Mavzu. Bugungi kunda ijtimoiy-siyosiy keskinliklar. Reja
Globallashuv jarayoni murakkab hodisa
Download 170.85 Kb.
|
Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Glabalistlar
- 2. Aksilglobalistlar
- Fuqarolik jamiyati
Globallashuv jarayoni murakkab hodisa. Uning turli mamlakatlar iqtisodi, siyosati va ma’naviyatiga o’tkazayotgan ta’siri murakkabligi sababli unga nisbatan ham jahonda bir-biriga qarshi, muxolifatda bo’lgan ikki guruh: 1) globalistlar va 2) aksilglobalistlar guruhlari vujudga keldi.
1. Glabalistlar - globallashuv tarafdorlaridir. Ular orasida davlat arboblari, siyosatdonlar, sanoatchi va biznesmenlar ko’proq uchraydi. XX asr o’rtalarida globallashuvning institutsionlashuvi (tashkil-lashuvi) kuchaygandan keyin bu jarayon tezlashdi. Masalan, Butunjahon savdo tashkiloti, Xalqaro valyuta jamg’armasi, Jahon banki, yevropa taraqqiyoti va tiklanish banki tashkilotlari glabalistlar ta’sirida vujudga keldi. 2. Aksilglobalistlar - globallashuv muxoliflari bo’lib, ular orasida ko’proq so’l kuchlar, kasaba uyushmalari va yoshlar tashkilotining vakillari bor. MDH hududida aksilglobalistlar Rossiya Federatsiyasi hududida faol harakat olib bormoqda. Bu yerda ular turli anjumanlar, seminarlar o’tkazish uchun to’planib turadilar. Aksilglobalistlar faoliyati ham bugungi kunda kuchaydi. Lekin faqat uning salbiy oqibatlarigagina emas, umuman unga qarshi chiqmoqda. Masalan, rossiyalik faylasuf va yozuvchi A.Zinovev «Aksilglobalizm vektorlari» nomli anjumanda shunday degan edi: «Globallashuv yangi jahon urushidir. U yangi tipdagi jahon urushi. Bu urushda tirik qolishning qarshilik ko’rsatishdan boshqa yo’lini ko’rmayapman. Faqat qarshilik!». Umuman globalashuv «mafkuralashishdan» xoli bo’lishi kerak. Dunyoda globallashuv, axborot oqimining tezlashuvi va intensiv-lashuvi, universal texnologiyalar bilan bog’liq umumbashariy jarayonlar jadallashib bormoqdi. Bunday sharoitda mafkuraviy vositalar orqali o’z ta’sir doirasini kengaytirishga intilayotgan siyosiy kuchlar va harakatlar ham yo’q emas. Tajovuzkor millatchilik va shovinizm, neofashizm va fundamentalizm, irqchilik va diniy eksteremizm mafkuralari shular jumlasidandir. Natijada dunyoda inson qalbi va ongini egallash uchun kurash tobora kuchayib bormoqda. 2. Fuqarolik jamiyati — haqiqiy fuqarolardan, yaʼni uzviy bogʻliqlikda boʻlgan hamda axloqiy madaniyatga tayanadigan huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat jamiyatdir. Download 170.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling