Mavzu bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat munosabatlari reja


Download 169.5 Kb.
bet5/21
Sana10.01.2023
Hajmi169.5 Kb.
#1086688
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
6-MAVZU6

Jamoa shartnomasi — korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni
tartibga soluvchi normativ hujjatdir.
Jamoa kelishuvi — muayyan kasb, tarmoq, hudud xodimlari uchun mehnat shartnomalari, ish bilan ta’minlash va ijtimoiy kafolatlar belgilash borasidagi majburiyatlarni o‘z ichiga oluvchi normativ hujjatdir.
Jamoa shartnomalari va kelishuvlari xodimlar bilan ish beruvchilarning mehnatga oid munosabatlarini shartnoma asosida tartibga
solishga va ularning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlashtirishga yordam berish maqsadida tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksida jamoa shartnomalari va kelishuvlari tuzishning asosiy tamoyillari ham belgilab qo‘yilgan. Ular quyidagilardan iboratdir:
- qonun hujjatlari me’yorlariga amal qilish;
- taraflar vakillarining vakolatliligi;
- taraflarning teng huquqliligi;
- jamoa shartnomalari, kelishuvlari mazmunini tashkil etuvchi masalalarni tanlash va muhokama qilish erkinligi;
- majburiyatlar olishning ixtiyoriyligi;
- olinayotgan majburiyatlarning haqiqatda bajarilishini ta’minlash;
- tekshirib borishning muntazamliligi;
- javobgarlikning muqarrarligi.
Jamoashartnomasining uchta eng muhim funktsiyasi farklanadi:
1. Mehnat munosabatlari har ikki taraf manfaatlarini himoya qilishi. Ya’ni jamoa shartnomasi mehnat munosabatlarining zaifroq sub’ekti hisoblangan xodimni o‘z iqtisodiy holati ustuvor bo‘lgan ish beruvchining bu ustunligini qo‘llashdan himoya qiladi. Ikkinchi tomondan esa, u ish beruvchilarni xodimning ishlab chiqarish jarayonlarini buzib, iqtisodiy zarar etkazishi mumkin bo‘lgan asossiz talablaridan himoya qiladi. Shu tariqa jamoa shartnomasi xodimlar va ish beruvchilar manfaatlarini muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
2. Mehnat munosabatlarini tartibga solish. Jamoa shartnomasining bu tashkiliy funktsiyasi ham har ikki tomonning va umuman jamiyatning jamoa-shartnoma munosabatlaridan manfaatdorligini ta’minlashga qaratilgan. Shartnomada belgilab qo‘yilgan mehnat munosabatlari (mehnatga haqto‘lash miqdori va shartlari, ta’tillarning davomiyligi, qo‘shimcha ijtimoiy imtiyozlar) ish beruvchiga ishlab chiqarish xarajatlari va olinadigan foydani oldindan rejalab qo‘yish imkonini beradi. Xodimlar uchun esa bu ularning manfaatlarini qondirishning muayyan kafolatlari hisoblanadi. Ana shunday tartibga solish o‘zaro bitimga kelishish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, umuman olganda jamiyat manfaatlariga ham xizmat qiladi.

Download 169.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling