Mavzu: buyuk geografik kashfiyotlar
Buyuk geografik kashfiyotlarga olib kelgan sabablar
Download 112.78 Kb.
|
geografik kashfiyotlar
1.2. Buyuk geografik kashfiyotlarga olib kelgan sabablar.
Buyuk geografik kashfiyotlari boshlanishining sabablari va omillari. Buyuk geografik kashfiyotlari boshlanishining sabablari. XV asrning ikkinchi yarmiga kelib butun Yevropada (ayniqsa Portugaliyada) Xitoy va Hindiston dengiz yo‘lini kashf qilishga intilish kuchayib ketdi. Sababi, XIV va XV asrlarda Hindiston va Xitoy yerlari yevropaliklar tasavvurida «oltin olinadigan quduq» hisoblanardi. Yevropaliklar tasavvur qilgan Hindiston yerlariga hozirgi Janubiy va Janubiy – Sharqiy Osiyo, Xitoy, keyinchalik butun Osiyo qit’asining eng chekka sharqiy chegaralari kirardi. Bu hududga yevropalik savdogarlar va missionerlar XIII asrdan boshlab suqulib kira boshlaganlar. Buyuk geografik kashfiyotlar boshlanishining asosiy omillaridan biri bu G‘arbiy Yevropada XV asrga kelib feodalizmning umumiy taraqqiyoti va unga bog‘liq ravishda shaharlar rivojlanishi va boshqa mamlakatlar bilan savdo – sotiqning o‘sishi edi. Bu bilan bog‘liq ravishda rivojlanayotgan manufakturaga yangi xom-ashyo manbai izlash va bozorlarda o‘z mahsulotlarini sotish ehtiyoji tabora avj ola boshladi. XIII asr oxiri XIV asr boshlariga qadar, ya’ni butun Osiyo mug‘ullar ta’siri ostida bo‘lganda quruqlikdagi savdo yo‘llari Osiyo va Yevropani bir – birlari bilan bog‘lab turardi. Biroq, XIV asrning ikkinchi yarmida Osiyo hududida ro‘y bergan katta o‘zgarishlar, ya’ni Qrim, Kichik Osiyo, Suriya, Misr va Falastin portlarining Usmoniy turklar tomonidan bosib olinishi yoki chegaralab qo‘yilishi quruqlikdagi Osiyo va Yevropa savdo yo‘llarining uzulishiga olib keldi. 1453 yilda Turklarning Konstantinopolni bosib olishi bilan Osiyo tovarlarining narxi Yevropada misli ko‘rilmagan darajada ko‘tarilib ketdi. Ma’lumki, XV asrga qadar Sharq bilan g‘arb o‘rtasidagi asosiy savdo yo‘li O‘rta Yer dengizi edi. Levant savdosi o‘rta asrlar oxiriga kelib doimiy savdo aloqalari tusini oldi. Sharqdan keladigan har xil mollar (zargarlik, attorlik va h.k) va nafis gazlamalar G‘arbiy Yevropadagi yuqori va o‘rta tabaqalarning iste’moliga tabora ko‘proq kira bordi. XV asrga qadar Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi savdo aloqalarini arablar o‘z qo‘llariga olgan edilar. Arablar tomonidan Hindiston va janubiy – sharqiy Osiyodagi boshqa orollardan keltirilgan tovarlar asosan Vizantiya va Venesiya savdogarlari tomonidan xarid qilinib, ular o‘z navbatida Yevropaga olib kelib sotilardi. Janubiy Italiya, Janubiy Fransiya, Sharqiy Ispaniya shaharlarida savdogarlar Sharq mollari bilan savdo qilish natijasda juda katta boylik to‘playdilar. Bir qancha sabablar, turklar Konstantinopolni bosib olmasdan oldin ham Levant savdosining rivojlanishiga to‘sqinlik qilib kelgan, ya’ni, Sharq mollari Yevropa bozoriga sotilganga qadar oldin arablar, vizantiyaliklar, venesiyaliklar va boshqa xalqlar savdogarlari qo‘lidan o‘tardi. Natijada, qo‘lma – qo‘l o‘tgan bu tovarlar narxi juda ham ko‘tarilib ketardi. Bundan tashqari ular yetarli miqdorda keltirilmas edi. Osiyodan olib kelinayotgan tovarlar asosan ziravorlar, nafis san’at buyumlari, ipak matolar va turli xil ekzotik mevalar edi. Sharq tovarlari G‘arbiy Yevropadagi yuqori va o‘rta toifalarning kundalik hayotidagi iste’mol mollari sifatida tabora ko‘proq kirib boradi. Hindistonga olib boradigan, hali turklar bosib olmagan birdan – bir yo‘l Misr orqali va Qizil Dengiz orqali boradigan yo‘l qolgan edi, xolos. G‘arbiy Yevropadagi turli mamlakatlarning savdogarlari va dengizchilari arablar bilan turklarga duch kelmasdan Hindistonga boradigan boshqa yo‘l topish ustida tabora ko‘proq bosh qotira boshladilar. Yuqorida aytib o‘tilgan sabablar dengiz savdo yo‘llarining ochilishiga sabab bo‘ldi. Download 112.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling