yopiq bo’lishi mumkin. Umuman olganda bozor iqtisodiyotiga erkin va ochiq bozor xosdir. ,, Yopiq “ bozor – bu uchki bozorga xos bozordir. Undagi tovarlar xajmi va turlari eng avvalo maxalliy ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlanish darajasiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun bu bozordagi mollar asosan oziq-ovqat, sanoat mollari, xo’jalik va uy-joy qurilish buyumlaridan iborat bo’ladi. ,,Pinxoniy” bozor deganda qonunchilik tomonidan taqiqlangan tovar va xizmatlar bilan oldi-sotdi qilish yoki faoliyat bilan shug’ullanish tushuniladi. Bundaylarga: Qurol savdo qilish; Narkotik moddalar biznesi; Qimorbozlik; Foxishbozlik; Valyuta bilan chayqovchilik qilish; ,,qo’lbola” spirtli ichimliklarni tayyorlash; Reket (bosqinchilik qilish, qurollangan o’g’rilik); Kontrabanda(chegaradan yashirincha mol-tovar o’rkazish yoki chet elga g’ayri qonuniy mol chiqarish). Yashirin biznes soliqlardan va ish kuchini yollashni tartibga solib turuvchi qonun xujjatlaridan xoli bo’lganligi sababli ,,pinxoniy” bozorda narxlar va ish xaqi, odatda, ,, rasmiy” bozorlardagiga nisbatan pastroq bo’ladi. Aynan shu narsa, ,, pinxoniy” bozor qatnashchilariga g’ayri qonuniy mo’may daromadlarni olishlariga imkon yaratadi. ,,Pinxoniy” bozor taqiqlangan bozordir. Shu sababli u davlat xuquq organlarining doimiy nazoratida turadi. Qonunbuzarlar qonun oldida javob beradilar. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling