Mavzu: Buxoro amirligi Qushbegisi Toshkent davlat sharqshunoslik unversiteti 1 kurs srtqi bôlim Turkiya tarixi yoʻnalish talabasi Bozorov Zafar qoʻshbegi


Download 219.54 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi219.54 Kb.
#1492134
1   2   3   4
Bog'liq
Taqdimot (2)

Nasrullo qushbegi (19-asr oʻrta lari — 1918, Karmana) — mangʻitlar davrida nufuzli saroy arbobi, qoʻshbegi. Amir Abdulahad, hukmronligi davrida avval Shahrisabz hokimi, soʻngra saroyda xizmat qilgan. Buxoroda 1910-yil yanvar voqealariaan keyin Ostanaqul qoʻshbegi oʻrniga qoʻshbegi ( bosh vazir) qilib tayinlangan. Said Olimxon qukmronligi davrida Nasrullo qushbegi mamlakatda amirdan keyingi nufuzli shaxs sifatida mamlakatning asosiy ishlari bilan shugʻullangan. Rus tilini yaxshi bilgani uchun amir no-midan Rossiya imperiyasining Buxorodagi siyosiy agenti bilan bevosita muloqotlar oʻtkazgan, bir necha marta Rossiyaga borgan.
Nasrullo qushbegi Buxorodagi jadidchilik harakatiga xayrixoxlik bilan qaragan. Amir Olimxon tomonidan Buxoroda islohotlar oʻtkazish toʻgʻrisidagi farmon qabul qilinishida muhim rol oʻynagan (1917-yil 7-aprel). Lekin Buxoroda 1917-yil aprel namoyishidan keyin Olimxon Nasrullo qushbegini jadidlarni qoʻllabquvvatlaganlikda ayblaydi va uni lavozimidan olib tashlab, oʻrniga mutaassib Nizomiddin Urganjiyni qoʻshbegi qilib tayinla-di(1917-yil 15apr.). Nasrullo qushbegi Karmanaga joʻnatiladi va mahbuslikda saqlanadi. U Kolesov voqeasidan keyin amir Olimxonning farmoniga binoan, 17 kishilik oilasi va butun qarindoshurugʻlari bilan birga oʻddirilgan.
Davlat qoʻshbegi madrasasi 1813-yilda Buxoro amirligida hukmronlik qilgan Amir Haydar davrida, Davlat qoʻshbegi tomonidan bunyod etilgan. Mazkur oliy oʻquv yurti manbalarda Muhammad Sharifboy madrasasi sifatida ham tilga olingan. Abu Tohirxoja oʻzining Samariya asarida madrasa toʻgʻrisida quyidagi maʼlumot yozib qoldirgan: "Zinalar etagida, kun chiqar tomonda (katta darvoza va miyonsaroydan oʻtkach, oʻng tomonda) bir madrasa bor. Uni davlat tayanchi va sulton noibi, samarqandlik shavkatli Davlat qoʻshbegi moʻminlar amiri Sayyid Amir Haydar saltanati chogʻida hijriy 1228-yili (1813) qurdirgan. Madrasaning eshigining yonida, shimol tomonda madrasa egasi Samarqand hokimining oʻgʻli marhum Muhammad Sharifboyning qabri bor"
Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazar ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlar va manbalarni oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Mazkur madrasa vaqf hujjatlariga ega. Mazkur vaqf hujjatida „Davlat qoʻshbegi madrasasi va masjidi vaqfi“ deb qayd qilingan. 1889-yil 19-yanvardagi Samarqad yer soligʻi boʻlimi taftish haʼyatining hujjatlartida Davlat qoʻshbegi madrasasi Shohizinda mozori yonida joylashganligi yozib qoldirilgan. Mazkur madrasaga oid vaqf hujjati nastaʼliq xatida yozilgan. Unda madrasa pishiq gʻishtdan 9 hujrali qilib bunyod etilganligi qayd etilgan. Davlat qoʻshbegi madrasa oldida choʻpkori va gʻisht masjid bunyod ettiradi. Madrasa gʻarbida mozorga kirish joyi, shimoli va janubida musulmonlar qabristoni, janubida Obi rahmat arigʻi mavjud boʻlgan. Mazkur hujjat Buxoro amiri Amir Nasrullo muhri bilan tasdiqlangan[1]N. P. Ostroumovning 1914-yilgi maʼlumotlariga koʻra madrasa hijriy 1212-yili (1797—1798) bunyod etilgan. Madrasada 18 ta talaba, 1 nafar mudarris, 9 hujrasi mavjud boʻlgan. Vaqf mulki 750 rublni tashkil etgan
Davlat qoʻshbegi madrasasi 12 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.

Download 219.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling