2-rasmdagi disk haqidagi ma’lumot bu – bo’limning hajmi, fayl tizimining tipi va h.k haqidagi ma’lumotlardir. Kompyuter bo’limdagi kerakli ma’lumotlarni to’g’ri topishi uchun kerak
Fayllar va papkalar haqidagi axborot bu – fayl yozuvlari deb ataluvchi fayl nomi, hajmi, sana/vaqt va boshqa texnik ma’lumotlardir
Turli fayl tizimlarida bu ma’lumot turlicha saqlanadi. Masalan FAT da fayllar joylashish jadvalida (FAT), NTFS da esa asosiy fayl jadvalida (MFT-Master File Table) joylashgan bo’ladi
Fayllar va papkalar haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish yordamida fayllarni tiklash
Bu ma’lumotlarni tiklashdagi dastlabki usul bo’lib, buni samarali qo’llash natijasida fayllar original nomi, adresi, sana/vaqt va tarkibi bilan tiklanadi
Dasturning ishi fayl va papkalar haqidagi ma’lumotning birinchi nusxasini o’qish va qayta ishlashda boshlanadi
Agar diskning fayl tizimi kam zararlangan bo'lsa, fayl va papkalar strukturasini to’liq tiklash imkoni mavjud
Kuchli zararlangan fayl tizimida bu usul o’zini oqlamaydi
R-Studio/R-Undelete dasturida papkalarni tiklash Fayllarni tiklashda ma’lum tipli fayllarni skanerlash usulidan foydalanish
Bu uslub ko’proq ma’lumotlarni tiklash imkonini beradi, lekin fayllarning original nomlari, sana/vaqt ko’rsatkichi, fayl adresi kabilar o’z aniqligida tiklanmaydi
Qidirish jarayonida diskning tarkibi tahlil qilinadi va faqatgina fayl signaturasi bo’yicha qidiriladi
Fayl signaturasi bu – ma’lum bir tipdagi fayllarning qandaydir umumiy shabloni bo’lib, odatda faylning boshida yoki oxirida joylashgan bo’ladi
Har bir fayl tipi kamida bitta fayl signaturasiga ega bo’ladi. Masalan, barcha .png (portable network graphics) tipidagi fayllar "‰PNG“ simvollar ketma-ketligi bilan boshlanadi, MP3 tipli fayllar esa “ID3” simvollar ketma-ketligi bilan boshlanadi
Fayllarni tiklashda ma’lum tipli fayllarni skanerlashdan foydalanish
Do'stlaringiz bilan baham: |