5
bosqichlarini ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol
jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlarning barcha sub’ektlarini qamrab
oladi.
Shuni ham e’tiborda tutish kerakki, hozirgi sharoitda o’rtacha rivojlangan
iqtisodiyotda 24 mln.dan ortiq turdagi tovarlar mavjud bo’lib, ularning 1/10
qismi har yili yangilanib turadi. Bunday sharoitda ularning turlari, miqdori
bo’yicha talab va taklifni tartibga solishni ozorsiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
Bu esa bozorning vazifasini hech qanday markazlashtirilgan rejalashtirish
idoralari muvaffaqiyatli bajara olmasligining yaqqol dalilidir.
Bozor
iqtisodiyoti esa eng samarali va muammolarni tezlik bilan hal eta oluvchi
ijtimoiy-iqtisodiy tizim hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari
tarkibiga tadbirkorlar ham, o’z mehnatini
sotuvchi ishchilar ham, ‘irovard iste’molchilar, ssuda ka’itali
egalari va
qimmatli qog’ozlar egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo’jaligining barcha
asosiy sub’ektlari uchta guruhga bo’linadi: uy xo’jaliklari,
korxonalar
(tadbirkorlik sektori) va davlat.
Uy xo’jaliklari — iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat qiluvchi asosiy
tarkibiy birlik. Uy xo’jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat
ko’rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor
iqtisodiyotida uy xo’jaliklari mulk egasi hamda
ishlab chiqarish omillarini
etkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan ‘ul
daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: