Mavzu: buyuk geografik kashfiyotlar
Buyuk geografik kashfiyotlari boshlanishining omillari
Download 112.78 Kb.
|
geografik kashfiyotlar
Buyuk geografik kashfiyotlari boshlanishining omillari. Yangi dengiz yo‘llarining ochilishiga jiddiy turtki bergan omillarning eng asosiylaridan qilib texnika va kemasozlikdagi yutuqlarni ko‘rsatish o‘rinlidir. XV asrga qadar Yevropaliklarda juda olis yurtlarga safar qilish uchun kemalar yo‘q edi. Shuningdek ularda aniq xaritalar va dengizda suzish uchun kerakli asboblar yo‘q edi. XV asrga kelib Yevropada uzoq yo‘llarga safar qilishga qodir bo‘lgan yangi turdagi kemalar qurila boshladi. Kemasozlikka oid yangidan – yangi ixtirolar qilindi.
XV – XVI asrlarga kelib dengizchilar uchun kompas va kemaning yo‘nalishini belgilovchi – astrolyabiya (usturlab) ixtiro qilindi. Kema boshqarilishida xaritadan foydalanib ish ko‘ruvchi kapitanlar, losmanlar tayyorlovchi maktablar yaratildi. (Potugaliyadagi Sogash shahridagi Genrix (Enriko) Dengizchi maktabi bunga misoldir). Shunday qilib, quruqlikdagi savdoning yevropaliklar uchun befoyda bo‘lib qolishi, texnikaning rivojlanishi va kemasozlikdagi yangiliklar Yevropa uchun yangi dengiz savdo yo‘llarining ochilishiga umumiy sabab bo‘lib hisoblanadi. Yuqoridagi sabablarni barcha Yevropa davlatlari uchun umumiy bo‘lgan tashqi sabablar ham deb atash mumkin. Shu narsani alohida ta’kidlash o‘rinlikim, yangi yo‘llarni ochishga intilishning har bir davlat uchun ichki sabablari ham mavjud edi. Masalan: bu borada Portugaliya davlatini olib qaraydigan bo‘lsak, bu davlat XV asrga qadar Yevropaning eng past darajada rivojlangan chekka hududlaridan biri edi. Portugaliyada XIII asr o‘rtalariga kelib yagona davlatning rivojlanishi ro‘y bergan bo‘lsada, u harbiy, iqtisodiy va siyosiy qudratga XV asr oxirlariga kelib erishdi. Ungacha, dengiz bo‘yida joylashgan Portugaliya dengiz savdosidan chekkada edi. Shu bilan birga davlat ichidagi dvoryanlar va risarlarning ko‘p qismi mamlakat janubi mavrlardan (arablardan) qaytarib olingandan so‘ng bekor qolgan edi. Endi ular Portugaliyadan tashqari hududlarda istilochilar faoliyatlarini olib borib boylik to‘plashlari mumkin edi. Buyuk geografik kashfiyotlarda Ispaniya ishtiroki masalasiga kelsak quydagilarni ta’kidlash lozim: 1479 yilda Pireney yarim orolidagi ikkita yirik davlat Kastiliya va Aragoniyaning birlashishi yagona Ispaniya davlatiga asos soldi. 1492 yilda ispanlar Granada amirligini bosib olgach, rekonkista harakati tugadi. Endi ispan risarlarining ko‘pchiligi (idalgo yoki gidalgolar) ishsiz qolib, absolyut hokimiyat o‘rnatishga harakat qilayotgan hukmron tabaqa uchun xavfli bo‘lib qoldilar. Buning qanchalik xavfli ekanligini mamlakatda dvoryan qaroqchilar toifalarining mavjudligidan ham bilib olamiz. Bu xavfdan qutilish uchun qirol hokimiyati ishsiz qolgan dvoryan – qaroqchilarni «oltin va kumush» lar bilan boy mamlakatlar bilan savdo qilishga undaydi. Xuddi shu vaqtlari Xristofor Kolumb Ispaniyaga o‘z loyihasi bilan tashrif buyurgan edi. Ispaniyaning dengiz ortiga safar qilishga izchillik bilan intilishiga yana bir sabab, bu yerdagi diniy fanatizmining yuqoriligi edi. Ko‘p asrlar davomida xristianlar va musulmonlar o‘rtasida bo‘lib kelgan jang har doim diniy jamoalar, ruhoniylar va dindor zodogonlar tomonidan kuchaytirib kelingan. 1480 – 1485 yillarda qirollik hokimiyati inkvizisiyani o‘z qo‘liga qurol qilib olgach, u cherkov yordamida dengiz ortiga qilinadigan safarlarni qonunlashtirib, ispan idalgolarini muqaddas ishlarga da’vat qila boshladi. Ammo Ispanlarning okean ortidagi ekspansiyasida diniy fanatizmning roli va ahamiyati o‘ta katta deb o‘ylash noto‘g‘ridir. Xristianlashtirish bilan faqat ruhoniylarning bir qismi va ayrim ikkinchi darajali konkistadorlar (bosqinchilar) shug‘ullanar edi. «Hindistonning («Indiy»1 ning) yemirilishining eng qisqa tarixi» kitobining muallifi Las Kasas konkistadorlarni shunday tasvirlab beradi: «ular qo‘llarida but, ammo yuraklarida ko‘plab oltin va javohirlarga bo‘lgan hirs bilan bormoqda edilar». Buyuk geografik kashfiyotlar boshlanishining asosiy omillaridan biri, so‘zsiz, bu XV – XVII asrlarda butun Yevropada tarqalgan oltin vasvasasi edi. Savdoning rivojlanishi bilan umumiy almashinuv sifatida pul muhim rol o‘ynaydi va unga ehtiyoj keskin oshadi. Ko‘plab kishilar o‘z yurtlarini tashlab, oltin topish maqsadida boshqa yurtlarga bosh olib keta boshlagan edilar. Ular hayollarida Osiyo mamlakatlarida oltinlar keraksiz buyumdek ko‘chalarda yotardi. Shu sababli «Indiy» ga – Hindistonga intilish oshadi. Xullas, yangidan – yangi dengiz savdo yo‘llarining ochilishiga asosiy sabablar quyidagilar edi, birinchi; turklarning Konstantinopolni bosib olishi va buning natijasida Yevropa uchun Osiyo bilan bo‘ladigan savdoning foydasiz bo‘lib qolishi; ikkinchidan; dengiz sayohatlari va kemasozlikning rivojlanishi, ya’ni tez suzar yengil yelkanli kemalar – karavellalarning ixtiro qilinishi bo‘lib, ular dengiz va okeanlarda faqat shamol yurgan tomonga emas, balki kelayotgan tomonga ham yura olardi; uchunchidan; kompas, o‘q dorining va jahon xaritasining yaratilinishi; to‘rtinchidan; Yevropada ishlab chiqarishning rivojlanishi va katta korxonalarning paydo bo‘lishi bilan savdo – sotiqning kengayishi; beshinchidan; yevropaliklar tomonidan anchadan buyon Sharq bilan savdoni o‘z qo‘liga olgan, Sharq tovarlarini 10 – 15 barobariga qimmat qilib, Yevropaga sotayotgan arablarni savdodan siqib chiqarib, Sharq bilan savdoni o‘z qo‘llariga olish uchun harakat edi. Download 112.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling