Mavzu bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat munosabatlari reja


Xodimlarni ish bilan ta’minlash tizimi


Download 169.5 Kb.
bet7/21
Sana10.01.2023
Hajmi169.5 Kb.
#1086688
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
6-MAVZU6

Xodimlarni ish bilan ta’minlash tizimi. Jamoa shartnomasida mehnat qilish huquqini amalga oshirish kafolatlari ifoda etilishi lozim.
Ushbu kafolatlar O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksida belgilab qo‘yilgan. Eng avvalo shuni ta’kidlash kerakki, davlatimizda har bir fuqaro ish beruvchiga bevosita murojaat qilishi yoki mehnat organlarining bepul vositachiligi orqali ish joyini erkin tanlash huquqiga ega.
Mehnat qilish huquqini amalga oshirishda davlat quyidagilarni:
- ish bilan ta’minlash tizimi, shu jumladan, turli mehnat rejimidagi ishni tanlash erkinligini;
- ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishdan va mehnat shartnomasini g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilishdan himoyalanishini;
- maqbul keladigan ish tanlash va ishga joylashishga bepul yordam berishni;
- har kim kasbga va ishga ega bo‘lishda, mehnat qilish va ish bilan ta’minlanish shart-sharoitlarida, mehnatga haq olishda, xizmat pog‘onasidan yuqorilab borishda teng imkoniyatlar yaratishni;
- yangi kasbga (mutaxassislikka) bepul o‘qitishni, Bandlikka ko‘maklashish markazlarida yoki ularning yo‘llanmasi bilan boshqa o‘quv yurtlarida stipendiya to‘lab malakasini oshirishni;
- boshqa joydagi ishga qabul qilinganda moddiy xarajatlar uchun qonun hujjatlariga muvofiq kompensatsiya to‘lashni;
- haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashish uchun muddatli mehnat shartnomasi tuzish imkoniyatlarini kafolatlaydi.
Ish bilan ta’minlashning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shartlari hamda mehnat qilish huquqini amalga oshirishning kafolatlari O‘zbekiston Respublikasining mehnat to‘g‘risidagi qonunlari va boshqa normativ hujjatlarida belgilab qo‘yilgan. Uzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir”1, deb kafolatlangan.
Ana shundan kelib chiqqan holda har bir xodim:
- muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o‘rnatish, bir qator kasblar va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari, bayram kunlari, shuningdek yillik ta’tillar berish orqali ta’minlanadigan dam olish;
- o‘zining mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan sud orqali himoya qilish va malakali yuridik yordam olish;
- jamoalarga doir mehnat nizolarida o‘z manfaatlarini himoyalash
huquqiga egadir.

Download 169.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling