Mavzu: Buxoro amirligi Qushbegisi Toshkent davlat sharqshunoslik unversiteti 1 kurs srtqi bôlim Turkiya tarixi yoʻnalish talabasi Bozorov Zafar qoʻshbegi


Download 219.54 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi219.54 Kb.
#1492134
1   2   3   4
Bog'liq
Taqdimot (2)

Qoʻshbegi qarorgohi.
Fathulla qushbegi madrasasi Shayboniylar sulolasi hukmronligi davrida Buxoroning eski shahar qismida bunyod etilgan Fathulla Qushbegi madrasasi shu nomdagi shaxs tomonidan qurilgan. Fathulla ibn Mahmud (?-1597) Miyonqolda tug‘ilgan. Buxoro xonligida Parvonachi, Pirmuhammadxon davrida Shig‘ovul lavozimida ishlagan. Iskandar va Abdullaxon II hukmronligi davrida esa Qushbegi lavozimida faoliyat yuritgan. Abdullaxoning maxsus buyrug‘i bilan davlat xazinasi hisobidan Buxoroda madrasa bunyod ettirishda faol ishtirok etgani uchun u qurdirgan madrasa xalq orasida Fathulla Qushbegi nomi bilan mashhur bo‘lgan.Fathulla Qushbegi madrasasi XVI asrning so‘nggi choragida, 1585-1586-yillarda bunyod etilgan.
U Sharq me’morchilik an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan, ”Chor” uslubida bunyod etilgan. Me’moriy obidani bunyod etilishida har xil o‘lchamdagi xom va pishgang‘isht, tosh, loy, yog‘och va shunga o‘xshash mahsulotlardan foydalanilgan. Inshoot madrasa, qishgi va yozgi masjid, darsxona, kutubxona va hujralardan iborat. Binoning old tomoni 2 qavatli, qolgan tomonlari 1 qavatli. Bino burchaklarida burjlar ishlangan, sirti sirkor parchinlar bilan bezatilgan. Uning umumiy tuzilishi Buxoroning boshqa madrasalaridan biroz farq qiladi. Darsxona atrofidagi 9 ta xonaning usti gumbazlar bilan yopilgan. Binoning ichki tuzilishi ham o‘ziga xos bezaklangan. Hovli 44 ta bir qavatli xonalar bilan o‘ralgan. Tashqi ayvonning ko‘cha tomoni past devor bilan to‘silgan.
Fathulla Qushbegi madrasasi XX asrning o‘rtalarida buzilib ketgan.
Fathulla qoʻshbegi madrasasi
Hasanmurod qushbegi masjidi — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1819-asr boshlari); Ichan qalʼa tarkibida. Amir toʻra madrasasi qarshisida. Masjid turar joy binolariga xos kichik, murabba tarhli, bir ustunli ayvon, ikki ustunli xonaqoh va shim.dan unga tutash qoʻshimcha xonalardan iborat, shim.-sharqiy burchagiga minora ishlangan. Bezaklari oddiy. Bino tarzlari gʻishtlardan terilgan, bezaksiz; bino ichi va tekis shifti qizil, qora, moviy va oq ranglarda naqshlangan.

Download 219.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling