Мавзу: Бозор иктисодиётиниг турлари, уларнинг умумий ва фарклари жихатлари


O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tishining o’ziga hos usuli


Download 1.03 Mb.
bet8/9
Sana12.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1265562
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KURS ISHI

5. O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tishining o’ziga hos usuli.
Bozor iqtisodiyotiaga o’tish XX asrga xos bo’lgan, umumjahon voqelikdir. Bozor iqtisodiyotiga o’tish kishilarning xoxish-irodasi emas, balki obyektiv zaruratdir.
Bozor iqtisodiyotiga o'tishning umumiyligi, masalan, xususiy mulkchilik, iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va uyg'unlashtirishda talab, taklif qoidalarining bir xilligi bo'lishi bilan bir qatorda xar bir mamlakatning o'z yo'li mavjuddir, bunga uning milliy kelib chiqishi, joylashgan yeri va boshqa omillar sabab bo'ladi.
Bozor iqtisodiyotiga oʻtish — anʼanaviy va rejali buyruqbozlik tuzumidagi iqtisodiy munosabatlardan bozor munosabatlariga oʻtish jarayoni. Bu jarayon iqtisodiy zarurat, chunki anʼanaviy yoki rejali buyruqbozlik tizimlari barqaror iqtisodiy taraqqiyotni va xalq farovonligini taʼminlay olmay qoladi hamda Bozor iqtisodiyotiga oʻtish orqali iqtisodiy ravnaqqa erishish yoʻli tanlanadi.
Bozor iqtisodiyoti tovar-pul munо­sabatlariga asoslangan va ularga xos iqtisodiy qonunlar asosida ishlaydigan iqtisoddir. Bozor iqtisodiyoti qadim zamonlardan boshlab ming yillar davomida shakllanib, takomillashib kelmoqda. Iqtisodiy taraqqiyotda bozor munosabatlari ikki xil shaklda nаmоyоn bo’ldi. Вirinchisi, tartibsiz, stixiyali faoliyat yurituvchi bozor iqtisodi­yoti. Bunda ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar tarqoq, o’zi-bo’larchilik asosida, maqsadi va harakati oldindan kelishilmagan holda faoliyat yuritadilar. Ikkinchisi, davlat, iqtisodiy qonunlar va iqtisodiy vositalar bilan tartibga solinadigan, boshqariladigan bozor iqtisodiyoti. Uning xususiyatlari:
- tovar ishlab chiqaruvchilar iqtisodiy erkin bo’ladilar;
- kishilar mulk egasi bo’ladi, o’zi ishlab chiqargan mahsulot egasi bo’lib, uni o’zi xohlaganicha sotishi va sotmay turishi mumkin;
- tovar oldi-sottisi sotuvchi bilan xaridorning erkin va ixtiyoriy munosabatiga asoslanadi;
- tovar ishlab chiqaruvchilar bozorda erkin raqobatda bo’ladilar;
- bozorda ishlab chiqaruvchi emas, iste’molchi o’z shartini qo’yadi, chunki рul uning qo’lida bo’ladi;
- bozorda nimaga talab oshsa, shu narsani ishlab chiqarish foydali bo’ladi;

- jamiyat a’zolari o’z daromadiga ko’ra tabaqalanadi.


Mustaqillik yillarida O’zbekiston iq­tisodiyotidagi yangilanish, tub o’zga­rishlarni o’rganishga kirishar ekan­miz, avvalo, mustabid sovet tuzumidan bizga qanday iqtisodiyot mеros bo’lib qolganini tushunib, chuqur anglab yetishimiz lozim. O’zbekiston qaramlik davrida o’z tabiiy boyliklariga, yer-suv, о’rmоn va boshqa resurslariga o’zi egalik qila olmasdi, iqtisodiy taraqqiyot yo’lini o’zi belgilay olmasdi. Respublika hududida qurilgan va faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar markazga, uning manfaatlariga bo’ysundirilgan edi. O’zbekiston rahbariyati, xalqi o’z hududida qancha mahsulot ishlab chiqarilayotganini, ular qayerda realizatsiya qilinayotganini va qancha daromad keltira­yotganidan bexabar edi. Moliya-kredit, bank siyosati yuritishda qaram edi, o’zining milliy valutasiga, valuta jamg’armasiga ega emasdi. Sobiq Ittifoqdan mo’rt, zaif xomashyo yetishtirishga yo’nal­tirilgan, ya’ni arzon xomashyo va strategik mineral resurslar tayyorlanadigan iqtisodiyot meros bo’lib qolgan edi. Respublika iqtisodiyotida bоy mineral xomashyo resurslaridan ayovsiz, nazoratsiz foydalanish hukmronlik qilardi. Umri tugagan sovet tuzumidan iqtisodiy boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usuli, "Qayta qurish" davrida batamom barbod bo’lgan iqti­sodiyot, izdan chiqqan moliyaviy nаrх-nаvо tizimi, baqiriq-chaqiriq, o’g’rilik, buzuqlik avj olgan ijtimoiy- iqtisodiy muhit meros bo’lib qolgan edi. Respublika korxonalari sobiq Ittifoq bo’yicha boshqa korxonalar bilаn bog’langan bo’lib, endi ulаr o’rtasidagi aloqalar uzilib, xo’jalik yuritish murakkablashib qolgan edi. Mavjud korxonalar chetdan keltiriladigan texnologik asbob-uskunalar va butlovchi qismlarga butunlay qaram edi. O’zbekiston yoqilg’i va oziq-ovqat masalasida markazga qaram edi. Ekin ekiladigan yerlarning paxta maydonlariga aylantirilishi, paxta yakka hokimligining o’rnatilishi natijasida O’zbekiston un, go’sht, sut mahsulotlari va boshqa eng muhim oziq-ovqat mollari, xalq iste’moli tovarlari, tayyor mahsulotlarni chetdan keltirishga mahkum etilgan edi. Paxta, oltin, rangli metallar, strategik ahamiyatga ega bo’lgan boshqa materiallar tashib ketilar, ularni sotishdan keladigan daromad O’zbekiston xazinasiga tushmas edi.
Birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning ,,0'zbekiston - bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo’li kitobida Markaziy Osiyodagi yirik mamlakat xisoblanmish davlatimizning yangl iqtisodiy munosabatlarga o'tish konsepsiyasi bayon etilgan. Xususan, birinchi Prezident jahon tarixida mislsiz andoza g'oyasini olg'a suradi. Bu g'oya uch tarkibiy qismdan iborat: Ijtimoiy jihatdan yo'naltirilgan bozor iqtisodiyoti milliy andozasi mohiyatining tavsifi. Qat'iy markazlashtirilgan, ma'muriy-buyruqbozlik tizimidan xo'jalik yuritishnlng bozor munosabatlariga o'tishning eng muhim prinsiplari. Iqtisodiy islohotlarning amalga oshirishnjng aniq yo'nalishlari. Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasining bozor munosabatlariga o'tishning birinchi prezidentimiz I. A, Karimov tomonidan yaratilgan beshta asosiy tamoyillari ham mavjud. Bular :
1. Iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligining ta‘minlash;
2. O’tish davrida davlatning bosh islohotchi bo’lishi;
3. Butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanishi, qonunlar ustuvorligini ta‘minlanishi;
4. Bozor munosabatlariga o’tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
5. Bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish.
Aniq vaziyatga, o'zbek xalqi ruhiyati, turmush tarsi va an'analariga asoslanib o'z islohotlarimizning asosiy tamoyillari ishlab chiqildi. Ular quyidagilardir: Birinchidan: iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi, ham ichki ham tashqi munosabatlarning mafkuradan xoli bo'lishi. Ikkinchidan: o'tish davrida davlat bosh islohotchi va respublikada amalga oshirilayotgan demokratik o'zgarishlarning bosh tashabbuskori bo'lmog'i lozim. Uchinchidan: bu qonunchilikni, xuquqni ustvorligini ta'minlashdir. To'rtinchidan: fuqorolarning, ayniqsa, kam daromadli oilalarning ijtimoiy ximoyalab borish siyosatini olib borish. Beshinchidan: bizning sharoitimizda bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o'tib borish kerak. Milliy xususiyatlar va an'analarni xisobga olgan xolda bozor munosabatlariga o'tishning aniq rejalari belgilab olingan. Respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va fuqarolar totuvligi ta'minlangan. Xo'jalik aloqalari buzilishi, iqtisodiyotga tashqaridan bo'layotgan salbiy ta'sirlarga qaramay iqtisodiyot barqarorlashib bormoqda. Axolining kam ta'minlangan, ijtimoiy muxtoj qatlamlarning xuquqlari kafolatlangan va ximoyalangan, yangi bozor munosabatlarining kurtaklari sobitqadamlik bilan xayotga kirib bormoqda.
Mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarni bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lining xususiyati - bu qoloq, ananaviy iqtisodiyotga erkin bozor iqtisodiyotiga o’tishdir.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, Bozor iqtisodiyoti munosabatlari mamlakatimiz uchun yangilik emas. Uzoq yillar davomida qadimdan ajdodlarimiz jahon hamjamiyatining bir bo`lagi va tarkibiy qismi sifatida bozor iqtisodiyoti sharoitida yashab kelganlar. Tarixiy yozma manbalarning bergan ma'lumotlariga qaraganda o`rta Osiyo xalqlari bundan ming yillar ilgari ham dunyoning deyarli barcha mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalar o`rnatganlar. Bu borada «Buyuk ipak yo'li» yorqin dalil bo`la oladi.
Hozirgi kunda har bir davlatning boy yoki kambag’alligini bilish uchun avvalambor ana o’sha davlatning iqtisodiyotini o’rganib chiqish, tahlil qilish kerak bo’ladi. Albatta, har bir davlat o’z oldiga strategik yo’l qo’yib oladi. Dunyodagi eng boy davlatlarning boyligi shundaki, ular, allaqachon iqtisodiyotni barqarorlashtirib bo’lgan. Bozor munosabatlariga o’tish har bir davlat aholisining yashash tarzi, hayot kechirishi, xo’jalik yuritishi keskin o’zgartirib yuboradi. Hozirgi kunda har qanday davlatda bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga hos usullari mavjud. Bu usullarga tayanib davlat bozor iqtisodiyotini tartibga soladi. Shuni ta’kidlab o’tish joizki, bu mavzuni o’rganishda, avvalambor, bozor tushunchasiga katta e’tibor berish zarur. Bozor iqtisodiyotiga o’tishda O’zbekistonimiz ham o’zgacha yo’l bilan bormoqda. Bunga sabab muhtaram birinchi prezentimizning kuchli iqtisodchi va kuchli siyosatchi bo’lganligi. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov bozor munosabatlariga asoslab bir necha asarlar ham yozgan. Biz yoshlar ham bozor munosabatlariga keskin yondashib, O’zbekistonimiz taraqqiyotini yuksak marralarga ko’tarishimiz lozim.


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling