Mavzu buxgalteriya hisobi fanining muqaddimasi


BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA BUXGALTER KASBI


Download 91.5 Kb.
bet9/9
Sana27.01.2023
Hajmi91.5 Kb.
#1131877
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-MAVZU. BUXGALTERIYA HISOBI FANINING MUQADDIMASI

BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA BUXGALTER KASBI

Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining ahamiyati va boshqaruv qarorlarni qabul qilishda roli oshib bormoqda.
Buxgalter kasbi ham bozor talablariga mos ravishda shakllanib, takomillashib borayotgan mutaxassisliklardan biriga aylanib bormoqda. “Buxgalter” so‘zining lug‘aviy ma’nosiga e’tibor beradigan bo‘lsak, u “Kitob yurituvchi”, idora, muassasa, korxona va shu kabining hisob-kitob ishlarini olib boruvchi mutaxassis xodim2 ma’nosini anglatadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalter kasbi qiziqarli, ijodiy va nisbatan yuqori to‘lanadigan kasb hisoblanadi. Biroq, buxgalter bozor iqtisodiyoti talablariga javob berishi uchun o‘z malakasini doimo oshirib borishi lozim. U nafaqat buxgalteriya hisobi, balki iqtisodiyot, huquq, soliqqa tortish, matematika, statistika, boshqaruv, iqtisodiy tahlil va audit bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishi lozim. Buxgalter matematik metodlardan foydalana bilishi, shu bilan birgalikda kompьyuterdan foydalanish ko‘nikmalariga ham ega bo‘lishi kerak.
Rivojlangan davlatlarda buxgalter olingan oliy bilimidan tashqari o‘z malakasi sertifikatlash yo‘li bilan ham tasdiqlashi lozim. Sertifikatlash imtihonlar majmuidan iborat bo‘lib, bu ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatiga kafolat beradi.
Rivojlangan davlatlarning tajribasi professional buxgalterlar darajasini baholash instrumenti sifatida buxgalterlarni sertifikatlash tizimini ishlab chiqqan. 150 davlatdan ortiq a’zosi bo‘lgan Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi (IFAC) sertifikatlash tizimining umumqabul qilingan standartini ishlab chiqqan.
Bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi bo‘lib raqobat hisoblanadi. Biznesning rivojlanishi uchun korxona mijoz va kapital uchun kurashishi kerak. Buxgalteriya hisobi raqobat muhitida yutuqning eng asosiy komponentlaridan biri hisoblanadi.


1 “Бухгалтерия ҳисоби тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонуни 11-модда, 2016 йил 13 апрель

2 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 1-том, 155-бет. М.: “Рус тили” нашриёти, 1981 й

Download 91.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling