Mavzu: byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari
I. Xo‘jalik mablag‘lari(aktivlar)ni hisobga oluvchi schotlar
Download 241.44 Kb.
|
Mavzu byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aaktivlarni hisobga oluvchi schotlar Schot
- Mablag‘lar manbalarini hisobga oluvchi schotlar
- VI qism. Xususiy kapital
- Xo‘jalik jarayonlarini va moliya-xo‘jalik faoliyati natijalarini hisobga oluvchi schotlar
- Ishlab chiqarish jarayoni
I. Xo‘jalik mablag‘lari(aktivlar)ni hisobga oluvchi schotlarning barchasi aktiv bo‘lib, mablag‘larning qoldiqlari va ko‘payishi (kirimi) debetida, kamayishi (chiqimi) esa kreditida aks ettiriladi.
II. Mablag‘lar manbalarini hisobga oluvchi barcha schotlar passiv bo‘lib, ularning kreditida manbalarning qoldiqlari va ko‘payishi (kirimi), debetida esa kamayishi (chiqimi) aks ettiriladi.
III. Xo‘jalik jarayonlarini va moliya-xo‘jalik faoliyati natijalarini hisobga oluvchi schotlar mablag‘larning ta’minot, ishlab chiqarish va realizatsiya jarayonlaridagi harakatini aks ettirish hamda yakuniy moliyaviy natijalarni aniqlash uchun mo‘ljallangan. Ushbu schotlarda korxona moliya-xo‘jalik faoliyatining turlari bo‘yicha hisobot davrining boshidan to oxirigacha axborotlar to‘planib, hisobot davrining oxirida ular taqqoslanadi va tezkor tahlil o‘tkazish hamda zarur boshqaruv qarorlari qabul qilish maqsadida foydalaniladi. Ta’minot jarayonini hisobga oluvchi schotlarda resurslar va ularni sotib olish hamda yetkazish bilan bog‘liq xarajatlar aks ettiriladi. Shuningdek, tayyorlangan resurslarning haqiqiy tannarxi hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayonini hisobga oluvchi schotlarda mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar to‘planadi va taqsimlanadi. Realizatsiya jarayoni va yakuniy moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi schotlarda realizatsiya qilinadigan mahsulot, tovar, ish va xizmatlarning turlari bo‘yicha tannarxi va olingan daromadlari; asosiy faoliyatning boshqa xarajatlari va daromadlari; davr xarajatlari; moliyaviy faoliyat daromadlari va xarajatlari; favqulodda foyda (zarar)lar; foydaning ishlatilishi hamda yakuniy moliyaviy natijalar aks ettiriladi. Xarajatlarni iqtisodiy mazmuni bo‘yicha turkumlash korxona moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi schotlar guruhlarini aniqlash va ularga doir axborotlarga ega bo‘lish uchun zarur.
Download 241.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling