Mavzu: Buxgalteriya balansi ko’rsatkichlari tahlili
Download 0.79 Mb.
|
Iqt.tah 1-2mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Balans passiv moddalari tahlili
- Xususiy kapital
Muddati o‘tgan qarzdorlik mavjudligi moliyaviy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, chunki korxona ishlab chiqarish zaxiralarini sotib olish, mehnat haqi to‘lash va boshqa maqsadlar uchun moliyaviy resurslar tanqisligini boshidan kechiradi. Mablag‘larni muzlatib qo‘yish kapital aylanuvchanligi sekinlashishiga olib keladi. Shuning uchun har bir korxona to‘lovlarni qaytarish muddatlari qisqarishdidan manfaatdor sanaladi. Korxona mol-mulki ko‘payishining sabablarini uning manbasini ko‘rib chiqish asosida aniqlashtiriladi. Korxona omborlarida tayyor mahsulot qoldiqlari ko‘payishi, shuningdek, aylanma mablag‘larning uzoq vaqtga muzlatilishi, naqd pul yo‘qligi, kreditlar va ular bo‘yicha foizlar to‘loviga ehtiyojlar, yetkazib beruvchilar, byudjet, korxona ishchilariga mehnatga haq to‘lash bo‘yicha kreditorlik qarzi o‘sishi kabilarga olib keladi. Hozirgi vaqtda – ishlab chiqarish inqirozi, uning samaradorligi pasayishi, korxonaning past to‘lov qobiliyati va bankrotlikning asosiy sabablaridan biridir. Balans passiv moddalari tahlili Agar balans aktivida korxonaning mablag‘lari aks ettirilsa, passivida ularning shakllanish manbalari ko‘rsatiladi. Korxona rahbariyati qanday resurs manbalari hisobiga korxona o‘z faoliyatini amalga oshirishi va qanday faoliyat sohalariga kapital joylashtirilishi haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishi lozim. Kapital – foyda olish maqsadida o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyoridagi mablag‘lardir. Tegishlilik darajasiga ko‘ra foydalanilayotgan kapital o‘z va qarz kapitalga ajratiladi. Xususiy kapital ustav, qo‘shilgan, zaxira kapital va taqsimlanmagan foydadan iborat bo‘ladi. Buxgalteriya balansida xususiy kapital miqdori aktivlar va majburiyatlar qiymati bahosiga bog‘liq bo‘ladi. Ustav kapitali – ustav faoliyatini ta’minlash uchun muassislarning mablag‘lari miqdori. Davlat korxonalarida bu to‘liq xo‘jalik yuritish huquqi bilan davlat tomonidan korxonalarga biriktirilgan mulk qiymati; aksiyadorlik korxonalarida – aksiyalarning nominal qiymati; mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda – mulkdorlar ulushi miqdori; ijara korxonalarida – uning xodimlari hissasi miqdori va hokazo. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling