Mavzu: Bozor mexnizmining amal qilishi Mundarija: kirish I. Bob bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi. Bozor va uning amal qilishi


Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslarini


Download 445.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/17
Sana05.08.2023
Hajmi445.05 Kb.
#1665266
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Bozor mexnizmining amal qilishi

Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslarini xorijlik yetakchi olimlarning 
bozor muvozanatimunosabatlarini tartibga solinishi, uning zaruriyati va
ahamiyati borasidagi amaliy ishlanmalari, ilmiy maqola va konseptual 
nazariyalari 
tashkil 
etadi.
Kurs ishining tuzilishi. Ushbu Kurs ishi kirish, xulosa, foydalanilgan
adabiyotlar ro’xati va o’zaro mazmunan bog’langan 5 ta bo’limdan iborat



I.BOB.bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi. Bozor va uning amal 
qilishi 
1.1 Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari. Bozor 
iqtisodiyotida doimiy va asosiy muammolarning hal qilinishi
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko’’chilik mamlakatlari uchun 
xos bo’lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o’ziga xos xususiyatlar 
bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish 
mexanizmi ko’’lab asrlar davomida tarkib to’ib, shakllanib, hozirgi davrda 
madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko’’gina mamlakatlarda hukmron 
iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan 
izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyustiya davomida uning amal 
qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi.
Oldingi mavzuda aytganimizdek, xususiy mulkchilikning ‘aydo bo’lishi va 
ijtimoiy mehnat taqsimotining ro’y berishi bozor iqtisodiyotining kelib 
chiqishi va mavjud bo’lishing umumiy sharoiti hisoblanadi. Xususiy 
mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo’jalikning tovar shaklini taqozo 
qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo’lishi o’z-o’zidan ‘ul muomalasi, 
ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning bozorga oid xususiyatini ko’zda 
tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti 
taraqqiyotining asosini tashkil etadi.
Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun muhim shartlardan biri
ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslarning 
erkin almashinuvidan iborat. Ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil bo’lsa, 
bozor ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin ayirboshlash ishlab 
chiqaruvchiga ular faoliyatining nisbatan samarali yo’nalishlarini ko’rsatib 
beruvchi erkin narxlarning shakllanishiga imkon yaratadi.

Download 445.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling