Mavzu. Bugungi kunda ijtimoiy-siyosiy keskinliklar. Reja


Download 170.85 Kb.
bet7/10
Sana13.04.2023
Hajmi170.85 Kb.
#1355134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi

Fuqarolik jamiyati - konstitutsiyaviy huquq nazariyasida huquq va demokratiyaga asoslangan ijtimoiy hayotning zarur oqilona usuli; insonga uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadigan, qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan, koʻp partiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi taʼminlanadigan hamda oʻzinioʻzi boshqarish organlarining mavqei baland boʻlgan ijtimoiy tuzum. Bunda mamlakatning har bir fuqarosi siyosiy, ijtimoiy, iqgisodiy, maʼnaviy va huquqiy jihatdan oʻz ehtiyojlarini jamoat birlashmalari va fondlari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar va nodavlat notijorat tashkilotlar ishida faol ishtirok etib, ular orqali qondiradilar. Fuqarolik jamiyatida fuqarolar davlat faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatadilar, davlatning koʻpgina vakolatlari jamoat tashkilotlari zimmasiga yuklanadi. Davlat hokimiyati esa mamlakatning umumiy taraqqiyot rejalarini tuzadi, uning strategiyasini ishlab chiqadi, mudofaa, milliy xavfsizlik, davlat mustaqilligi va chegaralari daxlsizligini, uning suverenitetini taʼminlash, pulmoliya, soliq, bank siyosati, tashqi siyosat va jahon hamjamiyati bilan aloqalar tizimini yaratadi, uni boshqaradi. Fuqarolik jamiyatini qurish kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari bosqichmabosqich oʻtish orqali roʻy beradi.
Fuqarolik jamiyati haqida ilk tasavvurlar Aristotelning "Siyosat" asarida bayon etilgan. Unga koʻra, insonning erkin yashash huquqi kishilik jamiyatining adolat va qonun ustuvorligi asosida tashkil etilishi orqali taʼminlanishi lozim. Jamiyatni boshqarishda qonunlarning toʻgʻri va adolatli boʻlishiga alohida eʼtibor beriladi. Bu gʻoyalar 17-asrga kelib keng rivojlandi. Jumladan, T.Gobbs asarlarida takomillashtiriddi. 18-asr Buyuk fransuz inqilobi davrida Inson va fuqaro huquklari deklaratsiyasi eʼlon qilinishi bilan esa Fuqarolik jamiyati tushunchasi keng tarqala boshladi. Chunki jamiyatning teng huqukli aʼzolari — "fuqarolar" tushunchasi paydo boʻldi, ular jamiyat va davlat manfaatlari bilan bogʻlangan shaxsiy manfaatlarini anglay boshladilar. Kant, Russo, Gegel, Popper ilgari surgan fikrlar Fuqarolik jamiyati ning yangidan-yangi qirralarini, umuminsoniy qadriyat sifatidagi mohiyatini ochib berdi.
Sharqda Fuqarolik jamiyatining oʻziga xos talqini mavjud. Bu, bevosita, axloq, madaniyat va maʼnaviyatning huquq bilan uygʻunlashgan, feʼlatvor, xattiharakatlar va qoidameʼyorlarning uzviy uygʻunlashgan shakli bilan bogʻliq. Jumladan, eng qad. madaniy tarixiyhuquqiy yodgorlik — Avestoda kishilarning uyushib yashashi, oʻzaro munosabatlar va aloqalarning axloq va meʼyorlarga tayanishi kabi gʻoyalar ilgari surilgan. Bunda oʻzoʻzidan jamiyatda qonun ustuvorligiga erishish, jamiyatni shaxs tomonidan emas, qonun boshqarishi kabi Fuqarolik jamiyatining ilk belgilari namoyon boʻlgan. Forobiyning "Fozil odamlar shahri" asarida mamlakatni boshqarishda adolatli qonun zarurligi, faol Fuqarolik jamiyatini shakllantirish mohiyati chuqur tahlil etilgan. Qonunlari mukammal boʻlgan mamlakatda adolat, inson huquqlari ustuvor boʻlishi muqarrar ekanligi bayon qilib berilgan. Forobiyga kura, "Shahar (mamlakat) aholisi xushxulqqa ega boʻlmagan taqdirda hokimiyatga ehtiyoj tugʻiladi", jinoyatchilik, bezorilik, qonunbuzarlik qonunlar zaif, aholi axloqiymaʼnaviy jihatdan barkamol boʻlmagan sharoitda avj oladi. Bunday xalqni tartibga chaqirish uchun kuchli taʼsir oʻtkazuvchi hokimiyat kerak boʻladi. Bu kabi gʻoyalar Ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa tomonidan ham ilgari surilgan va amaliyotda keng qoʻllanilgan.
Uzoq tarixiy rivojlanish natijasida Fuqarolik jamiyatini hozirgi zamonaviy tushunish shakllandi. Unga koʻra, F.jla mulkchilik shakllarining xilma-xil va teng boʻlishi, mehnat va tadbirkorlikning erkinligiga yoʻl qoʻyilishi, mafkuraviy xilma-xillik va axborot erkinligi, inson huquq va erkinliklarining daxlsizligi, rivojlangan oʻzini oʻzi boshqarish, madaniylashgan huquqiy hokimiyat boʻlishi hamda jamiyat hayotining barcha sohalarida qonun ustuvorligi taʼminlanishi muhim hisoblanadi. Oʻzbekistonda Fuqarolik jamiyatini kurish tarixiy anʼana boʻlsada, u butunlay yangi tarixiy sharoitlarda jahon davlatchiligi ilgor tajribalari va koʻp ming yillik milliy anʼanalarning sintezi sifatida dunyoga kelmokda. Yaʼni erkinlik va axloq, ozodlik va tarbiya, qonunga itoatkorlik va siyosiy hukuqiy faollik, hurriyat va qatiy tartibintizom uygʻunligida Fuqarolik jamiyati shakllantirilmoqda.
Fuqarolik jamiyati nafaqat davlatning majburlov kuchi bilan, balki uning aʼzolari boʻlmish fuqarolarning oʻzlari orqali saqlab turiladigan va qatʼiy tartib qaror topgan jamiyatdir. Bunday jamiyat oʻzini oʻzi yuksak darajada tashkil etishi bilan ajralib turadi. Fuqarolik jamiyatiga davlatning kuchli taʼsiri talab etilmaydi. Davlat bunday jamiyatning nazoratida boʻlishi kerak, chunki davlat — fuqarolik jamiyatning „yollanma xizmatkori“. Zero, u fuqarolar, korxona va muassasalardan olinadigan soliqlar hisobiga mavjud boʻladi. Mazkur jamiyat nafaqat oʻzining siyosiy, madaniy hayotini, balki iqtisodiy, ijtimoiy hayotini ham boshqarib turadi. Hamma jamiyatni ham fuqarolik jamiyati deb boʻlmaydi. Fuqarolik jamiyati ancha yuksak darajadagi ijtimoiy rivojlanish koʻrsatkichidir.
3.
Qonunda yuridik yordam va huquqiy xizmatlar koʻrsatish sohasini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish nazarda tutiladi. Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga, Fuqarolik kodeksiga, Uy-joy kodeksiga va Soliq kodeksiga, shuningdek “Notariat toʻgʻrisida”gi va “Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

“Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga kiritilayotgan oʻzgartishlarga muvofiq hakamlik sudlarida va xalqaro tijorat arbitrajlarida sudya sifatida, patent vakili va mediator sifatida, shuningdek, shartnomaviy-huquqiy asosda davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi sifatida ishtirok etishga doir advokatlarning huquqlari kengaytirilmoqda. Shuningdek, advokat maqomini olish uchun malaka imtihonini takroran topshirish muddati bir yildan olti oygacha, advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga litsenziya olish uchun advokatlik tuzilmasida majburiy stajirovkadan oʻtish muddati olti oydan uch oygacha kamaytirilmoqda.

Bundan tashqari, qonunda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi va Soliq kodeksiga ham oʻzgartishlar kiritilmoqda. Masalan, ijaraga berish shartnomasini, tekin foydalanishga berish shartnomasini fuqarolar tomonidan majburiy notarial tasdiqlash tartibi bekor qilinishi munosabati bilan ichki ishlar organlarining oʻzi joylashgan joy boʻyicha davlat soliq xizmati organlariga har oyda yuqoridagi shartnomalarni majburiy notarial tasdiqlashga rioya etilmayotganligi faktlari toʻgʻrisida xabar berish majburiyati bekor qilinmoqda.

Advokatura instituti samaradorligi tubdan oshirilishi va advokatlar mustaqilligi kengaytirilishi munosabati bilan tegishli oʻzgartish va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga kiritilmoqda. Ularga koʻra, advokatning professional faoliyatiga toʻsqinlik qilingan taqdirda advokatning maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzmasdan oʻz arizasida huquqbuzarning shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyni, vaqtni va bu huquqbuzarlikning mohiyatini, shuningdek, ishni hal etish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlarni koʻrsatgan holda sudga murojaat qilish huquqi mustahkamlanmoqda.

“Notariat toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarga muvofiq, yigirma besh yoshdan kichik boʻlmagan, oliy yuridik maʼlumotga, yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlgan, shu jumladan, notarial idorada kamida bir yil stajirovka oʻtagan, malaka imtihonini topshirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi notarius boʻlishi mumkin. Sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoki notarius yordamchisi yoxud adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bogʻliq lavozimlarda kamida uch yil ishlagan shaxslar uchun stajirovkadan oʻtish talab qilinmaydi.

Shuningdek, “Notariat toʻgʻrisida”gi qonunning tegishli moddalariga qoʻshimchalar kiritildi. Unda notariusning mustaqilligi, notarial harakatlarning maxfiyligi, notariusning majburiyatlari kabi bir qator normalar oʻz aksini topgan.
2-topshiriq
O’zbekistonda milliy va diniy bag’rikenglikning tarixiy ildizlari
Ma`lumki O`rta Osiyo, xususan O`zbekiston hududi qadim asrlardan turli madaniyat, til, urf-odat, turmush tarziga ega bo`lgan, xilma-xil dinlarga e`tiqod qiluvchi, bir-biriga o`xshash bo`lmagan bir necha xalqlar yashagan o`lkadir. O`zbekistonning jo`g`rofiy nuqtai nazaridan muhim savdo yo`llari chorrahasida joylashgani, ko`plab davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar qilgani turli xalqlarning diniy va ma`naviy hayotiga, shuningdek, Movarounnahrdagi urf-odatlar ham o`zga yurtlar madaniyati rivojiga salmoqli ta`sir ko`rsatgan. Bu esa o`ziga xos millatlararo ham jihatlik va diniy bag`rikenglikni shakllantirishdagi asosiy omillardan biri bo`lib xizmat qilgan.
Bu haqda Prezidentimiz o`zlarining «O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida: «Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g`oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan va tinch-totuv yashagan markaz bo`lib keldi», deb qayd etganlari ham bejiz emas. Haqiqatan ham O`zbekiston zaminida qadim zamondan islom dini bilan boshqa dinlar yonma-yon yashab, rivojlanib va bu jamiyatning ma`naviy yuksalishiga muayyan hissa qo`shdi.
2. Hozirgi kunga kelib, respublikamizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Turli millat va elat vakillari uchun esa bir qancha milliy-madaniyat markazlari faoliyat yurgazib kelmoqda. Jumladan, Toshkent viloyatida Angren shahar rus milliy-madaniyat markazi, Olmaliq shahar ukrain milliy-madaniyat markazi, Oqqo`rg`on tumani koreys milliy-madaniyat markazi, Viloyat qozoq milliy-madaniyat markazi, Yangiyo`l shahar tatar milliy-madaniyat markazi kabilardir. 
O`zbekistonda barcha diniy tashkilotlarga qonun doirasida teng sharoit yaratib berilgan. Ularning qonunga mos istaklari ro`yobga chiqarilmoqda.
Bundan tashqari, O`zbekistonda bugungi kunda musulmonlar uchun 2000 dan ziyod masjid va 10 ta o`quv yurtlari faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Toshkent viloyati hududida esa 200 ortiq masjid rasmiy ro`yxatdan o`tgan.
Ilmiy manbalar O`zbekiston — ilk diniy qarash va tasavvurlar yuzaga kelgan eng qadimiy o`lkalardan biri ekanidan dalolat beradi. O`lkamizda qadim zamonlardanoq zardushtiylik, budizm, yahudiylik, nasroniylik kabi murakkab ideologik tizimga ega bo`lgan dinlar tinch-totuv faoliyat olib borganlar.
VIII asrda Markaziy Osiyoga kirib kelgan islom va mahalliy dinlarning, ularga xos qadriyat va odatlarning qorishishi yuz berdi. Markaziy Osiyo xalqlari islom diniga mahalliy diniy axloq g`oyalari, huquqiy me`yorlar va urf-odatlarni olib kirdilar. Prezidentimiz I. Karimov bu xususida shunday deganlar:
«Xalqimizning etnik, madaniy va diniy sabr-bardoshi ma`naviy uyg`onishning yana bir bitmas-tuganmas manbaidir. Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g`oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan, tinch-totuv yashagan markaz bo`lib keldi. etnik sabr-toqat, bag`rikenglik hayot bo`ronlaridan omon qolish va rivojlanish uchun zarur tabiiy me`yorlarga aylandi. Hatto bu hududlarni bosib olganlar ham Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyati oldida bosh egibgina qolmay, uning eng qimmatbaho an`analarini, shu hududda mavjud bo`lgan davlatchilik an`analarini avaylab qabul qilganlar.
Ayni shu zaminda ko`p asrlar mobaynida jahon madaniyatlari dunyo miqyosida bir-birini boyitgan. Bu yerda ko`chmanchi xalqlar o`troq xalqlar bilan, eronlik qabilalar bilan, musulmonlar, nasroniylar va yahudiylar bilan ko`p asrlar birga yashab kelganlar. So`nggi ikki asr davomida ham o`zlarini «madaniyatli» va «ma`rifatli» hisoblab kelgan davlatlar ommaviy qirg`inlar va diniy ta`qiblar bilan o`zlariga dog` tushirgan bir paytda, O`zbekiston zamini xalqlar va madaniyatlar tinch joylashgan bir joygina bo`lib qolmay, balki quvg`in qilingan xalqlarga boshpana ham berdi».
Hech kimga sir emaski, bugungi kunda turli dinlar va madaniyatlarga mansub davlatlar o`zaro yaqinlashmoqda. Bu hol ular orasidagi ijtimoiy, madaniy va diniy sohalardagi doimiy muloqotlarni taqozo etmoqda. Shu maqsaddan kelib chiqib 1945 yilda BMT ustavi «sabr-toqatli bo`lish va jahonda yaxshi qo`shnilar sifatida birgalikda yashash hamda xalqaro tinchlik va xavfsizlikni qo`llab-quvvatlash uchun sa`y harakatlarimizni birlashtirish»ni o`z maqsadlaridan biri deb e`lon qildi. 1981 yil 25 noyabrda BMT Bosh Assambleyasining 361 55-rezolyutsiyasi din yoki e`tiqodga asoslangan sabr-toqatsizlik va kamsitishning barcha shakllarini tugatish to`g`risidagi deklaratsiyani e`lon qildi.
Bosh Assambleya a`zo davlatlarni din yoki e`tiqod erkinligiga rioya qilish va uni kafolatlashga, din yoki e`tiqod erkinligi masalalarida bir-birini tushunish, sabr-toqatli va o`zaro hurmat qilishga ko`maklashishga hamda din yoki e`tiqoddan BMT ustaviga va BMTning boshqa tegishli hujjatlariga xilof bo`lgan maqsadlarda foydalanilishiga yo`l qo`ymaslikka da`vat etadi.
«Tolerant» atamasining lug`aviy ma`nosi lotincha «tole gage» (chidamoq) so`zidan olingan. Tolerantlik biror narsani, o`zgacha fikr yoki qarashni, o`z shaxsiy tushunchalaridan qat`i nazar, imkon qadar bag`rikenglik va chidam bilan qabul qilishni anglatadi. Diniy bag`rikenglik vijdon erkinligi va ma`naviyat jihatdan katta ahamiyat kasb etadi, u boshqa shaxs yo dinga hurmatni bildiradi. Turli din hamda konfessiya vakillari e`tiqodida aqidaviy farklar bo`lishiga qaramay, ularning yonma-yon va o`zaro tinch-totuv yashashini anglatadi. 

Download 170.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling