Mavzu. Bugungi kunda ijtimoiy-siyosiy keskinliklar. Reja
Download 170.85 Kb.
|
Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi
Mentalitet (lot. mentalis — akliy) — ayrim kishi yoki ijtimoiy guruxga xos aqliy qobiliyat darajasi, maʼnaviy salohiyat. Jamiyat, millat yoki shaxsning M.i ularning oʻziga xos tarixiy anʼanalari, urf-odatlari, diniy eʼtiqodini ham qamrab oladi. Har bir millatning M.i uning tarixi, yashab turgan shart-sharoiti, ijtimoiy faolligi va boshqa bir qancha omillar bilan bogʻlangan boʻladi. Mac, oʻzbek millati M.ining shakllanish jarayoni deyarli uch yarim ming yillik tarixga ega. Oʻzbek xalqi insoniyat moddiy va maʼnaviy madaniyatini bebaho durdonalar bilan boyitgan. Uning M.i, akliy qobiliyati oʻtkirlashib borgan. Ammo 16—20-asrlar oraligʻida turli istibdod va mustamlakachilik zulmini boshidan kechirganligi tufayli milliy M.iga jiddiy putur yetdi. Mustaqillik mafkurasi oldida oʻzbek xalqining haqiqiy M.ini tiklash vazifasi turibdi.
Mamlakat rahbari shu yurtdagi tinchlik, barqarorlikning kafili hisoblanadi. Birinchi prezident I.Karimovning olamdan o`tishi respublikamiz aholisi-yoshu-qarini chuqur qayg`uga soldi, xalqimiz uchun katta, o`rnini to`ldirib bo`lmas yo`qotish bo`ldi. Bu kutilmagan holat edi. O`z navbatida bu biz uchun katta sinov bo`ldi va u davom etmoqda. Shunday vaziyatda ham g`alamislar, mamlakatimizga o`z ta`sirini o`tkazishni istayotgan kuchlar tomonidan g`arazli harakatlar nafaqat davom ettirildi, balki kuchaytirildi ham. Davlatimizga nisbatan ta`sir o`tkazishni reja qilgan kuchlarning malaylari hisoblangan ayrim axborot vositalari, “jurnalistlar”, “huquq himoyachilari”, davlatimizdan xafa bo`lgan shaxslar tomonidan parlamentimiz 8 sentyabrda qabul qilgan Prezident vazifasini yuklash haqidagi qarorga nisbatan axborot xuruji tashkil qilindi. Axborot xurujiga berilgan turlicha ta`riflar mavjud.Rossiyalik ayrim mutaxassislarning fikricha axborot xurujibu - raqib ustidan axborot hukmronligiga erishish va shuning evaziga unga moddiy, mafkuraviy yoki boshqacha zarar etkazish uchun davlatning harbiy kuchlari, hukumati hamda xususiy tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar va operasiyalar majmuasidir[1]. Mamalakatimizga nisbatan amalga oshirilgan va oshirilayotgan axborot xurujlarining asosiy maqsadi – davlat va xalq o`rtasida ishonchsizlikni, aholida shubha, ikkilanish, parokandalik, tartibsizlikni keltirib chiqarishdir. Shuni ta`kidlash kerakki, mustaqillik yillarida mamlakatimiz davlat apparatiga nisbatan turli kuchlar tomonidan ta`sir qilish, muayyan talablarini bajartirish maqsadida axborot xurujlari tashkil qilib kelinayotganligi ma`lum. Bu ayni paytda yurtimizdagi tinchlik, barqarorlik, milliy taraqqiyot yo`lida amalga oshirilayotgan islohotlarga qarshi qaratilgan harakatlardir. XXI asrda axborot urushinig o`ziga xos jihati urush vositalari, uslublarining ko`paygani, takomillashganida ko`rinadi. Bugungi kunda bunday urush internetda, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar orqali ham olib borilmoqda. Ayrim mutaxassislar tomonidan psixoterapiya metodlari yakka shaxsga qanday ta`sir etsa axborot urushining metodlari ommaviy ongga shunday ta`sir qilishini ta`kidlashadi. Axborot urushiga yaqqol misol sifatida “Sovuq urush” davrida ikkita blok o`rtasida kechgan kurashni keltirish mumkin. O`sha davrda faol axborot va psixologik urush olib borish uchun bir qator OAVlar (“Ozodlik”, “Amerika ovozi”, “Nemis to`lqini”, BBC radiostansiyalari va h.k.) tashkil etiladi yoki bu jarayonga jalb etiladi. Download 170.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling