Мавзу: Бозор иктисодиётиниг турлари, уларнинг умумий ва фарклари жихатлари
Download 1.03 Mb.
|
KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadbirkorlik sektori
Uy xo’jaliklari — iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat qiluvchi asosiy tarkibiy birlik. Uy xo’jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo’jaliklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini etkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan ‘ul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi.
Tadbirkorlik sektori – bu daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi iqtisodiyotning birlamchi bo’g’inlaridir. U ish yuritish uchun o’z ka’italini yoki qarz olingan ka’italni ishga solishni taqozo etadi, bu ka’italdan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlar tovar xo’jaligida tovar va xizmatlarni etkazib beradi. Davlat — foyda olishni maqsad qilib qo’ymagan, asosan iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan, har xil byudjet tashkilotlari va muassasalari sifatida namoyon bo’ladi. Bozor iqtisodiyotining eng muhim belgilaridan biri iqtisodiy plyuralizm hisoblanadi, ya’ni mulk shakillari va xo’jalik yuritish usullarining turli-tumanligi. Bunda turli shakllardagi mulklar erkin yonma-yon, hech bir chegaralanmagan holda rivojlanadi. Bozor iqtisodiyoti erkin iqtisodiyot bo’lib, faoliyat erkinligining asosi ishlab chiqarish omillari yoki yaratilgan tovarlarning o’zining mulk ob’ekti bo’lishi, mulkdorlarning esa mustaqillikga ega bo’lishidir. Har bir korxona, tashkilot, ayrim jismoniy shaxs o’z ixtiyoriga ko’ra o’ziga ma’qul bo’lgan ish ish bilan shug’ullanadi. Xo’jalik yurituvchilar faoliyati bir-biridan alohidalashgan bo’ladi, chunki ular, birinchidan, mulk egalari, ikkinchidan, mehnat taqsimoti asosida ixtisoslashib, har-xil ish bilan shug’ullanishadi. Erkin bo’lganidan u har qanday iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Iqtisodiy monopolizm – korxona, tashkilot yoxud davlatning umuman iqtisodiyot, yoki uning biror sohasida tanho hukmronlik qilishi. Monopoliya turg’unlikni yuzaga chiqaradi, tashabbusini chegaralaydi. Shu sababli, bozor iqtisodiyoti u bilan chiqishmaydi – bozor iqtisodiyoti antimonopol yo’nalishga ega. Bozor iqtisodiyotining yana bir belgisi - narxlarining liberallashuvi, ya’ni narx-navoning erkin tashkil topishidir. Tovarlar narxini davlat yuqoridan belgilamaydi, balki narx bozordagi talab va taklifga qarab, xaridor va sotuvchining savdolashuviga binoan, yuzaga keladi. Bozor munosabatlari sharoitlarida ko’proq kelishilgan narxlar xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyotida, uning iqtisodiy mexanizmida raqobat alohida o’rin tutadi. Raqobat iqtisodiy munosabstlar ishtirokchilarining o’zaro bellashuvi, xususiy mulkdorlar va ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi kurashdir. Raqobat moddiy va mehnat resurslarini kam sarflagan holda ularni samarali ishlatish, qo’llash va sifatli tovarlar ishlab chiqarishga undaydi. Raqobat bozor iqtisodiyotini harakatga soluvchi vositadir. Raqobat iqtisodiyotni tartiblovchi va nazorat qiluvchi kuch hisoblanadi. Raqobatlashuvchi kuchlar muvozanatda bo’lib,ulardan birontasi ham monopol mavqega ega bo’lmaydi. Erkin raqobat cheklanmagan erkin iqtisodiy erkinlikni, xohlagan usulda kurashish, hatto monopoliya hosil etgan holda o’z bilganicha ish yuritishini bildirmaydi, chunki raqobatni davlat tartibga solib turadi. Bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan bu tub belgilar sekin-asta shakllanib, pirovard natijada yaxlit iqtisodiy tizim hosil etadi. Insoniyat tajribasi ko’rsatganidek, hozircha faqat shunday munosabatlar zaminidagina iqtisodiy ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish, ko’plab va sifatli tovarlar yaratish, ularga bo’lgan talabni qondirish, tejamli xo’jalik yuritish to’kinchilik yaratib, xalqni farovon turmush sari yo’llash, halol va samarali mehnatni qadrlash, adolatni o’rnatish mumkin. Bozor munosabatlari tizimida shunday raqobat kuchi jamlanganki, u muttasil iqtisodiy o’sish va sotsial rivojlanishni ta’minlaydi. Bozor iqtisodiyotining hozirgi zamon ko’rinishining asosiy belgilari. 1.Mulkchilikning turli shakllariga, ya’ni xususiy, davlat, jamoa, aralash va boahqa mulk shakllariga asoslanib iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyatining yuritilishi. 2.Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning ma’lum darajada ishtiroki. Bunda davlat fan-texnika taraqqiyoti va boshqa omillarni hisobga olib turli iqtisodiy tadbirlarni, rivojlanish istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o’rtasidagi nisbatlarni tartibga solish chora-tadbirlarini belgilash vazifalarini bajaradi. 3.Xo’jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanish, ya’ni biznes reja, marketing tizimi orqali boshqarish. 4.Ijtimoiy himoyaning kuchayishi. Bunda har tomonlama aholini ijtimoiy himoya qilish, qo’llab quvvatlash. Davlat statistika qo`mitasining 2018 yil yanvar oyida e`lon qilingan dastlabki baholashlariga ko`ra, O`zbekistonda YaIM hajmi 249,1 trln. so`mni tashkil etdi. Keyinchalik, 2018 yilning may oyida Davlat statistika qo`mitasi YaIM hajmiga dastlabki aniqliklarni kiritdi va unga ko`ra YaIM hajmi 254,0 trln. so`mni tashkil etdi. 2019 yil yanvar oyida Davlat statistika qo`mitasi tomonidan 2017 yil uchun YIM ko`rsatkichi keng miqyosda qayta ko`rib chiqildi va bu asosan qishloq xo`jaligi tarmog`i ma`lumotlaridagi o`zgarishlar natijasida kelib chiqdi. Bu o`zgarishlar, bir necha yillar davomida qishloq xo`jaligida ishlab chiqarish hajmini hisoblashda bozor narxlariga nisbatan sezilarli darajada past bo`lgan narxlardan foydalanilganligi bilan izohlanadi. Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida qishloq xo`jaligi mahsulotlarining barcha turlari bo`yicha o`rtacha yillik narxlar qayta ko`rib chiqilib, bozor narxlariga o`tkazildi. Bunda qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish miqdori, ya`ni natura ko`rinishidagi hajmlari o`zgarmadi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling