Mavzu: buyuk geografik kashfiyotlar
Buyuk geografik kashfiyotlar tarixining o‘rganilishi
Download 112.78 Kb.
|
geografik kashfiyotlar
1.1. Buyuk geografik kashfiyotlar tarixining o‘rganilishi
Buyuk geografik kashfiyotlar tarixiga doir manbalarga birinchi navbatda o‘sha davrdagi sayohatchilarning yo‘l safarlari va ko‘rganlari to‘g‘risidagi xotiralari kiradi. Rus sayohatchilari Vizantiya va boshqa mamlakatlarga borib, bu mamlakatlarni qiziqarli qilib tasvirlab bergan asarlar yozib qoldirganlar. Konstantinopolda bo‘lgan novgorodlik Stefanning (XVI asrning o‘rtalari) va smolensklik Ignatiyning (XVI asrning oxiri – XV asrning boshlari) asarlari ana shunday asarlar edi. Florensiyadagi cherkov soborida (1439) rus elchixonasining kundaligi saqlanib qolgan bo‘lib, unda bir qator Yevropa shaharlarining tasviri va ichki hayoti to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. Rus sayohlaridan biri tverlik savdogar Afanasiy Nikitin o‘zining 1466-1472 yillardagi sayohatlarini «Xojdeniye za tri morya» («Uch dengiz osha sayohat») deb nomlagan. Sayohat davomida yozilgan bu qo‘lyozma o‘z davrida keng ommaga ma’lum bo‘lmagan. Faqat 1816 yilda, oradan 300 yildan ko‘proq vaqt o‘tgandan so‘ng «Uch dengiz osha sayohat» Tarixchi N.I.Karamzin tomonidan birinchi marta bosib chiqarildi va jahon faniga ma’lum bo‘ldi. Buyuk geografik kashfiyotlarni o‘rganish tarixida Bartolome de Las – Kasas (1474 1566) asarlarining ahamiyati alohidadir. U «Amerika uchun kurash tarixidan» va «Hindiston tarixi» kabi asarlar muallifidir. Bartolome de Las – Kasas Andalusiyaning poytaxti Sevilya shahrida dvoryan oilasida tug‘ilgan. U Kastiliyadagi Salomanka universitetida ta’lim olgan. Las – Kasas asarlarida yevropaliklar tomonidan Amerikaning ochilishi, kolonizasiya qilinishi va bu yerdagi mahalliy aholi haqida ko‘plab qiziqarli ma’lumotlar bor. Buyuk geografik kashfiyotlar tarixiga doir eng qimmatli manbalardan biri Antonio Pifagettaning «Magellan sayohatlari» asari hisoblanadi. Asli italiyalik bo‘lgan Antonio Pifagetta Magellan ekspedisiyasida bevosita ishtirok etgan. U kemadagi norasmiy kishilardan bo‘lib, uning asli ismi Antonio Lombardo bo‘lgan. Ismining o‘zi muallifning lombardiyalik ekanligini bildirib turibdi. Pifagetta Magellan kapitanligidagi «Trinidad» kemasida xizmat qilib «Magellan sayohatlari» asarini o‘z kundaliklari asosida yozgan. Asarda muallifning Magellanga bo‘lgan munosabati to‘g‘risida hyech narsa deyilmagan. Amerikaning tub aholisining yevropalik kolonizatorlar kelgunga qadar bo‘lgan davrini o‘rganishda avvalambor arxeologik, etnografik va shuningdek lingvistik materiallar bilan birga konkistadorlar, ruhoniy – missionerlar, sayohatchilar tomonidan yozib qoldirilgan yozma manbalar juda muhimdir. Arxeologik yodgorliklar Amerika tub aholisining mehnat va ov qurollari, ularning nimadan yasalganliklari, uy ro‘zg‘or buyumlari haqida atroflicha ma’lumot beradi. Etnografik materiallar esa amerika hindularining madaniyati va ijtimoiy tuzumini o‘rganishda yordam beradi. Bu borada bizga Morgan («Qadimgi jamiyat»), Bernal Dias del Kastilo («Yangi Ispaniyaning bosib olinishining haqqoniy tarixi»), Avgustin Sarate («Peruning kashf etilishi va bosib olinish tarixi») asarlari muhim ma’lumotlar beradi. Buyuk geografik kashfiyotlar tarixshunosligi. Eng qadimgi davrlardan boshlab svilizasiyalashgan xalqlarning vakillari tomonidan tarixiy davrlarning hammasida geografik kashfiyotlar qilib kelingan. Lekin qadimgi davrda qilingan geografik kashfiyotlarning aniq xronologik jadvalini tuzish qiyin. U yoki bu geografik kashfiyotlarning tarixida ba’zida ularning eramizdan avvalgi qaysi ming yillikka tegishli ekanligini belgilash qiyin. Buyuk geografik kashfiyotlar davrini o‘rganishga rus olimlari ham salmoqli hissa qo‘shishgan. Ularning tadqiqotlari geografik kashfiyotlar va mustamlakachilik tizimini yoritishga bag‘ishlangan. Bunday izlanishlar jumlasiga birinchi navbatda I.P. Magidovich va V.I. Magidovichlarning «Geografik kashfiyotlar tarixidan lavhalar» («Ocherki po istorii geograficheskix otkrыtiy». T.2. M., 1983) asari kiradi. Bu asar I.P. Magidovichning 1957 yilda nashr qilingan «Geografik kashfiyotlar tarixidan lavhalar» («Ocherki po istorii geograficheskix otkrыtiy» M., 1957) asarining muallifdoshlashtirilgan, qayta ishlangan va to‘ldirilgan nashri ham deyishimiz mumkin. I.P. Magidovich va V.I. Magidovichlar tomonidan 5 tomdan iborat bo‘lgan «Geografik kashfiyotlar tarixidan lavhalar» asarida eng qadimgi davrdan to eng yangi davrgacha bo‘lgan geografik kashfiyotlar tarixi batafsil yoritilinadi. Ota – bola Magidovichlar geografik kashfiyotlar tarixini bir necha davrga bo‘lib o‘rganadilar. Ular o‘z asarlarida geografik kashfiyotlar tarixiga doir barcha materiallarni quyidagi asosiy davrlarga bo‘ladilar: Qadimgi davr. Bu davr qadimgi rivojlangan davlatlarning paydo bo‘lishidan xalqlarning Buyuk ko‘chishigacha, ya’ni g‘arbda Rim imperiyasining qulashigacha, Sharqda esa Xitoy imperiyasining vaqtincha qulashigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. O‘rta asrlar davri. Bu davr uchga bo‘linadi: 1) Xalqlarning Buyuk ko‘chishidan to Buyuk kashfiyotlar davrigacha bo‘lgan davr. Bu davrga normandlarning okeanlardagi sayohatlari bilan aloqador bo‘lgan kashfiyotlar, arablarning X–XIV asrlardagi sayohatlari, yevropaliklarning XIII – XV asrlardagi sayohatlari, ruslarning Yevropaning shimolidagi va Osiyoning shimoliy – g‘arbida qilgan XVI asrgacha bo‘lgan kashfiyotlarini o‘z ichiga oladi; 2) U Buyuk geografik kashfiyotlar davri XV asrning oxiridan XVII asrning o‘rtalarigacha bo‘lgan yillarni o‘z ichiga oladi. Bu davrning o‘zi ikki bosqichga bo‘linadi, ya’ni; 1) XV asrning oxiri va XVI asrni butunlay o‘z ichiga olgan ispan – portugal bosqichi. Bu bosqich 1492 yilgi Xristofor Kolumbning birinchi ekspedisiyasi bilan boshlanadi va unga Amerikaning kashf etilishi, Hindiston va Sharqiy Osiyo qirg‘oqlariga portugallar sayohatlari, Magellanning birinchi dunyo sayohati va Torresning ekspedisiyasi bilan tugagan ispanlarning Tinch okeandagi sayohatlari kiradi: 2) Ikkinchi bosqich rus va gollandiya kashfiyotlari bosqichi: XVI asr oxiridan XVII asrning o‘rtalarigacha bo‘lgan davr. Bu bosqichga ruslarning butun Shimoliy Osiyodagi kashfiyotlari, gollandiyaliklarning Tinch okeandagi ekspedisiyalari va Avstraliyaning kashf etilishi, Shimoliy Amerikadagi ingliz va fransuz kashfiyotlari kiradi. Yangi zamon davri. Bu davrdagi geografik kashfiyotlarning yangi bosqichi kapitalizm va imperializmning uzoq rivojlanishi bilan bog‘liq. Bu bosqich XVII asr o‘rtalaridan to 1917 yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bunga ruslarning Tinch okeaning shimoliy oblastlaridagi, Shimoliy Muz okeanidagi va Shimoliy Osiyodagi ekspedisiyalari; inglizlarning XVIII asrning ikkinchi yarmida Tinch okeandagi ekspedisiyalari va boshqalar kiradi. Eng yangi davri. 1917 yildan to bizning kunlarimizgacha bo‘lgan davr kiradi. I.P. va V.I.Magidovichlar bu kitoblarida Xristofor Kolumb kashfiyotlarining Ispaniya uchun ahamiyati XVI asrda faqatgina Meksika, Peru va shimoliy And mamlakatlari kashf qilinganidan so‘nggina ma’lum bo‘ldi, deb ta’kidlaydilar. L.I. Vasyuninaning «Xristofor Kolumb va uning sayohatlari» (Toshkent., 1954) va I.P. Magidovichning «Xristofor Kolumb» (Toshkent., 1956) kitoblarida Kolumbning shaxsi, uning izlanuvchanlik xususiyati to‘g‘risida ancha keng ma’lumotlar beriladi. Bu kitoblarda Kolumbning o‘z maqsadini amalga oshirishda to‘g‘onoqlik qilgan kuchlar ko‘rsatiladi. Vasyunina va Magidovichlarning asarlarida Xristofor Kolumb ekspedisiyasining amalga oshishi juda qiziqarli va jonli hikoya qilingan. Unda tasodifiy kashfiyotlar natijasida ochilgan o‘zga orollarning kishini sehrlab qo‘yish kuchiga egaligi, o‘zga qit’a odamlari va ular bilan tanishishning g‘oyat hayratli bo‘lishi aniq misollar bilan ko‘rsatilgan. Yuqoridagi mualliflar asarlarida Buyuk geografik kashfiyotlar faqat Yevropa va yevropaliklar yutug‘i bo‘lib qolmasdan, mohiyat jihatidan butun insoniyat qo‘lga kiritgan yutuq ekanligi alohida ta’kidlanadi. L.I. Vasyuninaning «Xristofor Kolumb va uning sayohatlari» va I.P. Magidovichning «Xristofor Kolumb» asarlarida ko‘rsatilishicha, Buyuk geografik kashfiyotlar boshlanishining obyektiv va subyektiv sabablari quyidagilardan iborat: 1) Kemasozlik sanoatining rivojlanishi; 2) xalqning istak va hohishlarining ortishi; 3) turli geografik jamiyatlarning tashkil bo‘lishi; 4) davlatning hayrihohligi. Umuman, bu kashfiyotlar Kolumbdan ko‘ra ko‘proq kemasozlikning kashfiyotidir. Chunki ikki qit’a orasidagi okeanni bosib o‘tish uchun juda katta texnik salohiyat lozim edi. Bu o‘sha davr ilm – fanining kashfiyoti edi. Ushbu mavzuni maxsus tadqiqot obyekti sifatida o‘rgangan olimlardan yana biri M.M. Yabrova bo‘lib, u o‘zining 1966 yilda Saratov universiteti nashriyotida chop etilgan «Ocherki istorii kolonialnoy ekspansii Anglii v epoxu pervonachalnogo nakopleniya» asarida Angliyaning o‘z mustamlakalari ustidan yuritgan siyosati va mustamlakalar o‘rtasidagi kurashlar haqida ma’lumot beradi. Shuningdek M.M. Yabrova tomonidan 1987 yilda «Velikiye geograficheskiye otkrыtiya i nachalo kolonialnыx zaxvatov» asari ham chop etildi. Unda G‘arbiy Yevropa davlatlarning mustamlaka mamlakatlari uchun o‘zaro kurashlari haqida keng ma’lumot beriladi. M.M. Yabrova o‘z tadqiqotida geografik kashfiyotlar natijasida yangi yo‘llarning ochilishi tufayli dengiz yo‘llari va savdo yo‘nalishlari o‘zgaradi, bu esa o‘z navbatida ayrim shaharlar va hatto davlatlarning tushkunlikka yuz tutishiga, boshqalarining yuksalishiga, koloniyalarning tashkil topishiga, kolonial eksplutasiyaning kuchayishi va butun butun xalqlarning qirg‘iniga olib keladi, deb hisoblaydi. Shuningdek bu muallif G‘arbiy Yevropadagi «narxlar inqilobi» deb atalmish jarayon ustida to‘xtalib, u Yevropada chuqur iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlarga olib keldi, deb ta’kidlaydi. Buyuk geografik kashfiyotlar tarixini o‘rganishda tarixchi Ya.M.Svet ham barakali ijod qilgan. Bu tarixchining asarlari asosan dunyoning eng yirik sayohatlarini va bu qilingan kashfiyotlarning ahamiyatini yoritishga bag‘ishlangan. Ya.M. Svet Yevropaning yirik geografik kashfiyotchilaridan Xristofor Kolumb, Fernando Magellan, Jems Kuk va boshqalarga bag‘ishlab asarlar yozgan. Shuningdek uning Avstraliya va Okeaniyaning kashf qilinishiga doir maxsus tadqiqoti chop etilgan. Ya.M.Svet asarlarida dengiz sayohatlari kundaliklari, kema hujjatlari va ular to‘g‘risidagi zamondoshlarining xotiralariga asoslanib hamda geografik kashfiyotlar tarixiga doir adabiyotlar chuqur va qiyoslanib o‘rganilgan holda, kashf qilingan yerlarning odamlari, tabiati, iqlimi va o‘simlik dunyosi to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar beriladi. Download 112.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling