Mavzu: Buxgalteriya hisobini normativ-huquqiy tartibga solish tizimi
Download 20.94 Kb.
|
Мавзу Buxgalteriya hisobini normativ huquqiy tartibga solish ti uz-assistant.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichki nazorat
«Buxgalteriya axboroti» nomli 5-modda ham yangidan kiritilgan bo‘lib, 4-moddaning mantiqiy davomi va rivojidir. U buxgalteriya hisobida buxgalteriya axboroti deb nima tan olinishini belgilaydi. Xususan, unda buxgalteriya hisobining boshqa hisob turlari(operativ, statik hisob)dan prinsipial farqi - boshlang‘ich hujjatga asoslanishiga urg‘u berilgan
Qonunning yangi tahririda buxgalteriya hisobi standartlarining maqomini mustahkamlash va aniqlashtirish maqsadida «Buxgalteriya hisobi стандартлари» nomli 10-modda kiritilgan. Ushbu moddada umuman buxgalteriya hisobi standartlari, xususan buxgalteriya hisobining milliy standartlari va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarining mohiyati va ahamiyatiga eʼtibor qaratilgan. Jumladan, unda buxgalteriya hisobi milliy standartlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishga doir maxsus talablar belgilanganligi taʼkidlanadi. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari esa buxgalteriya hisobi subʼektlari tomonidan qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda qo‘llanishi belgilangan Qonunning 14- moddasi boshlang‘ich hisob hujjatlari to‘g‘risida(eski tahrirda shu nomdagi 9-modda). Unga muvofiq buxgalteriya hisobi subʼektining aktivlari, xususiy kapital va majburiyatlariga taʼsir etuvchi barcha xo‘jalik operatsiyalari va xo‘jalik faoliyatining natijalari dastlabki hujjatlarga asosan aks ettirilishi lozim. Boshlang‘ich hisob hujjatlari xo‘jalik operatsiyasi sodir bo‘layotgan paytda, agar buning iloji bo‘lmasa, operatsiya tugallanganidan so‘ng darrov tuziladi Qonunning 17-moddasi aktivlar va majburiyatlarni baholash masalalariga bag‘ishlangan (sobiq shu nomdagi 12-modda). Ushbu 17-moddada oldingi tahrirga nisbatan ayrim prinsipial o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Jumladan, oldingi tahrirdagi «Oborot активлар» o‘rniga «Tovar-moddiy zaxirалар» tushunchasi kiritilib, lekin baholashning uslubiy jihatlari saqlanib qolgan. Yaʼni «tovar-moddiy zaxiralarni baholash quyidagi ikkita bahoning eng pasti bo‘yicha – balans tuzilayotgan sanadagi haqiqiy tannarx(sotib olish narxi yoki ishlab chiqarish tannarxi) bo‘yicha yoki bozor bahosi(realizatsiya qilishning sof qiymati) bo‘yicha amalga оширилади» deb taʼkidlangan. Qonunning yangi tahririda ichki nazoratning maqomi va mazmunini belgilaydigan, yangi 21-«Ichki назорат» nomli modda kiritilgan. Unga muvofiq «Ichki nazorat buxgaltyeriya hisobini yuritishda, moliyaviy va boshqa hisobotlarni tuzishda xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishning qonuniyligini, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini, aktivlarning but saqlanishini taʼminlash, talon-toroj qilish hollari va xatoliklarning oldini olish hamda aniqlash maqsadida buxgalteriya hisobi subʼektining rahbari tomonidan qabul qilingan hisob siyosati asosida tashkil etilgan chora-tadbirlar tizimidir”. ichki nazorat tizimi – buxgalteriya hisobi va hisobotining to‘g‘riligini taʼminlashga qaratilgan hamda korxona resurslaridan maqsadga muvofiq foydalanishga imkon yaratadigan doimiy, kundalik ishlar majmuidir. Ichki nazorat tizimi tarkiban uchta qismga bo‘linadi: Download 20.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling