Qo‘shilgan kapital. Uning asosiy unsurlari: emission daromad (nominaldan yuqori narxda sotishdan daromad qilingan, aksiyalarni nominal narxi va sotish narxi o‘rtasidagi farq) va qayta baholashda uzoq muddatli aktivlar qiymati o‘sishi (ikkiyoqlama yozuv natijasi sifatida yuzaga keladi –balans aktivida aks etuvchi inflyatsiya tufayli asosiy mablag‘lar qiymati ortishi paydo bo‘lgan aktivning manbachi sifatida “Qo‘shilgan kapital” passiv moddasining teng miqdorda o‘sishi bilan birga kuzatiladi).
Zaxira kapitali tashkilotda majburiy tartibda yoki bu ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa tashkil etilishi mumkin. U faoliyat to‘xtatilganda kreditorlik qarzlarini qaytarish, foyda olinmagan holatda imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash, ehtimoliy zararlarni qoplashga mo‘ljallangan.
Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) – bu dividendlar ko‘rinishida aksiyadorlar va tashkilot mulkdorlari o‘rtasida taqsimlanmagan sof foyda miqdori. Hosil bo‘lish vaqtida hisobot davri uchun barcha sof foyda taqsimlanmagan, lekin aksiyadorlar va muassislar tomonidan o‘rnatiladigan qoidalar bo‘yicha taqsimlashga tayyor sifatida belgilanishi mumkin. Xususiy kapital ichki va tashqi manbalar hisobiga shakllanadi.
Korxonada o‘z kapitalni shakllantirish manbalari
Korxona foydasi o‘z kapitalni to‘ldirishning asosiy ichki manbalari hisoblanadi. Ichki manbalar tarkibida foydalanilayotgan o‘z asosiy mablag‘lar va nomoddiy aktivlarga hisoblanadigan amortizatsiya ajratmalari salmoqli solishtirma og‘irlikka ega. Ular xususiy kapital miqdorini oshirmaydi, balki uni qayta investitsiyalash vositasi hisoblanadi. Xususiy kapitalning boshqa shakllariga mulkni ijaraga berishdan daromadlar, muassislar bilan hisoblashishlar va boshqalar kiritiladi.
Xususiy kapital shakllanishining asosiy tashqi manbayi sifatida aksiyalarni qo‘shimcha emissiya qilish gavdalanadi. Davlat korxonalariga davlat tomonidan beg‘araz moliyaviy yordam ko‘rsatilishi mumkin.
Boshqa tashqi manbalar qatoriga xayriya maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan korxonalarga bepul beriladigan moddiy va nomoddiy aktivlar kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |