Mavzu buxgalteriya hisobi fanining muqaddimasi


Hisob va reja ko‘rsatkichlarining birligi


Download 91.5 Kb.
bet2/9
Sana27.01.2023
Hajmi91.5 Kb.
#1131877
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-MAVZU. BUXGALTERIYA HISOBI FANINING MUQADDIMASI

Hisob va reja ko‘rsatkichlarining birligi. Bu birlik reja ko‘rsatkichlarini hisob ko‘rsatkichlari bilan solishtirish va reja topshiriqlarining bajarilish darajasini aniqlash uchun zarurdir. Undan tashqari, hisob ma’lumotlaridan reja tuzishda foydalanilar ekan, bu o‘z navbatida hisob va reja ko‘rsatkichlarining birligini ham taqoza qiladi.
Hisobning aniq va to‘g‘riligi. Bu talab shuni bildiradiki, hisob ma’lumotlari to‘g‘ri bo‘lishi, haqiqatni to‘g‘ri va aniq aks ettirishi kerak. U faqat xo‘jalikdagi mavjud yutuqlarni emas, balki kamchiliklarni ham aks ettirishi lozim.
Hisobning oddiy va tushunarli bo‘lishi. Hisob ko‘rsatkichlari oddiy va ko‘pchilik uchun tushunarli bo‘lishi kerak, bu esa xo‘jalikni boshqarishda har bir xodimga hisob ma’lumotlaridan foydalana olish imkoniyatini beradi.
Hisobning tejamkorligi. Hisobning oldiga qo‘yilgan bu talabga hisob ishlarini uzluksiz takomillashtirish va soddalashtirish, hisobni olib borishning yangi, oqilona va arzon usullarini joriy qilish hamda boshqaruv apparatini qisqartirish yo‘li bilan erishish mumkin.
Hisob ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish. Hisob xo‘jalik faoliyati ishlari to‘g‘risidagi kerakli ma’lumotlar bilan korxona ma’muriyatini o‘z vaqtida xabardor qilib turishi kerak. SHunday qilingandagina korxona faoliyatida ro‘y bergan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf qilish va shu faoliyatni yaxshilash uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni amalga oshirish imkoniyati tug‘iladi.
Xo‘jalik ishlariga rahbarlik va nazorat olib borish uchun hamma ishlarini hisobga olish maqsadida miqdoriy ifodalash va sifat jihatdan tavsiflash zarurdir. SHuning uchun hisob ma’lumotlari son ko‘rsatkichlarida ifodalanadi. Xo‘jalik hisobini yuritishda natura, mehnat va pul o‘lchov birliklari ishlatiladi.
Natura o‘lchovi hisobga olinayotgan narsaning harakatini, masalan, material, mahsulot va boshqalarni natura holida ifodalash uchun xizmat qiladi (kg, metr, kub, dona va x.k.). natura o‘lchov birliklari moddiy qiymatliklarni hisoblash, tortish va o‘lchash natijasida olingan ma’lumotlarni hisobga olish, ularning miqdor va sifat o‘zgarishlari ustidan nazorat olib borish uchun qo‘llaniladi.
Mehnat o‘lchovi ma’lum mahsulotni ishlab chiqarish yoki boshqa biron ishni bajarish uchun sarflangan ish vaqtini aniqlash uchun xizmat qiladi. Bu o‘lchovga misol qilib kishi-kun, kishi-soatni keltirish mumkin. Mehnat o‘lchovi yordamida mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari, korxona xodimlarining ish haqi hisoblab chiqiladi, ishchilarning ishlab chiqarish normalari belgilanadi va nazorat qilinadi. Bu o‘lchov birlik natura o‘lchov birliklari bilan birgalikda qo‘llaniladi.
Pul o‘lchovi yordamida xo‘jalikdagi mablag‘lar va ularning tashkil topish manbalari hamda xo‘jalik jarayonlarini hisobga olish va ular ustidan nazorat o‘rnatish maqsadida umumlashgan ma’lumot olish uchun hisob ob’ektlarini yagona bir xil ifodalashda, korxona xo‘jalik faoliyati natijasini aniqlash, ishlab chiqarishga sarflangan barcha xarajatlarni hisoblash, mahsulot tannarxini aniqlashda qo‘llaniladi. Bu o‘lchov birlik vazifasini Respublikamizda so‘m va uning birligi tiyin bajaradi.
Iqtisodiyotda xo‘jalik hisobining quyidagi uch turi mavjud. Operativ (tezkor) hisob, buxgalteriya hisobi va statistik hisob (1.1.-rasm). Ularning har biri o‘zining aniq ob’ektlari, vazifalari va xususiyatlariga ega.













Download 91.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling