Mavzu: Buxgalteriya balansi ko’rsatkichlari tahlili


Download 0.79 Mb.
bet8/8
Sana22.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1381751
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Iqt.tah 1-2mavzu

Qarz kapitali – bu bank va moliyaviy kompaniyalarning kreditlari, qarzlar, kreditorlik qarzi, lizing va boshqalardir. Qarz kapital uzoq muddatli (bir yildan ortiq) va qisqa muddatli (bir yilgacha) bo‘lishi mumkin.
Moliyaviy holat barqarorligi ko‘p jihatdan manbalarda o‘z kapitalning ulushiga bog‘liq bo‘ladi. Biroq faqat o‘z mablag‘lari hisobiga korxona faoliyatini moliyalashtirish har doim ham foydali emas, ayniqsa bu ishlab chiqarish mavsumiy tusga ega bo‘lganda yaqqol seziladi. Bunda alohida davrlarda bankdagi hisobda ulkan mablag‘lar to‘planib qoladi, boshqa davrlarda esa ular etishmaydi. Bundan tashqari, shuni ham nazarda tutish kerakki, agar moliyaviy resurslar uchun narx uncha yuqori bo‘lmasa, korxona esa kredit resurslari uchun to‘lovlarga nisbatan qo‘yilgan kapitalning yuqori darajali unumini ta’minlay olsa, u holda jalb qilingan qarz mablag‘lar xususiy kapital rentabelligini oshirishi mumkin. O‘z navbatida, korxonaning moliyaviy holati o‘z va qarz kapital nisbati qanchalik optimalligiga bog‘liq bo‘ladi.
Moliyaviy holatni baholash uchun passivlar tarkibi, ya’ni mulkka kiritilgan o‘z va qarz mablag‘lari manbayini tahlil qilish zarur, ularning nisbati kelgusida tashkilot istiqbolini belgilab beradi.
Manbalar tarkibini baholash moliyaviy hisobotning ham tashqi, ham ichki foydalanuvchilar tomonidan olib boriladi. Shunga muvofiq tahlilga yondashuvlar turlicha. Masalan, tashqi foydalanuvchilar (banklar, yetkazib beruvchilar va boshqalar) bitimlar tuzishda moliyaviy risk nuqtayi nazaridan mablag‘larning umumiy miqdorida tashkilotlarning o‘z mablag‘lari ulushi o‘zgarishini baholaydi. O‘z mablag‘lari manbalari ulushi kamayishi bilan risk ortib boradi. Mulk manbalari tarkibining ichki tahlili tashkilotlar faoliyatini moliyalashtirishning muqobil variantlarini baholash bilan bog‘liq. Tanlovning asosiy mezonlari risk darajasi, moliyalashtirish manbasi narxi, qarzni to‘lash muddati va boshqalar hisoblanadi.



“Karvon” MChJning mol-mulki manbasi ham 414900 ming so‘mga ko‘payib, bu ko‘payishning asosiy manbasini o‘zlik mablag‘larining manbalari tashkil qilgan. Majburiyatlar esa 319539 ming so‘mga kamayib, ularning jami manbalardagi ulushi ham 19 foizga qisqargan. Majburiyatlarning asosiy qismini kreditorlik qarzlari tashkil qilishi korxona moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Korxonada qisqa muddatli kredit va qarzlar yil boshiga nisbatan 388102 ming so‘mga kamaygan. Kreditorlik qarzlari ham korxona jami mulkining 38 foizini tashkil qilib, 1148492 ming so‘mni tashkil qilgan. Bulardan ko‘rinadiki, korxona mulkining ko‘payishi majburiyatlarning kamayishi, hamda o‘zlik mablag‘lari manbalarining ortishi bilan bog‘liq. Umuman olganda, korxona mablag‘lari manbasining holati bo‘yicha ijobiy baho berish mumkin.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling