Mavzu buxgalteriya hisobi fanining muqaddimasi


-rasm. Xo‘jalik hisobining turlari


Download 91.5 Kb.
bet3/9
Sana27.01.2023
Hajmi91.5 Kb.
#1131877
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-MAVZU. BUXGALTERIYA HISOBI FANINING MUQADDIMASI

1.1.-rasm. Xo‘jalik hisobining turlari.


Operativ hisob - rahbarlik qilish yoki xo‘jalik jarayonlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilishi uchun xo‘jalik jarayonlarini kuzatish va nazorat qilish tizimiga aytiladi. Bu hisobda o‘lchov birliklarining hamma turlari qo‘llanilishi va hujjatlar bilan rasmiylashtirish talab qilinmasligi hamda xo‘jalik jarayonining ayrim qismlarini qamrab olishi mumkin. SHu bilan birga uning bu axboroti etarli darajada to‘g‘ri bo‘lishi kerak. CHunki, unga qarab sodir bo‘lgan o‘zgarishlarning hajmi va tavsifi haqida ishonchli xulosa qilib, to‘g‘ri boshqaruv, investitsion va moliyaviy qarorlarni qabul qilish mumkin bo‘lishi kerak.
Zamonaviy buxgalter tomonidan tayyorlangan axborot qaror qabul qiluvchilarning manfaati uchun xizmat qiladi.
Statistik hisob - jamiyatimizda yuz berayotgan ommaviy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hodisalarni o‘rganish va nazorat qilish tizimidan iboratdir. Xo‘jalik hisobining bu turi butun davlat iqtisodiyotini va uning tarmoqlarining rivojlanish jarayonini o‘rganishga yo‘naltirilgan. Uning ob’ekti alohida korxona, tashkilot, davlat iqtisodiyoti yoki uning biror tarmog‘i bo‘lishi mumkin.
Statistik hisob o‘rganayotgan ob’ekti va qo‘yilgan maqsadiga qarab natura, mehnat va pul o‘lchov birliklaridan, umumlashgan ko‘rsatkichlarni olish uchun operativ va buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan keng ma’noda foydalaniladi.
Statistik hisob vazifalari bilan buxgalteriya va operativ hisob yuritish uzviy bog‘langandir. SHuning uchun ham xo‘jalik hisobida statistika hisobi tashkil qiluvchi rol o‘ynaydi.
Statistika hisobining ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqish uchun ham barcha mavjud o‘lchov birliklar – natura, mehnat va pul o‘lchov birliklaridan o‘rganilayotgan hodisaning mazmuni va qo‘yilgan vazifalariga qarab foydalaniladi.
Buxgalteriya hisobi – barcha xo‘jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz, hujjatlar asosida hisobga olish yo‘li bilan buxgalteriya axborotini yig‘ish, qayd etish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidan, shuningdek uning asosida moliyaviy va boshqa hisobotni tuzishdan iboratdir (qarang 1.2.-rasm).


Download 91.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling