Mavzu buxgalteriya hisobi fanining muqaddimasi


Download 91.5 Kb.
bet1/9
Sana27.01.2023
Hajmi91.5 Kb.
#1131877
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-MAVZU. BUXGALTERIYA HISOBI FANINING MUQADDIMASI


MAVZU 1. BUXGALTERIYA HISOBI FANINING MUQADDIMASI
1.1. BUXGALTERIYA HISOBI HAQIDA TUSHUNCHA. BOSHQARUV QARORLARNI QABUL QILISHDA BUXGALTERIYA AXBOROTI VA UNING AHAMIYATI
1.2. BUXGALTERIYA AXBOROTIDAN FOYDALANUVCHILAR
1.3. MOLIYAVIY VA BOSHQARUV HISOBI, UNING FARQLARI VA O‘ZARO ALOQASI

    1. BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA BUXGALTER KASBI




    1. BUXGALTERIYA HISOBI HAQIDA TUSHUNCHA. BOSHQARUV QARORLARNI QABUL QILISHDA BUXGALTERIYA AXBOROTI VA UNING AHAMIYATI

Iqtisodiy sub’ekt faoliyatiga rahbarlik qilish va uning ustidan nazorat ishlarini olib borish uchun korxona rahbariyati kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlanishi zarur. Buning uchun korxonaning xo‘jalik faoliyatini uzluksiz kuzatib boriladi. Kuzatish yo‘li bilan olingan ma’lumotlar ma’lum miqdor ko‘rsatkichlarida ifodalanib, istalgan vaqtda foydalana olish uchun ularga o‘ziga xos tartibda qayd qilinadi. Korxonaning moliya - xo‘jalik faoliyatida yuz beradigan voqea va hodisalarni kuzatish, o‘lchash, qayd qilish hamda miqdorlarda aks ettirishdan iboratdir. Demak, xo‘jalik faoliyatidagi hodisalarni va voqealarni kuzatish, o‘lchash va qayd qilish xo‘jalik hisobining asosiy mazmuni tashkil qiladi.
Xo‘jalik hisobi yordamida iqtisodiy sub’ektda yuz beradigan voqea va hodisalar faqat miqdor jihatidan emas, balki sifat jihatidan ham ifodalanadi. Demak, xo‘jalik hisobi iqtisodiy sub’ektga rahbarlik qilish, uning ustidan nazorat qilish maqsadida korxonada yuz beradigan o‘zgarishlarni miqdorlarda aks ettirish va sifat jihatidan tavsiflashdan iboratdir.
Xo‘jalik hisobi negizida, ko‘rinib turibdiki, “xo‘jalik” va “hisob” so‘zlari yotadi.
Xo‘jalik” - deganda ma’lum maqsadlarga yo‘naltirilgan, o‘zining bazisi va ustqurmasiga ega bo‘lgan sub’ektlar tushuniladi. Xo‘jalik sifatida qaraladigan sub’ektlar bo‘lib bir butun mamlakatning o‘zi va uning turli tarkibiy bo‘linmalari, masalan, tarmoqlari, sohalari, mintaqalari, hududlari, vazirliklar, birlashmalar, korxonalar hisoblanadi. Mamlakat doiraisdagi xo‘jalik xalq xo‘jaligi, uning eng qo‘yi bo‘g‘inidagi xo‘jalik korxona xo‘jaligi deb ataladi. Iqtisodiyotning yuqori va qo‘yi bo‘g‘inlari o‘rtasidagi xo‘jaliklarga tarmoqlar, sohalar, birlashmalar, viloyatlar, tuman va shaharlar xo‘jaliklari kiradi.
Hisob” - bu xo‘jalikda yuz bergan va berayotgan hodisa va jarayonlar, ularning natijalari to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish, qayd etish, guruhlash va uzatish tizimi. Demak, hisobning asosiy mahsuli bo‘lib axborot, hisob yuritishning asosiy maqsadi bo‘lib, bu axborotlarni aniq, to‘liq va o‘z vaqtida yig‘ish, qayd etish, guruhlash va foydalanuvchilarga etkazib berish hisoblanadi.
SHunday qilib, ikki so‘z yig‘indisidan tashkil topgan “xo‘jalik hisobi” xalq xo‘jaligining turli bo‘g‘inlarida yuz bergan va berayotgan hodisa va jarayonlar, ularni natijalarini soniy va sifat jihatdan xarakterlovchi axborotlarni yig‘ish, qayd etish, guruhlash va uzatish tizimidir.
Xo‘jalik hisobi korxonalarga biriktirilgan moddiy va moliyaviy resurslarning harakati va holatini aks ettirish bilan birga ulardan oqilona, samarali foydalanish ustidan nazorat olib boradi, shuningdek, mamlakatning milliy boyligini saqlash hamda ko‘paytirishga hissa qo‘shadi.
Iqtisodiyotni boshqarishda hisobdan muvaffaqiyatli foydalanish uchun ma’lum talablarga rioya qilish kerak. Bu talablar quyidagilardan iborat:

Download 91.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling