Mavzu: byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari


Balansdan tashqari schotlar


Download 241.44 Kb.
bet12/21
Sana28.10.2023
Hajmi241.44 Kb.
#1730691
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
Mavzu byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari

Balansdan tashqari schotlar. Vaqtincha korxona ixtiyorida bo‘lib, uning balansida aks ettirilmaydigan mol-mulklar balansdan tashqari schotlarda hisobga olinadi. Bunday mol-mulklar qaysi korxonaga tegishli bo‘lsa, o‘sha korxona balansida aks ettiriladi. Balansdan tashqari schotlar balans schotlaridan tubdan farq qiladi. Ularda yozuvlar bir yoqlama yoziladi. Ya’ni balansdan tashqari schotlar o‘zaro ham, boshqa schotlar bilan ham korrespondensiyalanmaydi.
Balansdan tashqari schotlarni tuzilishiga ko‘ra aktiv schotlar qatoriga kiritish mumkin. Ularning debetida vaqtincha korxona ixtiyorida bo‘lib, unga tegishli bo‘lmagan mol-mulklar hamda bu mol-mulklarga oid majburiyatlarning qoldig‘i va ko‘payishi, kreditida esa kamayishi ko‘rsatiladi.
Yevropa mamlakatlarida balansdan tashqari schotlar qo‘llanil-maydi, buxgalteriya hisobining barcha obyektlari balans schotlarida hisobga olinadi.
«Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo‘jalik faoliyati buxgal-teriya hisobining schotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma» №21 Buxgalteriya Hisobining Milliy Standartiga muvofiq balansdan tashqari schotlar – korxonaga tegishli bo‘lmagan, lekin vaqtincha korxona qaramog‘ida bo‘lgan aktivlar, shartli huquqlar va majburiyatlar mavjudligi hamda harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan schotlardir. Bu schotlarning qoldiqlari xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotida balansga ilova sifatida beriladi, lekin ularda aks ettirilgan xo‘jalik muomalalari moliyaviy natijalarga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Agar korxonalarda asosiy schotlarga yetarli darajada e’tibor berilayotgan bo‘lsa, balansdan tashqari schotlarning roli va ahamiyati amaliyotda ko‘p hollarda tan olinmasligi, ularda aks ettiriladigan axborotlarning susayishiga olib keladi. Qoidaga ko‘ra, balansdan tashqari schotlar mazkur korxonaga tegishli bo‘lmagan, lekin ma’lum muddatga uning qaramog‘ida bo‘ladigan yoki saqlanadigan mablag‘lar va majburiyatlarning mavjudligi hamda harakatini hisobga olish uchun mo‘ljallangan.
Balansdan tashqari schotlarning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:
— amaldagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlarga muvofiq mazkur korxonaga tegishli bo‘lmagan mulklar, mablag‘lar va majburiyatlar ustidan nazorat o‘rnatishni ta’minlash;
— balansdan tashqari schotlarda hisobda turgan mulklarning saqlanishi ustidan nazoratni ta’minlash;
— ushbu schotlarda hisobda turgan mablag‘lar harakatini hujjatlar bilan rasmiylashtirish;
— korxonaning kreditga layoqatliligini va moliyaviy barqarorligini baholash, boshqaruv uchun zarur to‘liq va ishonchli axborotlar bilan ta’minlash.
Ta’kidlanganidek, balansdan tashqari schotlarda korxonaga qarash-li bo‘lmagan, lekin vaqtinchalik uning ixtiyorida bo‘lgan: ijaraga olingan asosiy vositalar, qayta ishlash uchun qabul qilingan moddiy boyliklar hisobga olinadi. Ushbu qiymatliklar buxgalteriya hisobida oddiy tizimda, ya’ni ikkiyoqlama yozuv qoidasidan foydalanmasdan aks ettiriladi.
Balansdan tashqari hisob oddiy tizim bo‘yicha yuritilganligi sababli, balansdan tashqari schotlardagi ko‘rsatkichlarning bir qismi natura o‘lchovlarida aks ettirilishi mumkin. Shuningdek, bu schotlarda axborotdan foydalanuvchilar uchun zarur bo‘lgan asosiy ko‘rsatkichlar, xususan hisobot davri boshiga va oxiriga bo‘lgan qoldiqlar aks ettiriladi.
Balansdan tashqari schotlar bo‘yicha hisob yuritish korxona rahbarining buyrug‘i bilan buxgalteriya xodimlarining bittasiga yuklatiladi. Bundan tashqari, buxgalteriyada balansdan tashqari schotlar bo‘yicha hisobni tashkil etish tartibi aks ettirilgan xizmat vazifalarining yo‘riqnomasi ishlab chiqilishi lozim. Balansdan tashqari, schotlarni depozit – mulkiy, nazorat, shartli huquq va majburiyatlarni hisobga oladigan schotlarga turkumlash mumkin.
Hozirgi vaqtda balansdan tashqari schotlar qoldiqlari balansga ilova qilib berilsada, ular korxonaning moliyaviy holatini baholash uchun inobatga olinmaydi. Moliyaviy ahvolni to‘g‘ri baholash esa bozor munosabatlari sharoitida alohida ahamiyat va dolzarblik kashf etmoqda. Chunki, korxona faoliyati natijalarining haqqoniyligi mulkdorlar, aksiyadorlar, investorlar, kreditorlar va boshqa moliyaviy axborotlardan foydalanuvchilarni befarq qoldirmaydi.
Balansdan tashqari schotlarda korxona moliyaviy ahvoliga ta’sir qilmaydigan xo‘jalik muomalalari hisobga olinsada, keyinchalik, asosan ushbu schotlardagi summalar ko‘payib ketsa, ularning moliyaviy holatga ta’siri sezila boshlaydi. Chunonchi, tovar-moddiy qiymatliklarining kirimi o‘z-o‘zidan balans o‘zgarishiga olib kelmaydi, lekin ushbu qiymatliklarni qabul qilish va saqlash, yuklarning manzilini o‘zgartirish va egalariga jo‘natish, balansga, keyinchalik esa korxonaning moliyaviy ahvoliga so‘zsiz ta’sir etadi. Masalan, 007- «To‘lovga qobiliyatsiz debitorlarning zararga o‘tkazilib hisobdan chiqarilgan qarzlari» degan balansdan tashqari schotdagi summalar bo‘yicha xuddi shu fikrni asoslash mumkin. Uning ma’lumotlari moliyaviy ahvolni aniqlashda kelgusida hisobga olinishi, xususan, bu schotda katta summalar aks ettirilgan va ularni kelajakda undirishga ishonch bo‘lgan hollarda zarur. Ushbu schotga ehtiyoj paydo bo‘lganligining sababi shundaki, qarzlarning debitorlar to‘lovga qobiliyatsizligi oqibatida sud qarori bo‘yicha hisobdan o‘chirilishi qarzlar butunlay bekor qilindi degani emas.
Qarzdorning moliyaviy ahvoli yaxshilanganda qarzni undirish imkoniyatini kuzatib borish uchun ular vujudga kelgan paytdan boshlab qonunchilikda belgilangan vaqt davomida balansdan tashqari schotlarda hisobga olib boriladi.
Buxgalteriya hisobining schotlari iqtisodiy mazmuniga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi:
I. Xo‘jalik mablag‘lari (aktivlar)ni hisobga oluvchi schotlar.
II. Xo‘jalik mablag‘larining manbalarini (passivlar)ni hisobga oluvchi schotlar.
III. Xo‘jalik jarayonlarini hisobga oluvchi schotlar(6.3-rasm).
Schotlarni iqtisodiy mazmuniga ko‘ra turkumlash buxgalteriya hisobining schotlar rejasini tuzishga asos bo‘ladi

Download 241.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling