Mavzu: Buxoro amirligi Qushbegisi Toshkent davlat sharqshunoslik unversiteti 1 kurs srtqi bôlim Turkiya tarixi yoʻnalish talabasi Bozorov Zafar qoʻshbegi
Lashkar qushbegi (Lashkar beklarbegi)
Download 219.54 Kb.
|
Taqdimot (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eʼtiboringiz uchun rahmat!!!
Lashkar qushbegi (Lashkar beklarbegi) (?—1842) — Toshkent hokimi (1810—1840). Davlat arbobi va sarkarda. Qoʻqon xonligida turli yillarda devonbegi, qushbegi va beklarbegi lavozim va unvonlarida boʻlgan.
Chitrol viloyatidan chiqqan eroniy qullardan. Qoʻqon xonligi davrida yuqori lavozimlarni egallagan. 1809-yilda Olimxon Toshkentni bosib olgach, Lashkar qushbegini devonbegi lavozimida shahar hokimi etib tayinlagan. 1810-yil Olimxon oʻldirilgach, taxtga oʻtirgan Umarxonni Toshkent zodagonlari sovgʻalar bilan dabdabali kutib olishgan. Lashkar devonbegi va uning oʻgʻillari xon tomonidan alohida taqdirlangan. Xon unga qushbegi unvonini bergan. 1816-yil Turkiston shahrini Umarxon tomonidan egallanishida Lashkar qushbegi muhim rol oʻynagan. Lashkar qushbegi qozoqlardan tashkil topgan qoʻshini bilan 1818-yilda Umarxonning Oʻratepa va Jizzaxga (1819) qilgan yurishida qatnashgan. 1830-yil sentabrda Lashkar qushbegi 15 ming qoʻshini bilan Muhammad Alixonning Qashqarga qilgan yurishida ishtirok etgan. Qoʻqon qoʻshini Sharqiy Turkistondagi Yangi Hisor, Yorkend, Xoʻtan shaharlarini egallab Oqsuv va Uchturfonga qadar yetganlar, koʻp qiyinchiliklardan soʻng Qashqar viloyatidagi Gulbogʻni qamal qilishgan. 3 oy davom etgan qamaldan soʻng, koʻp sonli Xitoy qoʻshini yaqinlashayotganidan xabar topgan qoʻqonliklar 70 ming qashqarlikni oʻzlari bilan olib qaytganlar. Lashkar qushbegi ularning bir qismini Toshkentga keltirib joylashtirgan (shaharning Qashqar mahallasi nomi shundan). 1841-yilda Qoʻqonda umumxalq qoʻzgʻoloni boshlangan. Xalq aybdorlarni jazolashni soʻrab turgan vaqtda, xonning qabulida Toshkentdan kelgan Lashkar qushbegi boʻlgan. Xon Gadoyboy parvonachi bilan Lashkar qushbegidan har qanday yoʻl bilan boʻlsa ham xalqni tinchlantirishni soʻragan. Xonning oʻzi esa qochgan. Lashkar qushbegi va Gadoyboy parvonachi xalqqa soxta vaʼdalar berib tinchlantirganlar. Shu vaqtda Buxoro amirligi hukmdori Amir Nasrulloh Qoʻqonga yurish qilgani haqida xabar kelgan. Xalq oʻz kuchini shaharning mudofaasiga yoʻnaltirgan. Lashkar qushbegi 1842-yil Buxoro amirligi humdori Amir Nasrulloh Qoʻqonni egallagan paytda oʻldirilgan. Lashkar qushbegi Sirdaryo boʻylarida Qoʻqon xonligiga qarashli boʻlgan Choʻloq, Soʻzoq va Oqmachit qalʼalariga asos solgan. Uning davrida Toshkentda keng koʻlamda obodonchilik, qurilish ishlari amalga oshirilgan (Beklarbegi madrasasi, Qoʻqon oʻrdasi, Lashkar qushbegi saroyi va boshqalar qurilgan). Yangi mahallalar (Qashqar mahallasi, Qushbegi, Devonbegi va boshqalar) vujudga kelgan. Shahar mudofaa devorlari taʼmirlanib yangi darvozalar (Qashqar, Qoʻqon, Qoʻymas) oʻrnatilgan, shahar hududi kengaytirilgan. Lashkar qushbegi Anhor kanalining chap sohilida (taxminan hozirgi "Anhor" kafesi oʻrni va uning yon atrofida) yangi Oʻrda qurdirgan. O‘zbekiston Milliy srxivida 5 mingga yaqin Buxoro amirligi devonxona hujjatlari saqlanadi, lekin ularning hammasi Buxoro Qushbegisi nomiga yozilganligi sababli «Buxoro amirligi Qushbegisining kanselyariyasi»arxivida saqlanadi. Bundan tashqari, fondda Buxoro amiri va Afg‘oniston shohi o‘rtasidagi yozishma hujjatlari ham saqlanadi. Qushbegi Buxoro amirligida katta imtiyozlarga ega edi, butun devonxona orqali davlat boshqaruviga tegishli siyosiy, madaniy,iqtisodiy doiradagi hujjatlar o‘tardi. Mirzo Nasrulloh qushbegigacha arxiv tartibga ketirilmagan bo‘lib, yer ostida maxsus sandiqlarda saqlanardi. Yangi tayinlangan Usmonbek Qushbegi savodsiz kishi bo‘lganligi sababli, arxivning tarixiy ahamiyatiga uncha eʼtibor bermagan. Eʼtiboringiz uchun rahmat!!!Eʼtiboringiz uchun rahmat!!!Download 219.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling