Mavzu buxgalteriya hisobi fanining muqaddimasi


-rasm. Buxgalteriya hisobining axborot tizimi


Download 91.5 Kb.
bet4/9
Sana27.01.2023
Hajmi91.5 Kb.
#1131877
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-MAVZU. BUXGALTERIYA HISOBI FANINING MUQADDIMASI

1.2.-rasm. Buxgalteriya hisobining axborot tizimi.

Buxgalteriya hisobi xo‘jalik operatsiyasini buxgalteriya hisobining kamida ikkita schyotida bir vaqtda va o‘zaro bog‘liq holda pulda baholab aks ettirish yo‘li bilan ikkiyoqlama yozuv usulida yuritiladi.


Buxgalteriya hisobida turli o‘lchov birliklari qo‘llaniladi va bu o‘lchovlardagi ma’lumotlar pul o‘lchoviga o‘tkaziladi. Buxgalteriya hisobida barcha xo‘jalik operatsiyalari hujjatlarda rasmiylashtiriladi.
Buxgalteriya hisobida ham operativ va statistika hisobi kabi barcha o‘lchov birliklari - natura, mehnat va pul o‘lchov birliklari qo‘llaniladi. Buxgalteriya hisobining umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarni olish maqsadida buxgalteriya hisobining barcha ob’ektlari, garchi ular natura va mehnat o‘lchov birliklarida aks ettirilgan bo‘lsa ham pul o‘lchov birliklariga o‘tkaziladi. SHuning uchun gohida buxgalteriya hisobini pul hisobi ham deb aytiladi.
Respublikadagi amaldagi qonunchilikka asosan buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni buxgalteriya hisobi sub’ektining rahbari amalga oshiradi1.
Buxgalteriya hisobi sub’ektining rahbari quyidagi huquqlarga ega:
buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari boshchiligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan foydalanish;
buxgalteriya hisobini yuritishni ixtisoslashtirilgan tashkilotga (auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari va ustavida buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish nazarda tutilgan boshqa tashkilotlar) shartnoma asosida yuklash;
buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish.
Buxgalteriya hisobi sub’ektining rahbari:
hisob siyosati, ichki hisob va hisobot tizimi ishlab chiqilishini;
ichki nazorat tartibini;
buxgalteriya hisobi to‘liq va ishonchli yuritilishini;
hisob hujjatlarining but saqlanishini;
moliyaviy hisobotning tayyorlanishini;
soliq hisobotining va boshqa moliyaviy hujjatlarning tayyorlanishini;
hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilishini;
ushbu Qonun 12-moddasining talablariga rioya etilishini ta’minlashi shart.
YUqoridagilardan kelib chiqqan holda quyidagilarni xulosa qilish mumkin. Buxgalteriya hisobi bo‘yicha bilimlarga nafaqat professional buxgalter balki korxona rahbari ham ega bo‘lishi lozim. Buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlil bilim asoslariga ega bo‘lishlik, tavakkalchilikni kamaytirishga, bozor iqtisodiyotining asosiy yo‘nalishlari bilishga, o‘z vaqtida boshqaruv va investitsion qarorlarni qabul qilishga asos bo‘ladi.



Download 91.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling