Mavzu. Bugungi kunda ijtimoiy-siyosiy keskinliklar. Reja


Download 170.85 Kb.
bet4/10
Sana13.04.2023
Hajmi170.85 Kb.
#1355134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi

Iqtisodiy taraqqiyot
Accenture konsalting kompaniyasi tomonidan 12ta rivojlangan mamlakatlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 2035 yilga kelib sun’iy intellekt yillik global iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ikki baravar oshirishi mumkin. Ushbu o‘sish uchta muhim jihat bilan xarakterlangan. Birinchidan, bu innovatsion texnologiyalar tufayli mehnat unumdorligining (40 foizgacha) kuchli o‘sishiga olib keladi va ishchi kuchi bilan bog‘liq vaqtni yanada samarali boshqarish imkonini beradi. Ikkinchidan, AI yangi virtual ishchi kuchini yaratadi: bu "aqlli avtomatlashtirish" deya nomlanib, muammolarni hal qilish va o‘z-o‘zini boshqarish funksiyalariga ega bo‘ladi. Uchinchidan, iqtisodiyot turli tarmoqlarga ta’sir ko‘rsatadigan va yangi daromad manbalarini yaratadigan innovatsiyalarning tarqalishidan ham foyda ko‘radi.
McKinsey Global instituti prognozlariga ko‘ra, sun’iy intellekt 2030 yilga borib taxminan 13 trillion AQSh dollari miqdoridagi qo‘shimcha iqtisodiy mahsulot ishlab chiqarishi mumkin, bu esa global YaIMni har yili taxminan 1,2 foizga oshirish hisobiga amalga oshiriladi. 
Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, sun’iy intellektga asoslangan zamonaviy dunyoning eng xavfli jihati shundaki, u «G‘olib hamma narsani oladi» tamoyiliga asoslangan. Bu esa ijtimoiy keskinlik va xalqaro nizolarni yanada kuchaytiruvchi omil hisoblanadi.
Shuningdek, xalqaro maydonda neft va boshqa yoqilg‘i resurslariga bo‘lgan kurash kabi ma’lumotlar bazasi uchun raqobat kengayib boradi. Kiberxavfsizlik esa mamlakatlar daxlsizligining bir qismiga aylansa ham ajab emas. 

1-topshiriq


1. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi. Hozirgi davr - dunyo g’oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchliroq bo’lib borayotgan davrdir. Butun yer yuzi odamzod uchun yagona makon bo’lib hisoblanadi. Ammo tarixda mavjud chegaralarni o’zgartirish, muayyan hududlarni bosib olish uchun son-sannoqsiz urushlar bo’lgan. Bu jarayonda esa urush qurollari muntazam takomillashib borgan. Mazkur urushlar to XX asrgacha asosan ko’proq bir yo ikki davlat yoxuj mintaqa o’rtasida bo’lgan. XX asrda ro’y bergan ikkita jahon urushida o’nlab davlatlar, bir necha qit’a mamlakatlari ishtirok etgan.
Xullas, urush qurollari takomilashib boraverdi. Bugungi kunda ular boshqa hududni bosib olish u yoqda tursin, balki butun yer sayyorasidagi hayotni bir necha marta yo’q qilib tashlashga yetadi. Insoniyat XX asr oxiriga kelib bir qator chegara bilmaydigan muammolarga duch keldi. Urush va tinchlik, ekologik falokatlar, ma’naviy qashshoqlik, narkobiznes, terrorizm kabi muammolar ana shular jumlasidandir.
XXI asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari o’rtasida o’zaro ta’sir shu qadar kuchayib ketdiki, bu jarayondan to’la ihotalanib olgan birorta ham davlat yo’q. Globallashuvning turli mamlakatlarga o’tkazayotgan ta’siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma’naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog’liq.

Globallashuv (globalizatsiya) – lotincha «glob» sshzidan olingan bshlib, aynan uni «dumaloqlashuv», «quralashuv» deb tarjima qilish mumkin. yer sharining, yer kurrasining fan-texnika yutuqlari tufayli insoniyat ixtiyoridagi huddi bir butun sharga, kuraga aylanishini tushuntirish uchun ishlatiladi. Insoniyat taraqqiyoti Ayni vaqtda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish jarayonidir. Bu jarayon asardan asarga, ming yillar davom etgan…

Globallashuv - turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma’naviyati, odamlari o’rtasidagi o’zaro ta’sir va bog’liqlikning kuchayishidir. Globallashuvga berilgan ta’riflar juda ko’p. Fransuz tadqiqotchisi B.Bandi ta’rifida globallashuv jarayonining 3 o’lchovli ekaniga urg’u beriladi:


Download 170.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling