Mavzu: Buxgalteriya balansi ko’rsatkichlari tahlili
Download 0.79 Mb.
|
Iqt.tah 1-2mavzu
Uzoq muddatli aktivlar, o‘z navbatida, quyidagilardan iborat:
mulkiy aktivlar (aylanma mablag‘lar, kapital qo‘yilmalar, qimmatli qog‘ozlar va boshqalar); nomoddiy aktivlar; sho‘ba va boshqa korxonalarga berilgan qarzlar; uzoq muddatli investitsiyalar (masalan, boshqa korxonalarning qimmatli qog‘ozlariga uzoq muddatli qo‘yilmalar); - boshqa aktivlar. Asosiy vositalar – moddiy ishlab chiqarish sohasida ham, noishlab chiqarish sohasida ham uzoq vaqt davri davomida (bir yildan ortiq) amal qiluvchi, shuningdek, ijaraga berish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar. Qayd qilish joizki, iqtisodiy adabiyotlarda ba’zan “asosiy fondlar” so‘z birikmasi uchraydi. Buni o‘zini oqlagan deb hisoblash qiyin, chunki “fond” atamasining asosiy talqini – bu vositalar manbasi. Shuning uchun atamashunoslikda va ma’noviy jihatdan chalkashmaslik uchun professional buxgalteriya muhitida keng tarqalgan “asosiy vositalar” so‘z birikmasidan foydalanish maqsadga muvofiq. Asosiy vositalar boshlang‘ich va tiklash qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. Boshlang‘ich qiymat – bu qurilish va asosiy vositalar olish uchun xarajatlar, jumladan yetkazib berish va o‘rnatish bo‘yicha xarajatlardir. Tiklash qiymati – bu oldin tashkil etilgan asosiy vositalarni zamonaviy sharoitlarda, ya’ni ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotining erishilgan darajasi, ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlari va mehnat unumdorligi darajasi hisobga olingan holda ishga tushirish qiymati. Asosiy vositalarni turlari bo‘yicha rasshifrovka qilish, ularning harakatlanishi, shuningdek, boshlang‘ich (tiklash) qiymati hamda eskirish haqida ma’lumotlar 2-moliya shakli-“Asosiy vositalarning mavjudligi va harakati hamda boshqa nomoliyaviy aktivlar to‘g‘risida” statistik hisobot shaklida keltirilgan. Nomoddiy aktivlar. Buxgalteriya hisobi va buxgalteriya hisobotini yuritish bo‘yicha qarorga muvofiq xo‘jalik faoliyatida uzoq davr (bir yildan ortiq) mobaynida foydalaniladigan va daromad keltiruvchi nomoddiy aktivlarga quyidagilardan vujudga keluvchi huquqlar kiritiladi: a) ilmiy asarlar, adabiyot, san’at asarlari, EHM uchun dasturlar va boshqalarga mualliflik va boshqa shartnomalar; b) ixtirolar uchun patentlar; v) tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi uchun guvohnoma yoki ulardan foydalanish uchun litsenzion shartnomalar; g) nou-xau va boshqalar. Nomoddiy aktivlarning farqli xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi: ushbu aktivlardan foydalanish muddati bir yildan ortiq; korxona tomonirdan daromad olishga imkon beradi; -ayrim nomoddiy aktivlar (tovar belgilari va boshqalar) istisno qilingan holda to‘laqonli amortizatsiya hisoblanishi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling